Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

uzb_cycling

cycling_uz
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Федерация велосипедного спорта Узбекистана Uzbekistan cycling federation
Подписчики
1 071
24 часа
—
30 дней
-22
Просмотры
564
ER
52,66%
Посты (30д)
15
Символов в посте
713
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Фитнес и питание
Краткое описание
October 26, 14:43
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

🇺🇿
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi
Aichi–Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O’zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan tabrigi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori, para velosport bo‘yicha jahon va Paraosiyo o‘yinlari chempioni Marjona Pardaboyeva so'zga chiqib, mamlakatimizda para sportni rivojlantirish, sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Marjona bo'ynidagi oltin medalini Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga sovg'a qildi.
Qayd etish kerak, Para velosportchilarimiz ushbu Para Osiyo o'yinlarida
4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza — jami 14 ta medalni
qo‘lga kiritdilar! Bu natijalar ortida albatta murabbiylarning mehnati katta.
🇺🇿
🚴‍♂️
O'zbekiston velosport federatsiyasi rahbariyati para velosport bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi Dilmurod Siddiqov hamda Renata Baymetovalarni yuksak natijalar bilan tabriklashdi.

October 24, 14:04
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan “Aichi–Nagoya 2026” V yozgi Para Osiyo o‘yinlarida velosportchilarimiz yana bir bor yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar!
Sportchilarimizning har bir g‘alabasi ortida yillar davomidagi mehnat, mashaqqatli mashg‘ulotlar, murabbiylarning sabri va fidoyiligi bor. Mamlakatimizda velosportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor ana shunday yutuqlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Velosportchilarimiz
4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza — jami 14 ta medalni
qo‘lga kiritdilar! Ayniqsa,
Marjona Pardaboyevaning ikki karra Para
Osiyo o‘yinlari
chempioni
bo‘lgani bizga alohida quvonch bag‘ishladi.
Barcha parasportchilarimiz va murabbiylarimizni chin qalbimdan tabriklayman! Sizlarning matonatingiz, mehnatingiz va g‘alabalaringiz bilan faxrlanamiz!
Yangi marralar, yangi zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿
@tanzilanarbaeva

October 23, 13:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏆
Dato’ Amarjit Singh Gill — xalqaro sport yetakchiligi uchun nufuzli mukofot sohibi!
Osiyo velosport konfederatsiyasi (ACC) prezidenti, Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) vitse-prezidenti va Malayziya velosport federatsiyasi prezidenti Dato’ Amarjit Singh Gill xalqaro sport yetakchiligi yo‘nalishidagi yuksak yutuqlari uchun
The BrandLaureate ICON Leadership Award
mukofoti bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi 2026-yil 22-oktyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tdi. Mukofotni Malayziya Oliy sudi sobiq raisi Tun Dato’ Seri Md Raus bin Sharif topshirdi.
🏅
Mukofot Osiyoning 45 ta milliy velosport federatsiyasiga bag‘ishlandi!
Dato’ Amarjit Singh Gill ushbu e’tirof butun Osiyo velosport oilasining birgalikdagi sa’y-harakatlari, fidoyiligi va sportga bo‘lgan sadoqatining natijasi ekanini ta’kidladi.
U Osiyo mamlakatlari milliy federatsiyalarini birlashtirish, yangi chempionlarni tarbiyalash va qit’a velosportining jahon miqyosidagi nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi faoliyatini davom ettirishini bildirdi.
🇺🇿
O‘zbekiston velosport federatsiyasi Dato’ Amarjit Singh Gillni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etadi va Osiyo velosportini rivojlantirish yo‘lidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi!

October 22, 08:02
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🥇
🥈
Marjona Pardaboyeva — ikki karra chempion, Odina Hamdamova — kumush medal sohibasi!
Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi T1–2 klasslari guruh poygasida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
🥇
Marjona Pardaboyeva 1:08:27 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
🥈
Odina Hamdamova esa 1:08:35 natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin Tailand vakilasiga nasib etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Marjona Pardaboyeva Aichi-Nagoya–2026 Para Osiyo o‘yinlarining
ikki karra chempioni
ga aylandi!
🇺🇿
👏

October 21, 07:32
Файлы недоступны
2
4
Открыть в Telegram

🥈
Robiyaxon Toshpo‘latova Para Osiyo o‘yinlari kumush medaliga ega chiqdi.
Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi B klassi tandem vaqt poygasida
Robiyaxon Toshpo‘latova
pilot-sportchi
Olga Zabelinskaya
bilan tandemda ishtirok etib, 32:45.82 natija qayd etdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Tabriklaymiz
👏

October 21, 03:59
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🇺🇿
🥇
🥈
Para Osiyo o‘yinlari – 2026
🚴‍♀️
Para velosport: O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi!
Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida T1–2 klassida vaqt poygasi dasturida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
🥇
Marjonа Pardaboyeva
25:58.04 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🥈
Odina Hamdamova
esa 31:36.76 natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
🥉
Uchinchi o‘rin Tailand vakilasiga nasib etdi.
🇺🇿
Shu tariqa, shohsupaning birinchi va ikkinchi pog‘onalarini O‘zbekiston terma jamoasi vakillari egallashdi!
👏
Sportchilarimizni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

October 20, 06:59
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“Aichi-Nagoya 2026” V yozgi para Osiyo o’yinlarida sportchilarimiz
🇺🇿
vatamimiz bayrog’ini yana bir bor yuqori ko’tarishdi
🤩
🥇
🥈
Qahramonlarimiz o’z medallarini qabul qilib olishdi.
Tabriklaymiz!

October 20, 05:59
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🇺🇿
🥇
🥈
PARA OSIYO O‘YINLARI — 2026
🚴‍♂️
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari para velosport bahslarida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi!
Para velosport bo‘yicha erkaklar o‘rtasida C5 klassida 4000 metrga yakka ta’qib poygasi finalida
Boymurod Yavkochev
g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi!
🥇
Yana bir vakilimiz
Azimbek Abdullayev
esa mazkur dasturda kumush medalga sazovor bo‘ldi.
🥈
🏆
Yakuniy natijalar:
🥇
1-o‘rin — O‘zbekiston
🇺🇿
🥈
2-o‘rin — O‘zbekiston
🇺🇿
🥉
3-o‘rin — Koreya Respublikasi
🇰🇷
👏
G‘olib va sovrindorlarimizni muborakbod etamiz! O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan sportchilarimizga yangi zafarlar tilaymiz!

October 19, 08:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🥇
Bobur Toshtemirov — Para Osiyo o‘yinlari chempioni va rekordchisi!
Para velotrek bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 3 km masofaga yakka ta’qib poygasi finalida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bobur Toshtemirov koreyalik raqibidan ustun kelib,
3:51.977
natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, hamyurtimiz ushbu natija orqali Para Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi!
🏆
Mazkur g‘alaba O‘zbekiston para velosporti tarixida Para Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal sifatida tarixga kirdi. Bobur Toshtemirov, shuningdek, delegatsiyamizga ushbu musobaqadagi ilk oltin medalni taqdim etdi!
👏
Boburni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz! Sportchimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

October 02, 15:17
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

Aichi-Nagoya-2026:
🇺🇿
🥉
bronza medalini qo’lga kiritgan Sergey Rostovtsev hamda Nikita Svetkovning ishtiroki va sportchilarimizni taqdirlash marosimidan fotolar
🤩
—
Aichi-Nagoya-2026:
🇺🇿
🥉
Фотографии с участием Сергея Ростовцева и Никиты Цветкова, завоевавших бронзовые медали, а также с церемонии награждения наших спортсменов
🤩