Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BUXORO XALQARO UNIVERSITETI

bxu_uz
📚 BXU — Rasmiy sahifasi 🎓 Ta’lim yo‘nalishlari: • Bakalavr • Magistratura • Doktorantura 👩‍🏫 79% — Professor-o‘qituvchilar 📜 Davlat diplomiga teng kuchga ega rasmiy diplom! 📌 Qabul: qabul.bxu.uz 📞 +998 55 309 99 99
Подписчики
10 112
24 часа
91
30 дней
-435
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
2 910
ER
28,78%
Посты (30д)
20
Символов в посте
722
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 07:28
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda navbatdagi dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xalilov Bekzod Jobir o‘g‘lining
“Bo‘lajak psixologlarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirishning innovatsion-perseptiv mexanizmlari”
mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Buxoro xalqaro universiteti nomidan tabriklaymiz

October 22, 14:21
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Buxoro xalqaro universiteti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🏆
🎯
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashdan iborat.
🔥
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda talabalar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, epchilligi va jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, unutilmas taassurotlar va o‘zaro do‘stona munosabatlar baxsh etdi.
💚
Buxoro xalqaro universitetida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda sportni ommalashtirishga qaratilgan bunday tadbirlar davom etadi!

October 21, 12:29
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI!
🎉
Buxoro xalqaro universitetida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi!
Buxoro xalqaro universitetining
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari
tomonidan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.
✨
Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va betakror jozibasi, uning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, she’rlar va badiiy namoyishlar bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
💐
Ona tili — millat ruhi, xalqning bebaho ma’naviy boyligi va milliy o‘zligimiz timsolidir.
Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.
🇺🇿
Ona tilimiz — faxrimiz, g‘ururimiz va milliy qadriyatimiz!
📚
O‘zbek tilimizning nufuzi va mavqeyi yanada yuksalaversin!

October 20, 06:42
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🏆
BUXORO XALQARO UNIVERSITETIDA SPORTCHI TALABALAR E’ZOZLANDI!
🥇
Buxoro xalqaro universitetining
Jismoniy madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan, jahon va O‘zbekiston chempionatlarida yuksak natijalarga erishgan talabalari
universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
🎓
Sport sohasida erishgan yutuqlari, mamlakatimiz va universitetimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan talabalarga universitet tomonidan
diplomlar hamda esdalik sovg‘alari
topshirildi.
👏
Ushbu e’tirof talabalarning sportdagi muvaffaqiyatlarini qadrlash, ularni yangi marralar sari ruhlantirish va yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirishga xizmat qiladi.
💐
Buxoro xalqaro universiteti jamoasi chempion talabalarimizni samimiy muborakbod etadi!
Kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz!
Biz sizlar bilan faxrlanamiz!
🇺🇿
🏆

October 19, 07:58
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Joriy yilning 16-19-oktabr kunlari Toshkent shaxrida o‘tkazilayotgan sportning kikboks turi bo‘yicha
WORLD CUP-2026
Jaxon Kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqada Buxoro xalqaro universiteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi
XAMRAYEVA
SHAXRUZA LUTFULLA QIZI
barcha raqiblarini yengib jaxon kubogi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.Ushbu g‘alabadan keyin  XAMRAYEVA SHAXRUZA LUTFULLA QIZI Xalqaro toifa dagi SPORT USTASI  unvonini ham qo‘lga kiritdi.
Chempion talabamiz Musobaqada tashrif buyurgan xorijlik mutaxasislarni e’tirofiga sabab bo‘ldi.
XAMRAYEVA SHAXRUZA LUTFULLA QIZI
ni jamoamiz nomidan chin qalbdan tabriklaymiz bundan xam katta yutuqlar ga erishishni O'ZBEKISTON bayrog'ini yuqori larga ko'tarib doim chempion bo'lishini tilaymiz.

October 16, 12:40
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Bugun Buxoro xalqaro universitetida
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
🗣
Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni yosh avlod ongiga singdirish, shuningdek, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy barkamollikni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨
Ta’kidlanganidek, milliy qadriyatlar — xalqimizning bebaho ma’naviy merosi, milliy o‘zligimiz va kelajagimiz poydevoridir. Ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning muhim burchimizdir.
📸
Uchrashuv samimiy muloqot va mazmunli fikr almashuvlarga boy bo‘ldi.

October 16, 08:51
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

🏆
BUXORO XALQARO UNIVERSITETI TALABASI — O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI!
🇺🇿
🥇
🔥
Yana bir yutuq, yana bir faxr — BXU sportchisi xalqaro maydon sari!
Joriy yilning
14–19-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Jar” sport majmuasida
sportning
Jiu-jitsu turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi
musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada
Buxoro xalqaro universiteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Turayeva Feruzabonu Feruz qizi
munosib ishtirok etib, raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va
faxrli 1-o‘rinni
🥇
qo‘lga kiritdi!
🎉
Ushbu yorqin g‘alaba orqali Feruzabonu
2026-yil noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan Jiu-jitsu bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘llanmani
qo‘lga kiritdi!
👏
Sportchimizning ushbu yutug‘ida katta mehnat va fidoyilik ko‘rsatgan murabbiylari —
Abdullayev Amrullo Nasrullayevich
hamda
Tohirov Aziz Anvarovich
ni ham samimiy muborakbod etamiz!
💐
Feruzabonuga Jahon chempionatida ham ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va omad tilaymiz! Ishonamizki, u Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, universitetimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi!
Buxoro xalqaro universiteti — bilim, iste’dod va yuksak marralar sari!
💙

October 11, 15:15
Файлы недоступны
4
3
Открыть в Telegram

#OTMYetakchilari
🎓
🎓
OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon!
Kecha forumning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan yosh yetakchilarga sertifikatlar topshirildi.
🏅
👏
Quvonarlisi,
Buxoro xalqaro universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Barakayev Xumoyun Mirzo Ilxomovich
ham forumdagi ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
✨
Ushbu e’tirof yoshlar yetakchisining tashabbuskorligi, faolligi va yangi marralar sari intilishiga yana bir rag‘batdir.
Buxoro xalqaro universiteti jamoasi nomidan muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🎉
#OTMYetakchilari
#BXU
#YoshlarIttifoqi
#YoshLiderlar
#BuxoroXalqaroUniversiteti
Buxoro Xalqaro Universiteti — BXU

October 11, 15:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#OTMYetakchilari
🎓
OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon!
🙋‍♂️
Forumning ikkinchi kuni ham katta taassurot bilan oʻtdi.
🔗
Seminarlardan lavhalar
🔗
Ochiq muloqotdan lavhalar
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

October 09, 05:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💜
❤️
❤️
💙
❤️
#OTMYetakchilari
#OʻquvSeminar
🇺🇿
OTM yetakchilar forumi — yosh liderlarni birlashtiruvchi makon!
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan yoshlar yetakchilari oromgoh tomon yoʻl oldilar.
Buxoro Xalqaro Universiteti — BXU