
Chust tuman hokimligi axborot xizmati
Азиз юртдошлар, 65-халқаро "Гуллар фестивали" иштирокчилари!
Дунёга машҳур хонанда ва композитор Эльбрус Джанмирзоев 65-халқаро "Гуллар фестивали" меҳмони!
Илк машҳур қўшиғи — “Глаза карие-карие”
Эльбрус Джанмирзоев ижросидан бевосита баҳраманд бўлишни истасангиз, Сизларни 2026 йил 14 июнь куни соат 19:00 да Давлатобод туманидаги "Афсоналар водийси" тематик паркида кутиб қоламиз. Концертга кириш, албатта, бепул!
_
___
Aziz yurtdoshlar, 65-xalqaro "Gullar festivali" ishtirokchilari!
Dunyoga mashhur xonanda va kompozitor Elbrus Djanmirzoyev 65-xalqaro "Gullar festivali" mehmoni!
Ilk mashhur qoʻshigʻi — “Glaza kariye-kariye”
Elbrus Djanmirzoyev ijrosidan bevosita bahramand boʻlishni istasangiz, Sizlarni 2026-yil 14-iyun kuni soat 19:00 da Davlatobod tumanidagi "Afsonalar vodiysi" tematik parkida kutib qolamiz. Konsertga kirish, albatta, bepul!
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
YouTube
Бугун, 12 июнь куни Чуст тумани ҳокимининг молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича биринчи ўринбосари — туман иқтисодиёт ва молия бўлими бошлиғи Р.Темиров томонидан "Халқ қабулхонаси"да навбатдаги шахсий қабул ўтказилди.
Қабулда фуқаролар томонидан келиб тушган мурожаатлар бўйича масъуллар бириктирилди ҳамда ижро муддатлари белгиланди.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
ОЛҒА, ЎЗБЕКИСТОН!
ОЛҒА, "ОҚ БЎРИЛАР
"!
—————————
OLGʻA, OʻZBEKISTON!
OLGʻA, "OQ BOʻRILAR"!
Sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Twitter
|
YouTube
Namangan viloyati bo'yicha 3 157 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan
savdoga chiqarildi
:
▪️
Mingbuloq tumanidan
(koʼrish
)
▪️
Kosonsoy tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Namangan tumanidan (
koʼrish
)
▪️
Norin tumandan (
koʼrish
)
▪️
Pop tumandan (
koʼrish
)
▪️
To'raqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Uychi tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Uchqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Chortoq tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Chust tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Yangiqo'rg'on tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Namangan shahridan (
ko'rish
)
▪️
Davlatobod tumanidan (
ko'rish
)
▪️
Yangi Namangan tumanidan (
ko'rish
)
Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
☎️
: 71-202-21-11,
📞
: 99 207-36-12, 99 207-26-12
⬇️
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
👇
👇
👇
🔝
Telegram|
🔝
Facebook|
📧
Instagram
|
Туманимизнинг ижтимоий иқтисодий ҳаётидаги ўзгаришлар ҳамда янгиликлар билан ташкилот,корхона ва хонадонларга маърифат улашаётган Чуст туман ҳокимлигининг нашри
Чуст ҳақиқати" газетасининг 12 июндаги 11-сони нашрдан чиқди. Мутолаа учун сиз муштарийларга ҳавола этамиз.
Газетанинг босма шакли билан танишиш учун обуна бўлинг ёки матбуот дўконларидан харид қилинг!
Шунингдек, телеграм каналимиз орқали ҳар куни туманимиз, юртимиз ва дунёда бўлаётган янгиликларни кузатиб боринг.
Бизнинг гуруҳ
👉
https://t.me/chust_haqiqati_gazetasi
Бизнинг канал
https://t.me/chusthaqiqatigazetasi
Чустский плов официально зарегистрирован как географическое указание
Произошло знаковое событие для любителей гастрономического туризма – в дни проведения 65-Международного фестиваля цветов пришла отличная новость для жителей региона, особенно для чустцев: знаменитый чустский плов (чуст оши) официально зарегистрирован Министерством юстиции Республики Узбекистан в качестве географического указания.
Подробнее на сайте nampravda.uz
Chust tuman Madaniyat bo‘limi,
xodimlari tomonidan yoshlarni milliy qadryatlarimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Milliy qadryatlarimiz oiladan boshlanadi" mavzusida tayyorlangan videokontent.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
CHUST TUMANI HOKIMI BAXTIYORJON SALIMJONOVNING TUMAN AHOLISIGA GIYOHVANDLIK ILLATIGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MUROJAATI
Hurmatli tumandoshlar!
Bugungi kunda giyohvandlik insoniyatning eng jiddiy muammolaridan biriga aylanib, jamiyat taraqqiyoti, oilalar farovonligi va yoshlar kelajagiga katta xavf tug‘dirmoqda. Bu illat inson salomatligiga putur yetkazishi bilan birga, uning hayotiy maqsadlari, orzu-intilishlari va kelajagini ham izdan chiqaradi.
Ayniqsa, yoshlarning bu kabi zararli ta’sirlarga berilishi ularning ta’lim olishi, kasb egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi.
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va turli yot illatlardan asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy va tibbiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chust tumanida ham bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim muassasalari, mahallalar, mehnat jamoalari va keng jamoatchilik ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, yoshlarni sport, madaniyat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikka jalb etish choralari ko‘rilmoqda. Zero, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish giyohvandlik kabi salbiy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki mutasaddi tashkilotlarning vazifasi emas. Bu har bir ota-ona, har bir ustoz, har bir mahalla faoli va har bir fuqaroning vijdoniy burchidir. Farzandlarimiz tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, ularning qiziqishlari va atrof-muhitini doimiy nazorat qilish, ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish orqali biz ularni turli zararli illatlar ta’siridan asrab qolishimiz mumkin.
Bugun har birimiz jamiyat taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, mahallalarimizda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashimiz va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashishimiz zarur.
Farzandlarimizni ilm-fanga, sportga, kitobxonlikka, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga va tadbirkorlikka keng jalb etish orqali ularning kelajagini mustahkam poydevor ustida qurishimiz mumkin.
Atrofimizda yuz berayotgan har qanday salbiy holatlarga befarq bo‘lmaylik. Jamiyatimiz tinchligi, oilalarimiz osoyishtaligi va yoshlarimizning baxtli kelajagi uchun birgalikda harakat qilaylik. Chunki sog‘lom va barkamol avlod — mamlakatimiz taraqqiyotining eng ishonchli tayanchi, xalqimiz kelajagining mustahkam kafolatidir.
Keling, farzandlarimiz taqdiri, yurtimiz ravnaqi va millatimiz kelajagi uchun giyohvandlik illatiga qarshi bir tanu bir jon bo‘lib kurashaylik. Faqat hamjihatlik, ogohlik va yuksak mas’uliyat orqali bu illatning oldini olishga va yanada sog‘lom jamiyat barpo etishga erishamiz.
Chust tumani hokimi
Baxtiyorjon Salimjonov
https://t.me/Chusttumanhokimligi
🔥
🔥
🔥
Bugun aholini suyultirilgan gaz balon bilan ta’minlash maqsadida bugun (12.06.2026) Chust tumani Varzik hududidagi mahallalar aholisiga suyultirilgan gaz balonlarni maxsus jihozlangan avtomashinalarda yetkazib beriladi.
Kelgusida anglashilmovchilik yuz bermasligi uchun, gaz balonlarini sozligini tekshirib olishingizni so‘raymiz.
https://t.me/Chusttumanhokimligi
⚡️
Bugun
Qaysi mahallalarga chiqindi tashish mashinalari boradi?
Chust tumanida 12.06.2026
Yangiobod
Yangichak
Navro‘z
Guliston
Sabzazor
Bog‘i-eram
Karnon
Sarqamish-Mirzaobod
Olmos Birlik
Tepaqo‘rg‘on
Dam
Pansada
Sadacha
Mustaqillik
Rezaksoy
Kamarsada
Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlariga "Orif nurli kelajak" MCHJ chiqindi tashish mashinalari borib, fuqarolarning maishiy chiqindilarini olib qaytadilar.
https://t.me/Chusttumanhokimligi