Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Chortoq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

chortoqmmtb
Adminga murojaat qilish uchun: @Chortoqmmtbbot
Подписчики
1 120
24 часа
-3
30 дней
-30
Просмотры
78
ER
6,96%
Посты (30д)
265
Символов в посте
551
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 13:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

TARBIYACHI — KATTA MAS’ULIYAT EGASI
Har bir bola — alohida e’tibor, mehr va sabrga muhtoj. Tarbiyachi esa ota-onaning ishonchini oqlash, bolaning xavfsizligi, tarbiyasi va rivojiga mas’ul insondir.
Chortoq tumani 22-sonli DMTT

September 11, 13:32
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
To‘raqo‘rg’on tumanidagi o‘rganishlar jarayonida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov 45 - sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldi.
Muassasada oziq – ovqat mahsulotlari zaxirasi va saqlash holati ko‘zdan kechirildi.
“Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat, bolalarning salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

September 11, 13:32
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

To‘raqo‘rg’on tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Ta’lim muassasalaridagi obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar davomati, ma’naviy – ma’rifiy ishlarning olib borilishi masalalari bilan yaqindan tanishish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov To‘raqo‘rg’on tumanidagi 14 -, 16 - hamda 45 – umumta’lim maktablarida bo‘ldi.
Dars jarayonlari, ta’lim sifati va samaradorligi o‘rganildi. O‘quvchi-yoshlar va ustoz-muallimlar bilan yoshlar istiqboli hamda soha faoliyatidagi yangilanishlar xususida muloqot qilindi.
Bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada taklif va tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

September 11, 11:35
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Чортоқ тумани 1-сонли умумтаълим мактабида “Жума — Миллийлик куни” муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
Тадбирда ўқувчилар ва педагоглар миллий қадриятларимиз, урф-одат ва анъаналаримизни асраб-авайлаш, миллий либосларимизни кенг тарғиб қилиш ҳамда ёш авлод қалбида миллий ғурур ва ватанпарварлик туйғуларини юксалтириш масалаларига алоҳида эътибор қаратдилар.
Тадбир давомида ўқувчилар миллий либосларда иштирок этиб, ўзбек халқининг бой маданий мероси ва миллий қадриятларини намоён этдилар. Миллийлик, одоб-ахлоқ, катталарга ҳурмат, кичикларга иззат каби юксак фазилатлар ҳақида фикрлар билдирилди.
“Жума — Миллийлик куни” тадбири кўтаринки руҳда, мазмунли ва қизиқарли тарзда ўтказилиб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.
Тадбирдан кўзланган асосий мақсад — ёшларни миллий қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш, миллий ўзлигимизни англаш ва халқимизнинг бой маънавий меросини асраб-авайлашга ундашдан иборат.

September 11, 09:49
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Bugun Chortoq tumanidagi MMTB ga qarashli 43 sonli maktabda kitobxon yoshlar bilan birgalikda " Mening sevimli kitobim " nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda o'quvchilar o'zlari sevib o'qiydigan badiiy kitoblardan mutoaala qildilar.O'quvchilarni yangi kelgan badiiy adabiyotlar bilan tanishtirib borildi va o'qish uchun tavsiya qilindi.
Maqsadimiz , o'quvchilarni vaqtlarini mazmunli o'tkazish , mutoaalaga bo'lgan qiziqishlarini ortirishdan iboratdir.
Kutubxona mudirasi: Zamira Tursunova

September 11, 09:47
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Milliylik
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabida "Juma-Milliylikni targ‘ib etish kuni" doirasida o‘quvchilarimiz milliy urf-odat va anaʼnalarimizni eʼzozlash, qadriyatlarimizga sodiq bo‘lishni maqsad etgan holda dars mashg‘ulotlari va "Kitobxonlik baxtli xayot omili" haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan kitobxonlik tadbirlarida milliy liboslarimizda ishtirok etishni odat qilishgan. Bugungi "Eng faol kitobxon o‘quvchi" tanlovida xam o‘quvchilar Vatan sog‘inchi, qadimiy urf-odat, anaʼnalarimiz, Xalq doston va laparlari haqida o‘qigan adabiyotlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar.
Bugungi tadbir orqali o‘quvchi-yoshlarni O‘zbekona g‘urur, iftixor, milliy faxr tuyg‘ulari yanada oshirildi.

September 11, 09:47
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Milliylik
Chortoq tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 32-umumtaʼlim maktabida "Juma-Milliylikni targ‘ib qilish kuni" munosabati bilan dars mashg‘ulotlarida ustoz va o‘quvchilar Milliy do‘ppi va nimchalarda ishtirok etishlari odat tusiga aylangan. Bugun ham o‘quvchi va ustozlar dars mashg‘ulotlarida Milliy do‘ppi va nimchalarda ishtirok etdilar

September 11, 09:35
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

ЖУМА — МИЛЛИЙЛИК КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
Чортоқ тумани 54-сонли умумтаълим мактабида “Жума — Миллийлик куни” муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
Тадбирда ўқувчилар ва педагоглар миллий қадриятларимиз, урф-одат ва анъаналаримизни асраб-авайлаш, миллий либосларимизни кенг тарғиб қилиш ҳамда ёш авлод қалбида миллий ғурур ва ватанпарварлик туйғуларини юксалтириш масалаларига алоҳида эътибор қаратдилар.
Тадбир давомида ўқувчилар миллий либосларда иштирок этиб, ўзбек халқининг бой маданий мероси ва миллий қадриятларини намоён этдилар. Миллийлик, одоб-ахлоқ, катталарга ҳурмат, кичикларга иззат каби юксак фазилатлар ҳақида фикрлар билдирилди.
“Жума — Миллийлик куни” тадбири кўтаринки руҳда, мазмунли ва қизиқарли тарзда ўтказилиб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.
Тадбирдан кўзланган асосий мақсад — ёшларни миллий қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялаш, миллий ўзлигимизни англаш ва халқимизнинг бой маънавий меросини асраб-авайлашга ундашдан иборат.

September 11, 09:31
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

CHORTOQ TUMAN 9-SONLI DMTM 1-tayyorlov guruhida "Milliy qadryatlar bizning merosimiz" mavzisuda bolalarga xalqimiz milliy o'yinlari o'ynatildi.

September 11, 09:17
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Chortoq tumani 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Juma ,,Milliylikni targ'ib qilish‘‘ kuniga bag'ishlab 4-"B"-sinfda o‘tilgan dars jarayonidan fotolavhalar.
Sinf rahbari Dilnoza Atamirzayeva.