Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Buxoroda Nima Gap? | Buxoro yangiliklari

buxoroda_nimagap
💁🏻‍♂️ Men siz uchun dolzarb voqealar va yangiliklarni topaman 📰 Reklama bo'yicha: @buxoroda_ngadmin
Подписчики
8 649
24 часа
-8
30 дней
4
Просмотры
4 863
ER
56,23%
Посты (30д)
11
Символов в посте
546
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 20, 15:33

Buxoroda 21-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi
Buxoro shahrida 21-sonli yangi jamoat transporti yo‘nalishi ishga tushirildi. Yangi yo‘nalish avvalgi 51-sonli yo‘nalish o‘rnini egalladi va uning harakatlanish yo‘nalishi biroz uzaytirildi.
Yo‘nalishda jami 19 ta avtobus xizmat ko‘rsatmoqda. Barcha avtobuslar brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritadi. Yo‘nalishga «Aliхan Trans» kompaniyasiga tegishli yangi avtobuslar jalb qilingan.

October 14, 02:42

🌳
BUXORODA SAKSOVULNI NOQONUNIY OLIB KETGANLARGA 33 MILLION SO‘M JARIMA
Buxoro viloyatining Gazli cho‘l hududida saksovulni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi.
🌿
Ma’lum qilinishicha, ekologiya xodimlari reyd davomida davlat raqam belgisisiz GAZ-53 yuk mashinasida saksovul tashiyotganlarni to‘xtatgan.
💰
Huquqbuzarlarga
33 million so‘m jarima
qo‘llangan. Tabiatga yetkazilgan zarar esa
25 million so‘m
deb baholangan.
Saksovul cho‘l ekotizimi uchun muhim o‘simlik hisoblanadi.
📍
Buxorodagi yangiliklar —
@Buxoroda
_
NimaGap

October 13, 05:20

📌
Buxoro shahar sudi raisi xonasidan 50 ming dollar topildi
Hodisa yuzasidan Sudyalar oliy kengashi izoh berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra:
— Advokat cho‘ntagidan — 10 ming dollar
— Sudya xonasidagi shkafdan — 40 ming dollar
Sudyalar oliy kengashi hozircha sudyaning pul so‘ragani yoki olganini tasdiqlovchi dalil yo‘qligini ma’lum qildi .‌‌
Advokatga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Sudya yuzasidan esa xizmat tekshiruvi davom etmoqda .‌
👉
Azo bo‘ling:
@Buxoroda_NimaGap

October 13, 04:09

Buxoroda xorijlik o‘qituvchilar soni 13 barobarga oshadi!
🎓
Buxoro viloyatida ta’lim sifati va xalqaro tajriba yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Viloyat hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra:
2025–2026-o‘quv yilida Buxorodagi ta’lim muassasalarida
85 nafar
xorijlik pedagog faoliyat yuritayotgan edi.
Keyingi o‘quv yiliga kelib bu ko‘rsatkich
143 nafarga
yetishi va yaqin kelajakda qariyb
13 barobarga
oshishi kutilmoqda.
Ushbu qadam Buxoro maktablari va oliygohlarida xorijiy tillar hamda zamonaviy fanlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
👉
Azo bo‘ling:
@Buxoroda_NimaGap

October 06, 14:51

Buxoroda qizi bilan ko‘rishishga kelgan yigitni kaltaklagan otaga jinoiy ish ochildi
Buxoro viloyatida erkak qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli yigitni o‘z erkiga qarshi mashinada olib ketib, bir necha kishi bilan birga kaltakladi. Ota va uning tanishiga jinoiy ish ochildi. Holatni bolalar ombudsmani nazoratga oldi.
Buxoro viloyatida erkak qizi bilan ko‘rishish uchun kelgan 17 yoshli yigitni tanishlari bilan kaltakladi. Bu haqda bolalar ombudsmani
xabar qildi
.
Aniqlanishicha, 28-avgust kuni Buxoro viloyatida yashovchi fuqaro E.R qizi O.D. bilan ko‘rishish uchun kelgan voyaga yetmagan
E.O.ni
(2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) uning erkiga qarshi tarzda avtomashinada o‘z qarindoshi F.F.ning uyiga olib borib, u yerda boshqa shaxslar bilan kaltaklagan.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, E.O. tanasining turli sohalarida jarohatlar mavjudligi aniqlangan.
Holat yuzasidan 7-sentabr kuni E.R va F.F larga nisbatan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bir guruh shaxslar tomonidan voyaga yetmagan shaxsni o‘g‘irlash) va 105-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

October 05, 07:45
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
DIQQAT, EʼLON! HURMATLI YOʻLOVCHILAR!
2026-yil 5-oktyabr kunidan boshlab 2-sonli va 33-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati "Karvon shopping" savdo markazi orqali yangidan tashkil etildi.
"Karvon shopping" savdo markaziga tashrif buyuruvchi yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
2-sonli va 33-sonli avtobus yo‘nalishlari
sxemasiga o'zgartirish kiritildi va harakat "Karvon shopping" savdo markazi orqali yangidan tashkil etildi.
Batafsil
buxoro.mintrans.uz
saytida o'qing.
Hurmatli yo‘lovchilar! Jamoat transportida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lang hamda uning rivoji uchun hissangizni qo‘shing!

October 04, 08:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlarga beriladigan yengilliklar va tergov jarayoni
Viloyat hokimi va mutasaddilar ishtirokida jabrlangan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Asosiy xabarlar:
🔹
Kreditlar:
Zarar ko‘rgan tadbirkorlarning kredit to‘lovlari
1 yilgacha muzlatiladi
.
🔹
Bepul joy:
Tadbirkorlar o‘z faoliyatini davom ettirishlari uchun "Karvon" va boshqa savdo majmualaridan
1 yilgacha arendasiz
joylar ajratiladi.
🔹
Tergov va zarar:
Yong‘in sabablarini aniqlash va etkazilgan zararni qoplash bo‘yicha surishtiruv ishlari tezlashtirilgan.
📲
Batafsil videoda.

October 04, 02:48

Buxoro shahrida joylashgan “Karvon” bozorida sodir boʻlgan yongʻin soat 00:12 da toʻliq bartaraf etildi.
Hozirgi vaqtga qadar hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida ma’lumot kelib tushmagan.

October 03, 18:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma'lumot
Bugun, 3-oktabr kuni soat 21:49 da Buxoro viloyati FVBga, Buxoro shahrida joylashgan "Karvon" bozorida  yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borishgan. Hozirda yong‘
in o‘chirilmoqda.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

October 03, 17:46
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Karvon bozorida do‘konlar yonmoqda
«Karvon» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Hozirda voqea joyida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ishlamoqda. Yong‘inni bartaraf etish va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.