Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

bzokirovnomidagimesi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rasmiy telegram sahifasi. Rasmiy sayt: https://estrada-art.uz
Подписчики
2 352
24 часа
-3
30 дней
-36
Просмотры
412
ER
17,52%
Посты (30д)
269
Символов в посте
580
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Дизайн и творческие искусства
Краткое описание
October 27, 16:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#TTJ_nazorat
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti “Estrada xonandaligi” kafedrasi katta öqituvchisi Tölqin Tadjiyev
tomonidan Uçtepa tumanida joylaşgan talabalar turar joyida navbatçilik olib borildi.
Navbatçilik davomida talabalar turar joyidagi şaroitlar hamda içki tartib-qoidalarga rioya etilişi bilan boğliq masalalarga e’tibor qaratildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 16:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Ijara_nazorati
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tyutori X. Djörayev tomonidan ijara xonadonida istiqomat qiluvçi talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiš maqsadida monitoring taşrifi amalga oşirildi.
Taşrif davomida talabaning yaşaş şaroiti, xonadonning ozodaligi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilişi bilan boğliq masalalarga e’tibor qaratildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Onlayn_qabul
📢
Hurmatli talabalar!
Ta'lim jarayoni, institut faoliyati yoki sizni qiziqtirayotgan boşqa masalalar böyicha savol, taklif va murojaatlaringiz bormi?
Unda sizni
Öquv ishlari böyicha prorektor Mirzayev Akbarjon Abdurahimoviç
iştirokida ötkaziladigan "Onlayn qabul"ga taklif etamiz.
🗓
Sana: 28.10.2026
🕒
Soat: 16:00
📲
Qabul Telegram orqali institutning rasmiy kanalida videoçat shaklida taşkil etiladi. Siz "Qöl ko‘tariş" belgisi orqali öz murojaat, taklif va savollaringizni bevosita yöllashingiz mumkin.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 13:15
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#MESI
#EnergiyaTejamkorligi
#EkologikMadaniyat
#Tejamkorlik
⚡️
ENERGIYA TEJAMKORLIGI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida talaba-yoshlarning energiya tejamkorligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
💡
Davra suhbatini institut yuristi J. Narzullayev olib bordi.
Tadbir davomida elektr energiyasini tejash, energiya resurslaridan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish hamda kundalik hayotda energiya tejamkorligi qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarga foydalanilmayotgan elektr jihozlarini o‘chirib qo‘yish, elektr yoritish moslamalaridan oqilona foydalanish va tabiiy yorug‘likdan unumli foydalanish kabi oddiy, ammo samarali tejamkorlik qoidalari haqida tushunchalar berildi.
💬
Davra suhbati davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzu yuzasidan savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
✅
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida energiya tejamkorligi madaniyatini yuksaltirish, tabiiy resurslarga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda energiyani tejashga oid foydali odatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Energiya tejamkorligi — bugungi mas’uliyat, ertangi farovonlik!
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 13:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#yurtimqadriyatlari_tanlovi
📢
E’LON!
“YURTIM QADRIYATLARI” ko‘rik-tanlovi
o‘tkaziladi!
🎯
Tanlovning maqsadi
— talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, milliy san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, yurtimiz tarixi hamda bugungi hayoti haqida bilimlarini oshirish, Jadidlar merosini chuqur o‘rganish va yoshlarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishdan iborat.
📌
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣
Fakultetlararo bosqich
2️⃣
Hududiy bosqich
3️⃣
Final bosqichi
🎭
Tanlov shartlari:
✨
“Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar” — teatrlashtirilgan kompozitsiya
🎶
“Kompozitsion musiqiy chiqishlar” — milliy kuy, qo‘shiq va raqslar
📚
“Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” — Jadidlar hayoti va ijodi bo‘yicha savol-javob.
📅
Institut bosqichi: 27-oktyabr
📍
Murojaat uchun:
@MadinaXolbekovna
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 10:27
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Kelajak_soati
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida institut rektori, professor Avaz Mansurov tomonidan “Özbekistonda ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darsi ötkazildi.
Dars davomida mamlakatimizda ilm-fan rivoji yölida amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlarning ilmiy salohiyatini röyobga çiqariş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ajdodlarimizning boy ilmiy merosi haqida fikr yuritildi.
Mazkur dars yoşlarni ilm-maʼrifatga oşno böliş, buyuk ajdodlarimiz merosini munosib davom ettiriş hamda yurtimiz taraqqiyotiga öz hissasini qöşişga undadi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI

October 27, 06:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
ENERGIYANI ASRASH — KELAJAKKA E’TIBOR!
🔥
Bugungi kunda elektr energiyasi ta’lim jarayoni, ish faoliyati va kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Yorug‘ va shinam xonalar, zamonaviy texnikalar hamda qulay sharoitlar samarali faoliyat yuritishimizga xizmat qiladi.
Ammo energiyadan foydalanish bilan birga, uni oqilona va tejamkor sarflash ham har birimizning mas’uliyatimizdir.
💡
🔌
Foydalanilmayotgan elektr jihozlarini o‘chirish,
💡
bo‘sh xonalarda chiroqlarni yoqib qoldirmaslik,
⚡️
energiyadan oqilona foydalanish — oddiy, ammo muhim odatlardir.
Keling, energiyani tejashni bugundan boshlaylik!
Chunki har bir tejalgan kilovatt — kelajak uchun asralgan imkoniyatdir.
🌱
#energiyani_asraylik
#energiya_tejamkorligi
#tejamkorlik
#yashil_kelajak
#mesi_yoshlar_ittifoqi
https://t.me/mesi_yoshlar_ittifoqi

October 27, 03:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan film suratga olinayotgan pavilyonda bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил павильон, где снимается фильм о детстве Абу Али ибн Сины.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 03:57
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligiga bagʻishlangan “Husayn” tarixiy-badiiy filmining suratga olish maydoni bilan
tanishdi.
—
Глава нашего государства
ознакомился
со съемочной площадкой историко-художественного фильма «Хусайн», посвященного детству Абу Али ибн Сины.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#kino
#ibnSino
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 03:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz kinoijodkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
—
Президент нашей страны провел диалог с деятелями кино.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X