
ÇIRÇIQ ŞAHAR MAKTABGAÇA VA MAKTAB TA'LIMI BÖLIMI
#Çirçiq_şahar
#Tarğibot_tadbiri
📌
GIYOHVANDLIK VA ZÖRAVONLIKKA QARŞI KURAŞ
Çirçiq şahridagi “Nur” MFY hududida joylaşgan 8-sonli umumiy örta ta’lim maktabida “Giyohvandlik va zöravonlikka qarşi kuraş” mavzusida tarğibot tadbiri ötkazildi.
Tadbirda Çirçiq şahar prokuraturasi xodimi T.Atayev, şahar IIB tergov bölimi tergovçisi, katta leytenant U.Taşov, şahar IIB JQB tezkor vakili M.Jumaniyozov, “Nur” MFY yoşlar yetakçisi M.Nişanov, xotin-qizlar faoli X.Riskimbekova hamda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari N.Komilova iştirok etdi.
Tadbir davomida öquvçilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, zöravonlikning oldini oliş, huquqbuzarliklarga yöl qöymaslik hamda soğlom turmuş tarziga rioya qilişning ahamiyati haqida tuşunçalar berildi.
Şuningdek, yoşlarni turli zararli illatlardan asraş, ularning huquqiy savodxonligini oşiriş va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
🟦
🟦
🟦
Tuğilgan kuningiz muborak bölsin!
Bugun Çirçiq şahar Maktabgaça va maktab ta’imi bölimi boşliği - Nodira Qurbanovaning tavallud topgan kuni.
Şu munosabat bilan Nodira Qurbanovani çin dildan muborakbod etamiz.
Uzoq umr, sihat-salomatlik va mas’uliyatli kasblarida muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz.
Şukrona kuningiz muborak bölsin!
😎
Çirçiq şahar Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi rasmiy telegram kanali
@chirchiq_sh_mmtb
📚
Markazlaşgan onlayn ÇSB jarayoni
🗓
2026-yil 23-oktabr kuni Çirçiq şahar 1-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf öquvçilari markazlaşgan onlayn ÇSB jarayonida iştirok etdilar.
💻
Jarayon belgilangan tartibda taşkil etilib, öquvçilar öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdilar
🟦
🟦
🟦
👍
“JADIDLAR IZIDAN” RESPUBLIKA TANLOVINING ŞAHAR BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA
🔵
Tanlovning Çirçiq şahar bosqiçi doirasida iştirokçilar bölim tasarrufidagi 15-umumta’lim maktabida öz bilim va salohiyatlarini namoyon etishmoqda.
📚
Tanlovdan közlangan maqsad jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini örganiş, ularning milliy taraqqiyot, ma’rifat va ilm-fan rivojiga qöşgan hissasini yoşlar örtasida keng tarğib etiş, şuningdek, yoş avlodning tarixiy tafakkuri va intellektual salohiyatini yuksaltirişdan iborat.
💐
Barça iştirokçilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
😊
Çirçiq şahar Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi rasmiy kanali
@chirchiq_sh_mmtb
Channel name was changed to «
ÇIRÇIQ ŞAHAR MAKTABGAÇA VA MAKTAB TA'LIMI BÖLIMI
»
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni
imzoladi
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:
🔵
O‘ o‘ → Ö ö
🔵
G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵
Sh sh → Ş ş
🔵
Ch ch → Ç ç
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🟦
🟦
🟦
Chirchiq shahrida o‘quvchilar uchun «Mohirlik va biznes soati» darsi tashkil etildi!
Bugun, 2026-yil 21-oktabr kuni, Chirchiq shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi qiziqarli va foydali dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
✨
Mavzu:
«Startup loyiha haqida umumiy tushunchalar, startaplar va oddiy biznes loyihalar o‘rtasidagi farqlar»
Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi Toshkent viloyati bo‘linmasi mutaxassislari S.Egamov va A.Abdikadirovlar o‘quvchilarga quyidagi muhim mavzularda tushunchalar berishdi:
🚀
Startap ekotizimining shakllanishi va rivojlanishi;
💡
Istiqbolli g‘oyalarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich rivojlantirish;
📈
MVP, inkubatsiya hamda akseleratsiya jarayonlari;
🌍
Xalqaro bozorga chiqishgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari.
Dars davomida o‘quvchilar o‘z hududlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularga innovatsion yechimlar taklif etish va g‘oyalarni real startap loyihaga aylantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar olishdi. Interaktiv tarzda o‘tgan savol-javoblar yoshlarning startap va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi!
🔥
#Chirchiq
#ToshkentViloyati
#Maktab
#StartUp
#Innovatsiya
#BiznesSoati
#YoshTadbirkorlar
#Ta
’lim
#KelajakEgalari
📌
Bizni kuzatishda davom eting va eng qiziqarli yangiliklardan xabardor bo‘ling!
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
✈️
Telegram
|
📹
YouTube
ONA TILI - QALBLARIMIZNI BIRLASHTIRGAN MA’NAVIY XAZINA
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar, qadrli hamshaharlar!
Barchangizni xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari va o‘zligini namoyon etuvchi bebaho boylik - o‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ona tili -
insonning ilk so‘zi, bolalik xotiralari, mehr va muhabbatini ifoda etuvchi eng aziz ne’matdir. Inson o‘z ona tili orqali dunyoni anglaydi, fikrini bayon qiladi, ajdodlaridan qolgan ma’naviy merosni o‘rganadi. Shu bois tilga ehtirom - Vatanga, xalqimizning tarixi va kelajagiga bo‘lgan hurmatning yorqin ifodasidir.
O‘zbek tili o‘zining boy so‘z xazinasi, nafis ifoda uslubi va betakror ohangi bilan xalqimizning ko‘p asrlik hayot yo‘li, donishmandligi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan. Navoiydan tortib bugungi ijodkorlarimizgacha bo‘lgan ulkan adabiy meros ona tilimizning naqadar go‘zal va qudratli ekanini namoyon etadi. Ana shu boylikni asrash, uning imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish va kundalik hayotimizda undan to‘g‘ri foydalanish barchamiz uchun muhim vazifadir.
Chirchiq shahrimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida bolalarimizning nutq madaniyatini rivojlantirish, ularni ona tilimizning boy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, savodxonlik va mutolaa ko‘nikmalarini mustahkamlash yo‘lida mehnat qilayotgan barcha pedagoglarimizga samimiy tashakkur bildiraman.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz yosh avlod kamolotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Ishonamanki, har birimiz ona tilimizni e’zozlashni kundalik odatimizga aylantirsak, farzandlarimizga uni sevish va qadrlashni amalda o‘rgatsak, tilimizning nufuzi va jozibasi yanada yuksaladi.
Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarga, ta’lim sohasi xodimlariga, o‘quvchilarimizga hamda shahrimiz ahliga mustahkam sog‘liq, faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ona tilimiz doimo qalbimizda, so‘zimizda va amallarimizda yashasin! Uning ravnaqi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nodira Qurbanova
😊
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
#Chirchiq_shahar
“SEN ISTE’DODLISAN” KO‘RIK-TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 20-oktabr kuni Chirchiq shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ishtirokida “Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!” shiori ostida “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Qurbanova, “Kelajak” markazi direktori Z.Davletova, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda 23-sonli ixtisoslashtirilgan maktab vakillari ishtirok etdi.
Musobaqada saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda o‘z iste’dodi, ijodiy salohiyati va mahoratini namoyish etdilar.
Mazkur ko‘rik-tanlov alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Tanlov yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Zero, har bir bola iste’dod egasi. Muhimi, uning qobiliyatini kashf etish, qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarishdir.
💬
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
🌎
Web-site
🟦
🟦
🟦
👫
“SEN ISTE’DODLISAN” KO‘RIK-TANLOVI: ISTE’DODLAR E’TIROF ETILDI
!
🗓
Joriy yilning 20-oktabr kuni
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirokida
“Men ham shu Vatanning bunyodkoriman!”
shiori ostida
“Sen iste’dodlisan”
ko‘rik-tanlovining Chirchiq shahar bosqichi tashkil etildi.
✅
Tanlovda
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N.Qurbanova, shahar “Kelajak” markazi direktori Z. Davletova, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda 23-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab xodimlari ishtirok etdilar.
🎨
Tanlovda
umumta’lim maktablarining saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar shahar bosqichida o‘zlarining iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda o‘z ijodiy ishlari, bilim va mahoratlarini namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
➖
Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlashdan iborat.
🏆
Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ularning intilishlari, ijodiy izlanishlari va erishgan yutuqlari munosib e’tirof etildi.
Zero, har bir bolaning o‘ziga xos iste’dodi bor. Uni kashf etish, qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish esa barchamizning vazifamizdir!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
😊
Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rasmiy kanali
@chirchiq_sh_mmtb