
Bored Panda | Jasurbek Bazarbaeff
Hali aytishga ertadur, ammo
Araujo
Liverpulning yaqin yillardagi eng yaxshi Ijara olgan futbolchisi boʻlib turibdi.
🔴
🔴
🔴
Kel oʻshalar oldida men gʻaribni bitta oʻp!
Degan eski ashula zumerlar uchun yana xit boʻlibdi:)
@boredpandablog
#review
"Naked", (1993)
Odatda Gollivud bizga tizimga tupurgan isyonkor intellektuallarni tashqi qo'polligi yasamaligi, ular qalbining tub-tubida ta'sirchan romantik bo'lib qolishini muttasil tiqishtiradi. Ammo 1993-yilda britaniyalik rejissyor Mayk Li tomonidan suratga olingan “Naked” («Yalang'och») filmi bu rivoyatni horamini chiqaradi. Men bu filmni ancha yillar oldin talabaligimda ko’rganman, va albatta o’shanda baloniyam tushunmaganman. Kecha qayta ko’rdim va ko’p narsani yillar o’tib angladim.
Film bosh qahramoni Devid Tyulisning fenomenal, maniyakal ijrosidagi Jonni - intellektual sadist, ekzistensial inqirozdagi erkak. U o'zining chidab bo’lmas fe’li tufayli unga yaqinlashishga qaror qilgan har qanday odamni o'zining ekzistensial girdobiga tortib ketadi.
Jonni – ensiklopedik bilimli, o'ta faol nigilist. U xaos nazariyasi, Dajjol muhri, oxirzamon va evolyutsiyaning ma'nosizligi haqida avtomatdek to'xtovsiz soatlab falsafiy monologlar o'qib, tungi London bo'ylab sanqib yuradi. Ammo Mayk Li Jonnining o'tkir aqli inoyat emas, balki uning la'nati ekanligini ko'rsatib beradi.
U o'z intellektidan faqatgina boshqalarni tahqirlash, hukmronlik qilish va o'zgalarning ruhiy jarohatlarini tirnash uchun foydalanadi. Jonni – o'zining emotsional nogironligi va mizoginiyasini “matritsani ko'ra olishi” hamda “achchiq haqiqatni bilishi” bilan oqlaydi. U odayda unga rahm qilishga yoki uni qutqarishga urinayotgan yolg'iz ayollarning zaifligi bilan oziqlanadi. Uning so'zlari mushtdan ko'ra aniqroq va qattiqroq zarba beradi.
“Naked” filmidagi London – bu Big-Ben yoki chiroyli kadrlar emas, balki Margaret Tetcher davridan keyingi izolyatsiyalangan jamiyat, asosan tungi jirkanch va xaosga to’la atmosferadir. Rejissor kunduzgi sahnalarni ham sovuq tonda suratga olganki, xuddi ekrandan shundoq ko’chadagi izg’irin sezilib turadi.
Tungi shahar gavjum ko’rinsada, unda yolg'iz isterik qizlar, sadist uy egalari, bo'm-bo'sh ofis binolarini qo'riqlayotgan tungi qorovullar ko’rsatiladi. Jonni oxirzamondan darak beruvchi soxta payg'ambardek bu manzillar bo'ylab kezib yuradi, biroq u bitta oddiy tafsilotni tushunmaydi: bu odamlar uchun apokalipsis allaqachon sodir bo'lib o'tgan. Shunchaki u zerikarli va zulmatli qashshoqlik ko'rinishida kelgan, xolos.
Mayk Li syujetga shuningdek uning mutlaq antipodi – Jeremini ham kiritgan. Bu – puli va maqomini niqob qilib, ayollarni jismoniy zo'rlaydigan va jazolanmasligidan sarmast bo'luvchi badavlat sadist-lendlord.
Va aynan shu yerda turning eng jirkanch strukturaviy burilishi yashiringan: Jonni va Jeremi – bir-birining ko'zgudagi aksi. Biri – ijtimoiy zinapoyaning quyi qavatlaridan chiqqan iflos, ikkinchisi – yuqori qavatlardan. Biri o'zini falsafiy haqiqat izlovchi qilib ko'rsatib, emotsional zo'ravonlik qilsa, ikkinchisi kuchidan foydalanib, jismoniy zo'ravonlik qiladi. Ikkalasi ham mutlaqo bo'm-bo'sh, ikkalasi ham ayollardan nafratlanadi, ikkalasi ham samimiy insoniy yaqinlikka mutlaqo noqobil.
«Naked» – bu happy endsiz, umidsiz va axloqiy darslar bermaydigan kino. Bu – aqli shunchalik o'tkirligidan oxir-oqibat o'zini burda-burda qilib tashlagan insonning miyasi bo'ylab ikki soatdan ortiq davom etadigan ekskursiyadir. Og’ir kino va hamma uchun emas.
@boredpandablog
Zo'r kino, lekin hamma uchun emas. 18+
@panda_books
Kecha ko'rganimda AI deb o'ylagandim. rost ekan
😁
Oldin bunaqasini faqat multseriallarda ko'rgandim:)
@boredpandablog
Oʻz rasmiy sahifasida Kanada, Grenlandiya va Islandiyani AQSh bayrogʻi ostida koʻrsatayotgan davlat prezidenti ayni paytda Rossiyani oʻz qoʻshnisiga qilgan hujumlarini qoralayapti.
Shunaqa zamonda yashayapmiz.
@boredpandablog
Tez yordamni bir necha bor qattiq ogohlantirishiga qaramay, unga yo'l bermagan, va IIBga chaqirishgandan keyin
"eshitmay qopman"
deya qip-qizil yolg'on gapirgan haydovchidan boshqa barchaga xayrli tong!
Hammamizga insof va insoniylik bersin!
@boredpandablog
Qanday qilib butun umr triller, ujas, plot tvistlar olib yurgan rejissor va ssenarist Night Shyamalan karyerasi boshida "Styuart Littl" ssenariysini yozgan. Takov dushevniy, oilaviy o'tirib ko'rsa bo'ladigan va keyinchalik uncha-muncha darajada kultga aylangan film ssenariysini.??!
Qanday? Men uchun dilemma
😁
@boredpandablog
Sevimli aktyorim Martin Friman bugun 55 yoshga to'libdi.
Sizga uni qaysi roli ko'proq yoqadi?
@boredpandablog
#news
Mana bu anons:) Shakira yaqinda Bishkekda konsert
berarkan
Shakira ijodini yoqtiraman
😊
@boredpandablog