Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Respublika Onkologiya markazi

cancercenteruz
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 1303 qisqa raqamli call center ish boshladi. Sizni qiziqtirgan savollarga 8:00 dan -17:00 ma’lumot olishingiz mumkin!
Подписчики
3 935
24 часа
-5
30 дней
-16
Просмотры
984
ER
25,01%
Посты (30д)
58
Символов в посте
1 363
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Медицина
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
September 11, 12:33
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

AID International Doctors Association билан учрашув тўғрисида
Халқаро ҳамкорликни янада ривожлантириш мақсадида
Республика ихтисослаштирилган онкология ва радиология илмий-амалий тиббиёт маркази
ва
AID International Doctors Association (AID)
вакиллари ўртасида учрашув бўлиб ўтди.
Учрашув давомида томонлар ўз ташкилотларининг асосий фаолият йўналишлари, халқаро тажрибаси ҳамда мавжуд имкониятлари ҳақида маълумот бердилар.
Шунингдек,
фавқулодда вазиятларга тайёргарлик кўриш ва уларга жавоб чораларини кўриш, шошилинч тиббий ёрдам кўрсатиш, тиббиёт ходимларининг малакасини ошириш, кадрлар салоҳиятини ривожлантириш ҳамда профессионал тажриба алмашиш
масалалари муҳокама қилинди.
AID International Doctors Association томонидан ташкилотнинг фавқулодда вазиятларда тиббий ёрдам кўрсатиш бўйича халқаро тажрибаси, шунингдек,
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ)нинг Европа минтақавий бюроси томонидан Emergency Medical Team (EMT) Type 1 Fixed сифатида расмий верификация қилингани
ҳақида маълумот берилди.
Учрашув якунида томонлар ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада ривожлантиришга қизиқиш билдириб,
қўшма лойиҳаларни амалга ошириш, тиббиёт ходимлари учун ўқув ва малака ошириш дастурларини ташкил этиш, тренинглар ўтказиш, тажриба алмашиш ҳамда бошқа қўшма ташаббусларни амалга ошириш
имкониятларини кўриб чиқишга келишиб олдилар.
Томонлар келгусида аниқ ҳамкорлик йўналишларини белгилаш ва амалий чора-тадбирларни ишлаб чиқиш мақсадида ишчи мулоқотларни давом эттиришга келишиб олдилар.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 11, 10:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🧬
MARKAZDA BESHINCHI AUTOLOGIK SUYAK KO‘MIGI TRANSPLANTATSIYASI MUVAFFAQIYATLI AMALGA OSHIRILDI
🇺🇿
🇹🇯
Tojikistondan kelgan bemor O‘zbekistonda davolanishni muvaffaqiyatli yakunladi
2026-yil 10-sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida autologik suyak ko‘migi transplantatsiyasidan o‘tgan bemor qoniqarli holatda shifoxonadan chiqarildi.
Bu Markazda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan beshinchi autologik suyak ko‘migi transplantatsiyasi bo‘lib, ushbu natija mamlakatimizda yuqori texnologiyali onkogematologik yordamni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
🌍
Ushbu klinik holatning alohida ahamiyati shundaki, davolanish uchun bemor Tojikiston Respublikasidan kelgan. Bu Markazning zamonaviy ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balki xorijiy bemorlarga ham ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi.
🔬
Autologik suyak ko‘migi transplantatsiyasi — murakkab davolash usuli bo‘lib, unda bemorning oldindan yig‘ib olingan o‘z gemopoetik ildiz hujayralari yuqori dozali terapiyadan so‘ng organizmga qayta yuboriladi. Ushbu muolaja puxta tayyorgarlik, zamonaviy texnologiyalar, qat’iy infeksion nazorat va uzluksiz klinik kuzatuvni talab qiladi.
🤝
Davolash jarayoni onkogematologlar, transplantologlar, reanimatologlar, laboratoriya xizmati mutaxassislari, klinik farmakologlar hamda o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat multidisiplinar jamoaning muvofiqlashtirilgan faoliyati asosida olib borildi.

Bemor davolashning barcha belgilangan bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, zarur tibbiy tavsiyalar bilan shifoxonadan chiqarildi.
🏥
Erishilgan natija Markazning yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish salohiyati izchil rivojlanib borayotganini, shuningdek, xorijiy bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib borayotganini tasdiqlaydi.
👏
Ushbu natijaga erishishga hissa qo‘shgan barcha mutaxassislarimizga yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyati va fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildiramiz!
RIOvaRIATM matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 11, 06:42
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🏥
Sirdaryo viloyati
Onkologiya filialida
zamonaviy
palliativ bo‘lim ochildi
Kecha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida zamonaviy va shinam
Palliativ bo‘limning
ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yangi bo‘limda bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning hayot sifatini yaxshilash hamda zarur parvarish uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.
Mazkur bo‘limning faoliyat boshlashi onkologik bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 10, 17:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎥
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kimyoterapevt shifokori, milliy dastur bo’yicha ekspert Djanklich Sayde Mustafayevna
Onkologiya Matbuot xizmati
.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 10, 16:05
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🇺🇿
ЎЗБЕКИСТОН ОНКОЛОГИЯ ТИЗИМИДА ИЛК БОР!
🎓
HEALTH MANAGEMENT
ҳамда
Туркия Стратегик тадқиқотлар маркази
билан ҳамкорликда онкология соҳаси раҳбарлари ва менежерлари учун махсус сертификатлаштирилган ўқув курси ташкил этилди.
🏥
Республика ихтисослаштирилган онкология ва радиология илмий-амалий тиббиёт марказида
«Шифохона раҳбарларини ривожлантириш дастури» доирасида онкология муассасалари раҳбарлари учун махсус малака ошириш тренинги ўтказилди.
🎯
Тренингнинг асосий мақсади
— онкология муассасалари раҳбарларининг замонавий бошқарув, самарали етакчилик, стратегик қарор қабул қилиш, ресурслардан оқилона фойдаланиш, молиявий ва клиник жараёнларни мувофиқлаштириш бўйича амалий компетенцияларини ривожлантириш.
📌
Ўқув дастурининг асосий йўналишлари:
🔹
соғлиқни сақлаш тизимида онкология муассасаларининг ўрни;
🔹
замонавий шифохона бошқаруви ва раҳбарлик тамойиллари;
🔹
етакчилик, самарали мулоқот ва жамоани бошқариш;
🔹
беморнинг
«ташхис → патология → MDT → даволаш → кузатув»
клиник маршрутини бошқариш;
🔹
шифохона қуввати, беморлар оқими ва иш юкини самарали мувофиқлаштириш;
🔹
онкологик хизмат сифати ва асосий самарадорлик кўрсаткичлари —
KPI
;
🔹
молиявий бошқарув, юқори харажатли дори воситалари ва ресурсларни оқилона тақсимлаш;
🔹
мультидисциплинар консилиум —
MDT
фаолиятини самарали ташкил этиш;
🔹
«Cancer» регистр ахборот тизими
, рақамлаштириш ва бошқарув таҳлили;
🔹
бемор ҳуқуқлари, тиббий этика ва раҳбарнинг ижтимоий масъулияти.
👨‍🏫
Машғулотлар Туркия Республикасининг соғлиқни сақлаш менежменти соҳасидаги етакчи мутахассислари:
🇹🇷
профессор, доктор
Седат Бостан
;
🇹🇷
профессор, доктор
Рамазан Эрдем
;
🇹🇷
профессор, доктор
Меҳмет Нуруллоҳ Куруткан
;
🇹🇷
доцент, доктор
Аҳмет Ясин Ешилдағ
томонидан олиб борилди.
🧩
Тренинг назарий машғулотлар билан бир қаторда
амалий семинарлар, гуруҳли муҳокамалар, вазиятли топшириқлар, ролли ўйинлар, бошқарув қарорларини ишлаб чиқиш ва иштирокчилар тақдимотлари
ни ҳам қамраб олди.
🏆
Тренингни муваффақиятли тамомлаган барча иштирокчиларга махсус сертификатлар тантанали равишда топширилди.
📜
Ушбу сертификатлар иштирокчиларнинг онкология соҳасидаги замонавий бошқарув ва менежмент бўйича махсус ўқув курсини муваффақиятли якунлаганини тасдиқлайди.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 10, 12:41
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🩺
MARKAZ VA HUDUDIY FILIALLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI MDT YIG‘ILISHLARI O‘TKAZILDI
Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — RIOvaRIATM hamda uning hududiy filiallari o‘rtasida navbatdagi multidisiplinar konsilium (MDT) yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
📋
Yig‘ilishlar doirasida ikki yo‘nalish bo‘yicha alohida MDT muhokamalari tashkil etildi:
🔹
birinchi MDTda onkourologiya yo‘nalishidagi murakkab klinik holatlar;
🔹
ikkinchi MDTda esa onkoginekologiya yo‘nalishida davolanayotgan bemorlarning klinik holatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
👨‍⚕️
👩‍⚕️
Konsiliumlarda Markaz va uning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan:
🔬
onkourologlar;
🎗
onkoginekologlar;
💊
kimyoterapevtlar;
🩻
radiologlar;
🔬
patomorfologlar;
shuningdek, xorijdan maxsus taklif etilgan professor-patomorfolog oflayn va onlayn shakllarda ishtirok etdilar.
📊
MDT muhokamalari davomida bemorlarning klinik, instrumental, laborator va morfologik tekshiruv natijalari atroflicha tahlil qilindi. Har bir klinik holat yuzasidan turli yo‘nalish mutaxassislarining fikr va xulosalari o‘zaro muvofiqlashtirildi.
🎯
Ayniqsa, murakkab klinik holatlarda:

tashxisni aniqlashtirish;

kasallik bosqichini to‘g‘ri baholash;

qo‘shimcha tekshiruvlar hajmini belgilash;

har bir bemor uchun individual va eng maqbul davolash taktikasini tanlash
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝
Mazkur MDT yig‘ilishlarining asosiy maqsadi — onkologik bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, murakkab klinik holatlarda multidisiplinar yondashuvni ta’minlash, Markaz va hududiy filiallar o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni amaliyotga izchil joriy etishdan iborat.
🏥
RIOvaRIATM matbuot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 10, 12:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
TA’LIM SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ!
🏥
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi ilmiy-amaliy ta’lim seminari o‘tkaziladi.
📚
Seminar mavzusi:
«Oshqozon-ichak trakti va pankreatobiliar tizimning neyroendokrin neoplaziyalari: radiologiyadan patologiyaga, tashxisdan davolashgacha — neyroendokrin differensiatsiya spektri»
👩‍⚕️
Spiker:
Professor, doktor Sevilay Özmen
🔬
Patologiya sohasi mutaxassisi
📅
Sana: 2026-yil 11-sentabr
🕓
Boshlanish vaqti: soat 16:00
📍
Manzil: Markazning 3-qavati, konferensiyalar zali
💻
Ishtirok etish shakli: gibrid — an’anaviy va onlayn
🎯
Seminar davomida oshqozon-ichak trakti hamda pankreatobiliar tizim neyroendokrin neoplaziyalarini tashxislash va davolashga doir zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi.
🔎
Asosiy e’tibor radiologiya, patologiya va klinik onkologiya o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka, morfologik tashxisning ahamiyatiga hamda davolash taktikasini multidisiplinar asosda belgilash masalalariga qaratiladi.
👥
Seminar quyidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan:
🔹
onkologlar;
🔹
patologlar;
🔹
radiologlar;
🔹
gastroenterologlar;
🔹
jarrohlar;
🔹
Markazning boshqa tegishli yo‘nalish mutaxassislari.
🌐
Zoom konferensiyasiga ulanish:
🔗
https://us02web.zoom.us/j/3448314010?pwd=d2JINmowNU5mNE5sdXArbkJaQm5Ddz09
📌
Barcha mutaxassislarni ushbu dolzarb ilmiy-amaliy seminarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
🏥
RIOvaRIATM ma’muriyati

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 09, 17:03
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🏥
ONKOLOGIYADA YANGI TEXNOLOGIYALAR: SUN’IY INTELLEKT VA INNOVATSIYALAR
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Mindray kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad —
sun’iy intellekt asosidagi zamonaviy tibbiy jihoz va texnologiyalarni onkologiya sohasida amaliyotga joriy etish, diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish
.
Uchrashuv davomida onkologik kasalliklarni erta va aniq tashxislashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlari, ilg‘or diagnostika uskunalari hamda ularni klinik amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar
kelgusidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari
, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni markaz faoliyatiga joriy etish va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha fikr almashdilar.
🤝
Mazkur tashrif onkologiya sohasida
innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga olib chiqish
yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 09, 11:37
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
ЎЗБЕКИСТОН ОНКОЛОГИЯ ТИЗИМИДА ИЛК БОР!
🎓
HEALTH MANAGMENT, ҳамда Туркия Стратегик тадқиқотлар маркази билан ҳамкорликда онкология соҳаси раҳбар ва менежерлари учун махсус сертификатлаштирилган ўқув курси давом этмоқда.
🏥
Республика ихтисослаштирилган онкология ва радиология илмий-амалий тиббиёт марказида «Шифохона раҳбарларини ривожлантириш дастури» доирасида онкология муассасалари раҳбарлари учун махсус малака ошириш тренинги бошланди.
🎯
Тренингнинг асосий мақсади — онкология муассасалари раҳбарларининг замонавий бошқарув, етакчилик, стратегик қарор қабул қилиш, ресурслардан самарали фойдаланиш, молиявий ва клиник жараёнларни мувофиқлаштириш бўйича амалий компетенцияларини ривожлантириш.
📌
Ўқув дастурининг асосий йўналишлари:
🔹
соғлиқни сақлаш тизимида онкология муассасаларининг ўрни;
🔹
замонавий шифохона бошқаруви ва раҳбарлик тамойиллари;
🔹
етакчилик, мулоқот ва жамоани самарали бошқариш;
🔹
беморнинг «ташхис → патология → MDT → даволаш → кузатув» клиник маршрутини бошқариш;
🔹
шифохона қуввати, беморлар оқими ва иш юкини мувофиқлаштириш;
🔹
онкологик хизмат сифати ва асосий самарадорлик кўрсаткичлари — KPIлар;
🔹
молиявий бошқарув, юқори харажатли дори воситалари ва ресурсларни оқилона тақсимлаш;
🔹
мультидисциплинар консилиум — MDT фаолиятини бошқариш;
🔹
«Cancer» регистр ахборот тизими, рақамлаштириш ва бошқарув таҳлили;
🔹
бемор ҳуқуқлари, тиббий этика ва раҳбарнинг ижтимоий масъулияти.
👨‍🏫
Машғулотлар Туркия Республикасининг соғлиқни сақлаш менежменти соҳасидаги етакчи мутахассислари:
🇹🇷
профессор, доктор Седат Бостан;
🇹🇷
профессор, доктор Рамазан Эрдем;
🇹🇷
профессор, доктор Меҳмет Нуруллоҳ Куруткан;
🇹🇷
доцент, доктор Аҳмет Ясин Ешилдағ
томонидан олиб борилмоқда.
🧩
Тренинг назарий машғулотлар билан бир қаторда амалий семинарлар, гуруҳли муҳокамалар, вазиятли топшириқлар, ролли ўйинлар, бошқарув қарорларини ишлаб чиқиш ва иштирокчилар тақдимотларини ҳам қамраб олмоқда.

Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin

September 09, 11:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Rasmiy sahifalarimiz:
telegram
|
web site
|
facebook
|
instagram
|
youtube
|
linkedin