Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BuxDU •БухГУ •BukhSU

buxdu_uz
• Buxoro davlat universiteti • Бухарский государственный университет • Bukhara state university Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov @BuxDUMatbuotkotibi_bot www.buxdu.uz +998 65 221-29-14 +99865 221-26-85
Подписчики
16 481
24 часа
-8
30 дней
1 281
Просмотры
482
ER
2,92%
Посты (30д)
580
Символов в посте
1 078
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 24, 06:37
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📢
Hurmatli doktorantlar!
Sizni
Doktorantlarni rivojlantirish dasturi
doirasida o'tkazilayotgan
ehtiyojlarni aniqlash so‘rovnomasida
ishtirok etishga taklif qilamiz.
📝
Sizning fikr va takliflaringiz kelgusida doktorantlar uchun tashkil etiladigan:
• treninglar,
• seminarlar,
• mentorlik dasturlarini
yanada mazmunli va amaliy ehtiyojlarga mos tarzda rejalashtirishga xizmat qiladi.
📌
So‘rovnomani to‘ldirish uchun quyidagi havola orqali o‘ting:
havola

Faol ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

July 24, 06:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Hurmatli Prezident!
Avvalo, tavallud ayyomingiz munosabati bilan Sizni Buxoro davlat universiteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Sizning dono va uzoqni ko‘zlagan rahbarligingiz ostida mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy bilimli kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylanmoqda.
Ayniqsa, Buxoro yoshlarining zamonaviy va qulay sharoitlarda ta’lim olishi uchun barpo etilayotgan zamonaviy yangi kampus kabi ulkan bunyodkorlik loyihalari mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir. Ushbu ezgu tashabbuslar uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, universitetlarning ilmiy salohiyati va xalqaro nufuzini yuksaltirish, yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar bizni yanada yuksak marralar sari ruhlantirmoqda.
Muhtaram Prezident, ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Buxoro davlat universiteti jamoasi.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

July 24, 05:50
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

👥
👥
👥
👥
👥
👥
📘
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI VA KAVKAZ UNIVERSITETI O‘RTASIDA XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO‘TARILDI
Buxoro davlat universiteti rektori, professor
Obidjon Xamidov
Gruziyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri - Kavkaz universiteti (Caucasus University)ga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Kavkaz universiteti prezidenti, doktor
Kaxa Shengeliya
boshchiligida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti
Irena Melua
hamda Xalqaro aloqalar departamenti direktori
Ketevan Karbaia
ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qisqa muddatli akademik kurslarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida
Buxoro davlat universiteti va Kavkaz universiteti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding)
imzolandi. Mazkur hujjat ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi akademik va institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro ta'lim makonidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu hamkorlik Buxoro davlat universitetining xalqaro aloqalar geografiyasini yanada kengaytirish, ta'lim va ilm-fan sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda universitetning xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting:
🌐
Telegram
🌐
Facebook

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

July 24, 04:32
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

📣
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi buxorolik yoshlar muammolarini oʻrgandi
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilib, ularning ta’lim olishi, kasb egallashi, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Payshanba — yoshlar bilan uchrashuv kuni” ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqot maydoniga aylanmoqda.
📌
Batafsil
📌
Батафсил
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

July 24, 04:32
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram