
Brogrammist
Ofisda o‘tirgan hamma bilan birma-bir aylanib qo‘l berib salomlashib chiqishni MADANIYATSIZLIK deb hisoblayman. Bu faqat o‘tirgan odamning fikrini chalg‘itmaydi, balki birdaniga hammaning e’tiborini shu vaziyatga qaratadi. Masalan, men uchun oldimdagi 15…
Ofisda o‘tirgan hamma bilan birma-bir aylanib qo‘l berib salomlashib chiqishni MADANIYATSIZLIK deb hisoblayman.
Bu faqat o‘tirgan odamning fikrini chalg‘itmaydi, balki birdaniga hammaning e’tiborini shu vaziyatga qaratadi. Masalan, men uchun oldimdagi 15 ta odamning hammasi bilan so‘rashib, qo‘l berib kelayotgan odamni ko‘rish, e’tiborimning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi. 2-3 ta odam o‘tirgan bo‘lsak boshqa gap.
Ishxonada shunday bir odam bor. Juda asabimni buzadi shu narsa. Lekin mendan boshqa hech kim bundan nolimaydiganga o‘xshaydi. Buni aytib ham ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng? Jamoadagilar hamma bilan ko‘rishib chiqsa ham, menga kelganda o‘tib ketishadi. Ammo boshida aytgan odamim haliyam hamma bilan birma-bir salomlashib chiqadi. WTF?
Dasturlash endi oldingidek emas. Bir tarafdan ko'p imkoniyatlarga eshik ochilgan bo'lsa, bir tarafdan ish bozori siqilyapti. Hammasi ko'z o'ngimizda "real-time" o'zgaryapti.
Ehh, qo'lda kod yozish davri boshqacha edi...
Qaridimmi deyman)
AI agentlar bilan ishlash meni menejerga aylantiryapti
Bu yangilik emas. Eng boshidan AI bilan ko'p ishlab ketyotganlardan ham shu fikrni eshitganman. Endi esa buni o'zimda kuzatyapman. Vanihoyat men ham kam kod o'qishni boshladim. Umuman o'qimay qo'yishim ehtimoldan uzoq, lekin bilib bo'lmaydi.
😬
AI ga topshiriq berishdan oldin uni yaxshiular muhokama qilaman. Qanday variantlarimiz bor-u, har birining qanday avfzalligi va kamchiliklari bor. E'tiborga olmagan nuqtalarimni ko'rsatadi, chunki undan shuni talab ham qilaman. Mendagi mas'uliyat esa, AI ga ko'proq kontekst berish, muammo/topshiriqni aniq taqdim qilish, va eng oxirida qaror qabul qilish.
Kod yozishga kelganida esa, ishni boshlashdan oldin miyyamda uning qanday bo'lishi kerakligini shakllantiraman. Ya'ni agar kodni qo'lda yozsam qanday yozishimni o'ylab qo'yaman. Kodni qanday bo'lishi arxitekturaga va kelishilgan API kontraktlarga qisman bog'liq xolos. Shuning uchun ham AI ga ularni o'zi implementatsiya qilishiga qo'yib beraman. Keyin esa uning ishini o'zim kutgan, miyyamdagi versiya bilan solishtiraman. Bundan 2 xil foyda olaman:
1. Yoki AIning ishidagi kamchiliklarni topaman.
2. Yoki yaxshiroq usul o'rganib olaman.
Tan olishim kerak, AI men yoza oladigan koddan yaxshiroq kod yozadi. Sifat masalasi esa ko'proq unga berilgan vazifaning aniqligiga bog'liq.
Shu sababmi balki, kodni sinchiklab emas, xuddi kitob o'qiganda satrlar ustodan tez-tez sakrab o'qiydigan bo'lib qoldim. Ya'ni nima ish bo'lyotganini umumiy holda tushunish uchun. Agar nimadir tushunarsiz bo'lsa, uni tushuntirishni so'rayman. Va buning natijasida ham yo kod soddalashadi, yoki nimadir yangi narsa o'rganaman, yoki arxitekturadagi muammo oydinlashadi.
Bir kun rostdan ham shunday bo'lishi ehtimoli yo'q emas! https://t.me/UmarSadullayev/3300
Bir kun rostdan ham shunday bo'lishi ehtimoli yo'q emas!
https://t.me/UmarSadullayev/3300
RIP Deno.js
🥲
Node va Deno muallifi Ryan Dahl bugun butun jamoasi bilan Cloudflare'ga qo'shilyotganini e'lon qildi. Deno loyihasi yana 1 yil qo'llab-quvvatlanadi va shu bilan loyiha butunlay to'xtatilar ekan. Ammo u open-source'ligicha qoladi va ishlatishda davom etish mumkin.
Afsus, Deno yaxshi loyiha edi, lekin Node.js kabi ommalashishga ulgurmadi;
performance va feature'lar bo'yicha Bun.js dan orqada qolib ketdi.
https://deno.com/blog/cloudflare
Aytgancha, AOT compilation - Ahead of Time compilation. Kompilyatsiya qilinadigan tillar shunaqa deyiladi. Masalan C, C++, Rust, Go. JavaScript interpretatsiya qilinadigan til bo'lib yaralgan. Lekin ECMA stardarti JavaScript engine'lar shunday ishlashi…