Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Boshlang'ich ta'lim

boshlangich_talimda
Boshlangʻich taʼlim o'qituvchilari uchun metodik xizmat koʻrsatishga moʻljallangan ijtimoiy kanal
Подписчики
1 157
24 часа
-2
30 дней
-29
Просмотры
1 000
ER
86,43%
Посты (30д)
3
Символов в посте
962
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 21, 00:36

4–5 yoshli bolalarda eng faol rivojlanadigan jarayonlardan biri — ijodkorlikdir. Aynan shu davrda ularning tasavvuri, fikrlashi va qo‘l harakatlari jadal shakllanadi.
Bolalarni tasvir chizishga o‘rgatish nafaqat ularning ijodiy qobiliyatini, balki fikrlash jarayonini ham rivojlantiradi. Chunki rasm chizish — bu qo‘l va miya o‘rtasidagi mustahkam aloqaning shakllanishidir. Bola chizayotganida u nafaqat qalamni boshqaradi, balki kuzatadi, tasavvur qiladi, tahlil qiladi va o‘z fikrini ifodalashni o‘rganadi.
Shu bois, maktabgacha ta'lim muassasalarida (MTM) ijodkorlik darslarini alohida fan sifatida joriy etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ijodkor farzand — mustaqil fikrlaydigan, izlanadigan va kelajakda yangilik yaratishga qodir shaxs bo‘lib voyaga yetadi.
👉
@Mr_Yusupali
👈

July 04, 03:53

Sizni hamma tushunishi shart emas.
Ba’zan
muammo
odamlar sizga qarshi ekanida emas. Balki sizning fikringizni yetarlicha aniq, asosli va tushunarli qilib aytilmaganida.
Har kim maslahat beradi.
Har kim o‘z tajribasidan kelib chiqib gapiradi.
Lekin har kim sizning vaziyatingizni to‘liq tushunmaydi.
Chunki uning
tajribasi
— uning hayoti uchun ishlagan.
Sizning hayotingizda esa sharoit, imkoniyat, mas’uliyat va oqibat boshqacha bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun har bir fikrni
haqiqat
deb qabul qilish ham xato. Har bir qarshilikni “menga qarshi chiqishyapti” deb tushunish ham xato.
Sizning fikringizni kim baholayapti?
Ko‘chadagi odam shifo haqida gapirishi mumkin. Lekin davolashni shifokor biladi. Xuddi shunday, hayotingizdagi muhim qarorlarni ham har kimning fikri bilan emas, vaziyatni tushunadigan, tajribali va mutaxassis insonlarning bahosi bilan tekshirish kerak.
“Meni tinglashmadi...”
“Meni tushunishmadi...”
“Aytganimni qilishganda, boshqacha bo‘lardi...”
Bu gaplar tanish bo‘lishi mumkin.
Siz ularni tushunishga harakat qildingizmi?
Yoki faqat ular sizni tushunishini kutdingizmi?
Tushunishlarini kutmang.
Tushuntirishni o‘rganing.
Fikringiz kuchli bo‘lsa, uni his-tuyg‘u bilan emas, asos bilan himoya qiling. Qaroringiz muhim bo‘lsa, uni shunchaki odamlarga emas, to‘g‘ri baho bera oladigan insonlarga tekshirtiring.
Chunki hayotingizdagi katta qarorlarning oqibatini maslahat berganlar emas, siz yashaysiz.
👉
@Mr_Yusupali
👈

July 02, 02:47

Kanalimizda 2026-yil yozilgan postlar mundarijasi:
1.
“Latte omili” — faqat pulda emas, vaqtda ham bor
2.
Deraza ortidagi kadr yoki quloqlarim sog' edi
3.
Sababsiz ketganlar uchun xafa bo'lma, ...
4.
Bahor keldi, endi nigohlar o‘zgaradi.
5.
Ishdagi asosiy muammolardan biri — layoqatsizlik.
6.
... insonni budilnik emas, ichki mas’uliyat uyg‘otadi.
7.
Farzandingizga olib berayotgan ...
8.
Kasbidan qoniqmaslik — bu shunchaki norozilik emas, bu ichki ziddiyat.
9.
Mag‘lubiyatga yo‘l ko‘p, tanlovni o‘zimiz qilamiz…
10.
Yaxshi amallaringizni ko‘paytiring
11.
“Biri ikki qachon bo‘ladi?”
12.
Yetishmovchilik qayerdan boshlanadi?
13.
AI (sun’iy intellekt) zamonida bilim shart emasmi?
14.
Vaqtning narxini bilish — pulni boshqarishning boshlanishi
15.
Yangi daraja — yangi raqobatchilar
16.
O‘zgaruvchan daromadda o‘zgarmas xarajat xavfli
17.
3 ta 8 qoidasi
18.
Maktab yoshigacha bolaga til muhimmi yoki tarbiya?
19.
Ishonchi singan odamlarga malham bormi?..
20.
Faoliyatingizda qo'shimcha kasb toping
21.
Og‘riq tomon yuring.
22.
Muvaffaqiyatsizlik tahlili
23.
Shogirdlik davrining kechikishi
24.
Oila qurishda adashmaslik formulasi
25.
Ajrimlar yoqasidagi yashirin sabablar
26.
Qiz tanlovi, uylanish
27.
Ustoz imtihonidan o‘tish
28.
Ichki sezgi va ustoz-shogird munosabati
29.
Qabul qilingan hissiy charchoqlar
30.
O‘rniga qo‘yib ko‘ring...
31.
Ish joyi — teatr
32.
Yoshi o‘tgan sari...
33.
Kredit botqog‘iga olib borayotgan ikki illat
34.
Xudbinlik ehtiyoj vaqtida bilinadi
35.
G‘oyangizni oson o‘zlashtiriladigan qilib aytmang
36.
Hamkorlik taklifi
37.
Tashqi ko‘rinish ahamiyatli
38.
O‘zingizga berilayotgan tashqi baholarni to‘g‘ri qabul qiling.
👉
@Mr_Yusupali
👈

June 26, 02:27

Tashqi ko‘rinish ahamiyatli
Agar siz o‘zingizni borligingizcha qabul qilishlarini istasangiz, xato qilasiz. Chunki odamlar sizning asl kimligingizni bilishi uchun bu kamlik qiladi. Ular ko‘pincha siz haqingizda o‘z tasavvuri, tajribasi va ko‘rgan tashqi belgilariga qarab baho bera boshlaydi.
Shuning uchun sizda ham ma’lum bir niqob bo‘lishi, eng muhimi, chegaralarni bilishingiz kerak. Tashqi ko‘rinishingizni o‘zingizga mos obrazga aylantiring va odamlarning siz haqingizdagi fikrini boshqarishni o‘rganing.
“Asling kabi ko‘rin”, deyishadi. Lekin siz bunga amal qilayotganingizni hammaga tushuntirib chiqolmaysiz. “Ko‘ringaning kabi bo‘l”, deyishadi. Ammo ba’zan siz ko‘rinayotgan obrazingizdan orqada qolib ketishingiz mumkin. Bu esa sizga bo‘lgan ishonchga ta’sir qiladi.
Shu sababli tashqi ko‘rinish shunchaki kiyim yoki uslub emas. U siz haqingizdagi birinchi xabar, birinchi taassurot va ba’zan sizga beriladigan imkoniyatlarning eshigi bo‘lishi mumkin. Odamlar avval ko‘radi, keyin eshitadi, undan keyin ishonadi.
Demak, tashqi ko‘rinish ichki dunyoni almashtirmasligi kerak, lekin uni to‘g‘ri ifodalashi shart. Obrazingiz sizni aldovchi niqob emas, balki kim ekaningizni tushuntirishga yordam beradigan vosita bo‘lsin.
Sizning hozirgi tashqi ko‘rinishingiz odamlar ongida siz haqingizda qanday tasavvur uyg‘otyapti?
👉
@Mr_Yusupali
👈

June 12, 00:20

Ish joyi — teatr
Ishga kirganingizda hamma narsa chiroyli ko‘rinadi. Tabassumlar samimiydek, gaplar iliq, muhit esa go‘yo do‘stona.
Lekin vaqt o‘tishi bilan tushunasiz — bu oddiy joy emas, bu sahna.
Kimdir sizga qarab kuladi, siz bilan kelishadi, sizni qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rinadi.
Ammo siz yo‘q paytda ularning gaplari o‘zgaradi. Oldingizda boshqacha, ortingizda boshqacha.
Kimdir jim yuradi, lekin ichida sizdan o‘tib ketishni o‘ylaydi. Kimdir esa ortiqcha yaqinlashadi, lekin maqsadi sizni tushunish emas, sizdan foydalanish bo‘ladi.
Shu teatrda eng qiyin narsa — kim haqiqiy, kim rol o‘ynayapti, ajratish.
Ko‘p odamlar niqob bilan yuradi.
Chunki rost bo‘lish ba’zan foydali emas. Lekin uzoqqa bormaydi.
Haqiqiy kuch — o‘zing bo‘lib qolishda.
Gap bilan emas, amal bilan ajralib turishda.
Shovqinsiz, lekin natija bilan gapirishda.
Sizni vaqt sinaydi, odamlarni esa vaziyat ochib beradi.
Siz kim bo‘lib qolmoqchisiz —
yana bir aktyormi yoki haqiqiy insonmi?
👉
@Mr_Yusupali
👈

June 07, 03:33

O‘rniga qo‘yib ko‘ring...
Birovning hayoti haqida gapirishdan oldin, bir marta bo‘lsa ham o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring.
Har bir insonning siz bilmagan dardi, siz ko‘rmagan sababi, siz tushunmagan holati bo‘lishi mumkin. Tashqaridan qarab maslahat berish oson. Lekin o‘sha vaziyatni ichidan his qilish hammaga ham oson emas.
Kimnidir darrov hukm qilishga, unga aql o‘rgatishga shoshilmang. Balki siz bilmayotgan tomonlari bordir. Balki u siz o‘ylagandan ham ko‘proq narsani ichida saqlab yurgandir.
Insonni tushunish uchun avval uni eshitish kerak. Uning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqishlarini, ichki kechinmalarini anglashga harakat qiling.
Ba’zan eng yaxshi yordam aql o‘rgatish emas, shunchaki tushunishga urinishdir.
Sizningcha, nega odamlar vaziyatni to‘liq bilmay turib boshqalarga maslahat berishga shoshilishadi?
👉
@Mr_Yusupali
👈

May 15, 01:13

Maktab yoshigacha bolaga til muhimmi yoki tarbiya?
Maktab yoshigacha bolaga til o‘rgatish, albatta, muhim. Bola qancha erta eshitib, takrorlab, muloqot qilsa, uning nutqi va fikrlashi shuncha yaxshi rivojlanadi. Lekin bu davr faqat til o‘rganish va so‘z yodlash davri emas. Bu, avvalo, bolani hayotga tayyorlaydigan birinchi tarbiya bosqichidir.
Bola bu yoshda ovqatlanish madaniyati, kiyinish tartibi, kattalarga hurmat, navbat kutish, o‘yinchoqni bo‘lishish, yo‘l qoidalariga rioya qilish, xavfsizlikni tushunish, tozalik va mas’uliyat kabi oddiy, lekin hayot uchun zarur ko‘nikmalarni ham o‘rganishi kerak.
Til bilgan, lekin o‘zini tutishni bilmagan bola jamiyatga moslashishda qiynaladi. Aksincha, tarbiya, intizom va hayotiy ko‘nikmalar shakllangan bola keyingi bilimlarni ham osonroq qabul qiladi. Chunki tartib bor joyda o‘rganish ham samarali bo‘ladi.
Shuning uchun savol “tilmi yoki tarbiyami?” bo‘lmasligi kerak. To‘g‘ri javob — ikkalasi ham kerak. Ammo poydevor sifatida avvalo tarbiya, intizom va hayotni anglash darslari turishi zarur.
Bola avval hayotga tayyorlanishi kerakmi yoki faqat darsga?
👉
@Mr_Yusupali
👈

May 05, 00:31

💥
USTOZLAR O'RTASIDA O'TKAZILADIGAN FAN OLIMPIADALARIGA TAKLIF ETAMIZ
Olimpiada o'tkaziladigan fanlar ro'yxati:
2026-yil 10-may
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Boshlang'ich ta'lim
3.
Tarix
4.
Tarbiya
5.
Rus tili
6.
Ingliz tili
7.
Kimyo
8.
Biologiya
2026-yil 11-may
1.
Matematika
2.
Informatika
3.
Fizika
4.
Geografiya
5.
Davlat va huquq asoslari
6.
Musiqa madaniyati
7.
Chizmachilik, Tasviriy san'at
8.
Texnologiya(qizlar,o'g'il bolalar)
9.
Tabiiy fan(Science)
Olimpiadaga ro'yxatdan o'tish uchun
@olimpiadalar
hamda
@ped_attestatsiya
kanaliga a'zo bo'ling va ushbu olimpiada e'lonini 9 nafar pedagogga va 4 ta ta'limga oid guruhga yuborib, skrinshot qilib
@AsksAdminbot
ga yuboring.
Ushbu e'lonni ulashib, olimpiadada ishtirok eting.
Olimpiada o'tkaziladigan guruh
👇
👉
https://t.me/+UGk02ut8yH1bP9bj
👉
https://t.me/+UGk02ut8yH1bP9bj
👉
https://t.me/+UGk02ut8yH1bP9bj

March 19, 06:48

Assalomu alaykum, hurmatli Ustozlar sizlarga Arafa kuni va Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan bugun arzon va bepul xizmatlar ko'rsatiladi.
- Ustamaga
- Ommalashtirish(qo'llanma, tavsiya)
- Maqola(xalqaro va mahalliy)
va boshqa xizmatlar
Murojaat:
@tests_admin

January 02, 06:03

🏆
Olimpiadada
faol ishtirok
etganlar uchun
Sertifikat
🔖
beriladi.
Buning uchun siz ko'rsatgan natijangizni
@Tests_admin
ga skrinshot qilgan holda yuborishingiz hamda
👩‍🏫
F
amiliyasi, Ismi, Otasining ismi tuman, maktab
ko'rinishida o'zlari haqidagi ma'lumotlari va
Test topshirgan fani
ni berishlari talab qilinadi.