Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal

d_roostamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin 👉 @adchtirektor_bot
Подписчики
1 400
24 часа
30 дней
-40
Просмотры
1 689
ER
120,64%
Посты (30д)
1
Символов в посте
1 254
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
May 26, 16:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz talabalar!
Avvalo, sizlarni mehr-oqibat, ezgulik, saxovat va hamjihatlik timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Qurbon hayiti xalqimizning asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan yuksak ma’naviy qadriyatlari, insonparvarlik fazilatlari, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat an’analarini yanada mustahkamlaydigan qutlug‘ bayramdir. Bu muborak kunlarda har bir xonadonga fayz-u baraka, oilalarga tinchlik-xotirjamlik, qalblarga ezgulik va shukronalik tuyg‘ulari kirib boradi.
Bugungi kunda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni ilmli, ma’naviyatli, vatanparvar va dunyoqarashi keng insonlar etib tarbiyalash yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga qaratilayotgan e’tibor, xalqaro hamkorlikning kengayib borayotgani barchamizdan yanada mas’uliyat, fidoyilik va tashabbuskorlikni talab etadi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida yoshlarimizga puxta bilim berish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, xorijiy tillarni mukammal egallagan, milliy qadriyatlarga sodiq va xalqaro maydonda munosib o‘rin egallay oladigan yetuk mutaxassislar sifatida tarbiyalash borasida astoydil mehnat qilmoqda.
Qurbon hayitining ulug‘ hikmati ham insonlarni ezgulikka, birdamlikka, mehr-shafqatga, o‘zaro yordam va hamkorlikka chorlaydi. Shu bois bu ayyomda ota-onalarimiz, ustozlarimiz, keksalarimiz, yaqinlarimiz holidan xabar olish, muhtojlarga ko‘mak berish, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash xalqimizga xos eng go‘zal fazilatlardan biridir.
Aziz hamkasblar, qadrli talabalar!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Dilshodbek Rustamov,
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

@d_roostamov

May 04, 08:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Respublikamizning markaziy nashrlaridan biri — “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Prezidentimizning 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–58-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Intellektual rivojlanish poydevori” nomli maqolam chop etildi.
Maqolada oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini yangi bosqichga olib chiqish, universitetlarning ilmiy salohiyatini kuchaytirish, “5T” tamoyili, ilmiy klasterlar, xalqaro ochiqlik, raqamli boshqaruv va hududiy oliy ta’lim muassasalari oldidagi yangi imkoniyatlar haqida fikr yuritilgan.

@d_roostamov

May 04, 07:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Respublikamizning markaziy nashrlaridan biri — “Bugungi O‘zbekiston” gazetasida oliy ta’lim tizimidagi yangi huquqiy asoslar, xususan, yangi “Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan “Yangi Nizom — yangi sifat bosqichiga huquqiy poydevor” nomli maqolam chop etildi.
Mazkur maqolada oliy ta’limda sifat, raqobatbardoshlik, akademik mustaqillik, xalqaro hamkorlik, talaba va professor-o‘qituvchi maqomi bilan bog‘liq muhim jihatlar tahlil qilindi. Zero, bugungi universitetlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi ilmiy, ma’naviy va intellektual salohiyatini shakllantiradigan strategik maskanlardir.

@d_roostamov

April 12, 09:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Prezidentimiz raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan videoselektor yigʻilishida bildirgan fikrlari munosabati bilan oʻz munosabatim aks etgan maqolam e’lon qilindi.
“…Yig‘ilishning eng muhim xulosalaridan biri shuki, sportga endi faqat ommaviylik nuqtayi nazaridan emas, balki uning real ijtimoiy samarasi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Ya’ni sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining o‘sishi o‘z-o‘zicha maqsad emas; asosiy mezon — aholining sog‘lig‘i yaxshilanmoqdami, yurak-qon tomir xastaliklari kamaymoqdami, diabet va jismoniy sustlik ko‘rsatkichlari pasaymoqdami, degan savollarga borib taqaladi.”

@d_roostamov

April 12, 07:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Спорт – миллат саломатлиги, мамлакат қудрати намойиши
👉
Батафсил:
https://yuz.uz/oz/news/142005
👉
Batafsil:
https://yuz.uz/uz/news/142005
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram

March 19, 17:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ramazon oyi davomida qalblarimiz poklanib, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Ushbu muborak kunlar har bir xonadonga fayz-u baraka, tinchlik va farovonlik olib kirishini tilayman.
Yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat kabi qadriyatlar bardavom bo‘lsin. Ayniqsa, yoshlarimizning ilm olish yo‘lida qilayotgan izlanishlari, ularning yuksak maqsadlari va orzulari doimo qo‘llab-quvvatlansin.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Har bir kuningiz ezgu amallar, yorug‘ niyatlar va quvonchli lahzalarga boy bo‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

@d_roostamov

March 07, 17:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Hurmatli ayollar! Aziz opa-singillar!
Sizlarni kirib kelayotgan
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jamiyatimiz taraqqiyotida, ayniqsa ta’lim, ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat sohalarida xotin-qizlarning o‘rni beqiyosdir. Sizlar o‘z bilim va salohiyatingiz, fidokorona mehnatingiz hamda yuksak mas’uliyatingiz bilan nafaqat institutimiz ravnaqiga, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.
Andijon davlat chet tillari institutida faoliyat yuritayotgan barcha ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlarimiz o‘zlarining intellektual salohiyati, tashabbuskorligi va mehnatsevarligi bilan jamoamiz nufuzini yanada yuksaltirib kelmoqda. Sizlarning bilimli, fidoyi va ma’rifatparvar bo‘lishingiz yosh avlod tarbiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo e’tibor, hurmat va mehr bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsin.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

@d_roostamov

March 05, 05:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

AZIZ TALABALAR, BUGUN SIZNING KUNINGIZ!

Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!
​Bugun — haftaning eng jo‘shqin kuni, oliygohimizda an’anaga aylangan
"Payshanba — yoshlar kuni"
. Ushbu kun doirasida rejalashtirilgan har bir tadbir, sport musobaqasi-yu intellektual o‘yinlar aynan sizning iqtidoringizni yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan.
​Men barcha talabalarimizni bugungi tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlayman. Shuni unutmangki,
men har biringiz uchun doimo ochiqman
. Sizning har bir murojaatingiz, taklifingiz va tashabbusingiz men uchun g‘oyat muhim. Oliy ta’lim dargohimizni birgalikda yanada rivojlantirishga tayyormiz.
🏆

Bugungi sport bayramida siz bilan birga bo‘laman:
🟢

Soat 11:00da:
O‘z tashabbusimiz bilan tashkil etilgan
Armrestling bo‘yicha viloyat chempionatining
tantanali ochilish marosimida ishtirok etaman. Bilagi kuchli yoshlarimizning shijoatini birga kuzatamiz.
🟢

Final bahsi:
Institutimiz sport zalida viloyat OTM talabalari o‘rtasida kechayotgan
Qo‘l to‘pi chempionatining
hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Quvonarlisi, bizning jamoamiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Men shaxsan jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyuraman va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etaman.

Aziz bilimdonlar va sportsevar yoshlar!
Omad sizga yor bo‘lsin. Sizning yutug‘ingiz — institutimiz yutug‘idir!

Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov,
Andijon davlat chet tillari instituti rektori

@d_roostamov

February 28, 15:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti jamiyatimizdagi eng muhim bir haqiqatni ochiq-oydin ko‘rsatdi: yangi O‘zbekistonning ertangi kuni bugungi yoshlarimizning bilimida, kasbida, g‘oyasida va ijtimoiy mas’uliyatida mujassam. Davlatimiz rahbari yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz deb bejiz ta’kidlamadi.
Ushbu muloqotda bildirilgan fikrlar, taklif va tavsiyalarga "Yangi O‘zbekiston" gazetasida o‘z munosabatimni bildirdim.

@d_roostamov

February 27, 10:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

​ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI REKTORI, PROFESSOR DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH RUSTAMOVNING TALABA-YOSHLARGA
MUROJAATNOMASI
​Aziz hamkasblar!
​Qadrli ota-onalar hamda shijoatli talaba-yoshlar!
​Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan samimiy muloqoti barchamizni, ayniqsa, oliy ta’lim fidoiylarini g‘oyat to‘lqinlantirib yubordi.
​Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan
32 ta yirik tashabbus
— bu nafaqat yoshlar uchun imtiyoz, balki biz, rektorlar zimmasiga yuklatilgan ulkan mas’uliyatdir. Bizning Andijon davlat chet tillari instituti ham ushbu tarixiy islohotlarning markazida turib, ilm va til o‘rgatish maskanidan — imkoniyatlar va hayotiy yutuqlar maydoniga aylanishi shart.
​Til bilgan — el biladi: Bizning strategik maqsadimiz
​Prezidentimiz xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 ming nafar instruktor shakllanganini alohida e’tirof etdilar. Bu ko‘rsatkichda bizning institut bitiruvchilarining ulushi sezilarli bo‘lishi — bizning sharafli burchimizdir.

Xalqaro stajirovka:
Endilikda institutimizning eng iqtidorli yosh o‘qituvchilari va talabalari
AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Singapur
kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

“Ko‘mak” va o‘quv markazlari:
Biz institut qoshida chekka hududlardagi yoshlarga til o‘rgatuvchi metodik markazlar tarmog‘ini kengaytiramiz. Bu orqali talabalarimiz nafaqat o‘qiydi, balki o‘qituvchi sifatida ilk ish joyi va daromadiga ega bo‘ladi.
​“Mening birinchi kasbim” — Bandlikka kafolat
​Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan
“Mening birinchi kasbim”
dasturi doirasida bitiruvchilarimiz uchun stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Talabalarimiz o‘qishni tamomlamasdanoq nufuzli tashkilotlarda amaliyot o‘tab, oyiga
2 million so‘mgacha stipendiya
olishlari uchun barcha jamoatchilik aloqalarni safarbar etamiz.

Dual ta’lim:
Biz ham ilg‘or tajribalardan namuna olgan holda, talabalarimizni maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlaridan tashqari bevosita xalqaro kompaniyalar hamda turizm klasterlarida ham o‘qish, ham ishlash tizimiga to‘liq o‘tkazamiz.
​Tadbirkor talaba — institut faxri
​Oliygohimizda faqat tilshunoslar emas, balki til biladigan tadbirkorlar avlodi shakllanadi.
​Institutimizda
“Yoshlar biznes inkubatori”
faoliyatini yangi bosqichga ko'taramiz. Talabalarning innovatsion startap loyihalariga
100 ming dollargacha
investitsiya jalb qilishda ko‘maklashamiz.
​Chet tili sohasida xususiy markaz ochmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarimizga
300 million so‘mgacha foizsiz ssuda
olishda institut kafillik va metodik yordam beradi.
​Volontyorlik va ma’naviyat: Qalb uyg‘oqligi
​Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, volontyorlik — bu olijanoblik maktabi.
​Andijon davlat chet tillari instituti qoshida
“Volontyorlar markazi”
tashkil etilib; ekologiya, ta’lim va ijtimoiy ko‘mak yo‘nalishlarida faol bo‘lgan talabalarimizga
“Ijtimoiy faollik kartasi”
orqali rag‘batlantirish tizimini joriy qilamiz.

Kitobxonlik:
Institut kutubxonasini dunyoning eng sara 100 ta asari bilan boyitish bilan birga, tarjimonlik yoʻnalishlarimiz talabalari ushbu asarlarni o‘zbek tiliga o‘girishda faol ishtirok etishadi. Eng faol kitobxonlarimiz esa
10 million so‘mlik
maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
​Qadrli yoshlar!
​Sizning har bir g‘oyangiz, har bir intilishingiz shaxsan davlatimiz rahbari va bizning e’tiborimizda. Institutimiz eshiklari sizning startaplaringiz, ilmiy tadqiqotlaringiz va kreativ tashabbuslaringiz uchun har doim ochiq. Har payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni”da men shaxsan har biringizning dard-u taklifingizni eshitishga tayyorman.

Bizning maqsadimiz aniq:
Institutimiz bitiruvchisi — dunyo bilan muloqot qila oladigan, mustaqil fikrli, tadbirkor va vatanparvar shaxs bo‘lishi kerak!

Yangi O‘zbekistonni, yangi marralarni birgalikda zabt etamiz!

Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov

Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor

@d_roostamov