Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kiberxavfsizlik markazi

cyber_csec_uz
“Kiberxavfsizlik markazi” DMning telegramdagi rasmiy kanali. Veb-sayt: www.csec.uz Facebook: https://www.facebook.com/csec.uz Youtube: https://www.youtube.com/@csecuz 📞 +998 55-502-10-10
Подписчики
10 199
24 часа
6
30 дней
361
Просмотры
3 692
ER
36,2%
Посты (30д)
57
Символов в посте
840
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Технологии и приложения
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
October 26, 09:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
Kibermakonda foydalanuvçi va firibgar jangi
1️⃣
@cyberqalqonbot
✔️
Agar sizga şaxsiy xabarda nomaʼlum yoki şubhali fayl yuborilgan bölsa, uni botga yuborişingiz kifoya. Bot qisqa vaqt içida faylni tahlil qilib, uning zararli yoki xavfsiz ekanligi haqida maʼlumot beradi. Bu esa viruslar, zararli dasturlar va firibgarlar yuborgan fayllarni oçişdan oldin xavfni aniqlaş imkonini yaratadi.
2️⃣
Xavfsizlink.uz
✔️
Kiberfiribgarliklar, soxta havola va sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan şubhali kontentlarga duç kelganingizda, barçasini bitta platforma orqali tekşirişingiz mumkin.
✔️
Şubhali QR-kodlarni tekşiradi
QR-kodni yoki u joylaşgan faylni yuklang va tekşiring.
✔️
Fayllarni qançalik xavfsizligini tahlil qiladi
Misol uçun, «.doc, .docx, .xls, .xlsx .pdf, .exe, .bat, .apk» kabi formatdagi fayllar
✔️
Şubhali havolalarni aniqlaydi
Havolani yuboring va uning xavfsizligini baholang.
✔️
Video yoki rasm haqiqiyligini ajratişda kömaklaşadi.
Video yoki rasmni yuklang va uning sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan yoki haqiqiy ekanligini aniqlaşga yordam beruvçi tahlil natijasini oling.
3️⃣
«
Check Permission» ilovasi
✔️
»Android» operatsion tizimi uçun möljallangan uşbu dastur ilovalarni avtomatik tahlil qilib, zararli ilovaning örnatilişini oldini oladi. Avvaldan mavjud zararli ilova aniqlansa, bu haqida foydalanuvçiga tezkor bildirişnoma (notification) yuboriladi. Doimiy ravişda ilovaga kirib, qurilmada virus bor yoki yöqligini tekşiriş şart emas.
✔️
Eng asosiysi oflayn rejimda ham işlaydi.
Hurmatli fuqarolar!
⬆️
Yuqoridagi mahsulotlar
Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari
tomonidan işlab çiqilgan bölib, barça foydalanuvçilar uçun bepul xizmat körsatadi.
📈
Uşbu vositalardan foydalaniş va kibergigiyena qoidalariga amal qiliş orqali şaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qiling.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 23, 11:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#CyberLibrary
#Kiberkutubxona
🔴
Kiberxavfsizlik — doimiy izlaniş va amaliy maşqlarni talab qiladigan soha.
📚
Bilimlaringizni sinab köriş, yangi könikmalarni egallaş va texnik salohiyatingizni oşiriş uçun quyidagi onlayn platformalardan foydalanişingiz mumkin.
Amaliyot uçun:
➡️
«CyberBilim» öquv platformasi
Kiberxavfsizlik yönalişida bilimlarni bosqiçma-bosqiç özlaştiriş va texnik könikmalarni rivojlantiriş uçun möljallangan öquv platformasi.
➡️
Hack The Box
Real tizimlarga öxşaş virtual maşinalarda zaifliklarni aniqlaş va ulardan foydalaniş böyiça amaliy maşğulotlar ötkaziladigan platforma. Foydalanuvçilar penetratsion test (tizim xavfsizligini sinovdan ötkaziş) könikmalarini bosqiçma-bosqiç rivojlantirişga kömaklaşadi.
➡️
TryHackMe
Boşlanğiç darajadan boşlab kiberxavfsizlikni bosqiçma-bosqiç örganiş, interaktiv laboratoriyalarda işlaş va turli yönalişlarni sinab köriş imkonini beradi.
➡️
Root-Me
Veb-xavfsizlik, tarmoq xavfsizligi, kriptografiya va boşqa yönalişlar böyiça turli murakkablikdagi amaliy topşiriqlarni bajariş mumkin.
➡️
PentesterLab
Veb-ilovalar xavfsizligi, zaifliklarni aniqlaş va ularni tahlil qiliş böyiça amaliy maşqlarni taklif etadi.
Nazariya va amaliy taʼlim uçun:
➡️
Hack The Box Academy
Kiberxavfsizlik mavzularini nazariy materiallar, misollar va amaliy maşqlar orqali örganiş imkonini beradi.
➡️
PortSwigger Web Security Academy
Veb-ilovalar xavfsizligini, jumladan, SQL injection, XSS va boşqa keng tarqalgan zaifliklarni bepul öquv materiallari hamda interaktiv laboratoriyalar orqali örganiş mumkin.
Öqiş va izlanişdan heç qaçon töxtamang!
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 23, 08:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#diqqat
#tezkor
🤖
«Özbek klaviaturasi» nomi ostida tarqatilayotgan şubhali ilovalardan ehtiyot böling!
@cyberqalqonbot
ga kelib tuşgan sönggi murojaatlarga köra, firibgarlar tomonidan «Özbek klaviaturasi» nomi ostida zararli ilovalar tarqatilmoqda.
❗️
Nomaʼlum manbalardan zararli ilovalarni yuklab olmang
✅
Sizga yuborilgan “.apk” fayllarni
@cyberqalqonbot
orqali tekşirib oling.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 22, 13:12
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

📶
Kiberxavfsizlik klubi Sirdaryo viloyatida öz faoliyatini boşladi
Klubda öqiş uçun viloyatdan 60 dan ortiq talabgor iştirok etdi. Natijada axborot va kiberxavfsizlik sohasiga qiziqişi yuqori bölgan 4 nafar iqtidorli yoş klub aʼzoligiga qabul qilindi va ularga esdalik sovğalari topşirildi.
🎮
Maqsad klub aʼzolarining texnik könikmalarini rivojlantirişga, amaliy maşğulotlar, seminar-treninglar orqali sohaga bölgan qiziqişini yanada oşirişga va ularning amaliy bilimlarini mustahkamlaşga qaratilgan.
✔️
Maʼlumot uçun, Kiberxavfsizlik klubining filiali 9 taga yetib, aʼzolari
1️⃣
5️⃣
0️⃣
nafardan oşdi.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 22, 11:11
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#diqqat
#tezkor
⚡️
"
PHP" tizimida xavflilik darajasi kritik bölgan ikkita zaiflik aniqlandi!
Ma’lumotlarga köra, "PHP" dasturlaş tili uçun masʼul xavfsizlik jamoasi xavflilik darajasi kritik bölgan ikkita zaiflik aniqlangani haqida ogohlantirdi. Har ikki zaiflikning
xavflilik darajasi "CVSS v4.0" böyiça 10 balldan 9,2 ball deb baholangan.
☑️
Batafsil
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 22, 09:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 09:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 05:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Eşmatboyning «Internetdagi işq»i
50 mln sömga baholandi
🚀
Yaqinlarga yuborib qöyamiz.
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 21, 12:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
⏺
Kiberxavfsizlik sohasini mustaqil, onlayn va bepul o‘rganish imkoniyati borligini bilarmidingiz?
✅
"
CyberBilim" o‘quv platformasi
orqali ko'nikmangizni bosqichma-bosqich oshirib borishingiz mumkin.
🔵
https://cyberbilim.uz/
Platformada kiberxavfsizlik mutaxassisi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganish imkoniyati mavjud:
➡️
AT asoslari
— kompyuter arxitekturasi va apparat ta’minoti
➡️
Tarmoq texnologiyalari
— TCP/IP, DNS va tarmoq protokollari
➡️
Kiberxavfsizlik asoslari
— kiberxavfsizlik tushunchalari va himoya usullari
➡️
Linux va Terminal
— Kali Linux va terminalda ishlash
➡️
Axloqiy xakerlik
— tizim va veb zaifliklarini aniqlash
CyberBilim platformasining imkoniyatlari:
✅
Interaktiv darslar orqali nazariy bilimlarni mustahkamlash
✅
Amaliy mashg‘ulotlar va CTF topshiriqlari orqali tajriba orttirish
✅
O‘z natijalaringizni kuzatish, sertifikatlar va reyting tizimida ishtirok etish
✅
Kiberxavfsizlikka qiziquvchilar va mutaxassislar bilan tajriba almashish
O'qishdan va izlanishdan hech qachon to'xtamang! Zero, sohadagi eng malakali mutaxassislardan biri bo'lishingizga ishonamiz!
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram

October 21, 04:12
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!
Bugun 21-oktabr — O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.
Ona tilimiz — bu millatimizning ruhi, bebaho boyligimiz va timsolidir. Uni asrab-avaylash, hurmat qilish va rivojlantirish barchamizning muqaddas burchimiz.
🪶
O‘zligimiz, ona tilimiz umrboqiy bo‘lsin!
🌐
Website
|
📝
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📹
Youtube
|
📱
Instagram