Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Daryo | Rasmiy kanal

daryo
“Daryo” saytining rasmiy kanali English — @daryo_eng Русский — @daryo_russian Kirill — @daryo_kirill Tezkor — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Lifestyle — @daryo_lotin Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Reklama — +998 90 185 02 32
Подписчики
517 508
24 часа
-1 683
30 дней
12 089
Просмотры
45 690
ER
8,83%
Посты (30д)
1 042
Символов в посте
376
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 25, 18:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

25-oktyabr kuni e’lon qilingan yangiliklar dayjesti:
• Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik erkak taksi haydovchisini kaltaklashda
gumonlanmoqda
• “Bojlar beshta urushni tugatishga
yordam berdi
” — Tramp
• Xorijiy va nodavlat OTTlarga maqsadli qabul imtihonlari uchun ruxsatnomalar
e’lon qilindi
• Istanbulda Maksim Galkinga konsert oʻtkazish
taqiqlandi
• Sirdaryoda erining 1-xotini va 6 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgan ayol 17 yilga
qamaldi
• Italiya va Fransiyada yangi namoyishlar: mingdan ortiq odam
qoʻlga olindi
• Toshkent hokimligi tizimidagi tekshiruvlardan so‘ng 24 nafar xodim
ishdan bo‘shatildi
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 17:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Eron o‘z hududida AQSHning LUCAS dronini urib tushirganini ma’lum qildi
Eron harbiylari Bandar Abbos port shahri osmonida AQSHning LUCAS droni urib tushirilgani haqida bayonot berdi. Eronlik generalning aytishicha, AQSH ushbu dronni Eronning Shahed-136 modeli asosida ishlab chiqqan.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719703/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 17:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Serbiyada sobiq prezident Aleksandr Vuchichning onasiga hujum uyushtirildi
Angelina Vuchich Belgradda saylovda ovoz berib, bozordan qaytayotganida bir guruh shaxslar hujumiga uchragan. Hukmron partiya hujumda mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkazib kelayotgan talabalarni aybladi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719710/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 16:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sirdaryoda erkakning ikkinchi xotini uning ayoli va olti yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi
29 yoshli ayol ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lib, uch yoshli yana bir qizaloqqa og‘ir jarohat yetkazdi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719708/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 15:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentda havo sifati “noqulay” darajaga tushishi haqida ogohlantirish berildi
25-oktyabrdan 26-oktyabrga o‘tar kechasi poytaxt havosi Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha “zarg‘aldoq” darajaga yetishi mumkin. Ekologiya milliy qo‘mitasi axborot xizmati havoning ifloslanishiga sabab bo‘layotgan omillarni ochiqladi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719705/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 14:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Isroil falastinliklar yashaydigan butun boshli mavzeni buzib tashladi: 1,5 ming kishi uysiz qoldi
Isroil harbiylari Falastinning bosib olingan G‘arbiy Sohilidagi Xevron shahrida turar joylarni buzib tashlamoqda. Bu harakatlar Isroil harbiy nazorat punktiga qilingan hujum ortidan boshlandi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719698/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 13:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentda ikki tuman soliq inspeksiyasining sobiq boshliqlariga sud hukmi o‘qildi
Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlari soliq inspeksiyalarining sobiq rahbarlari mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarda aybli deb topilgan. Ulardan biri tadbirkordan pul talab qilgan, ikkinchisi esa 22,7 milliard so‘mlik soliq operatsiyalari bilan bog‘liq qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719691/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 13:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Saudiya Arabistoni raketa zavodini kengaytirmoqda. U yerda uzoq masofali raketalar ishlab chiqarilishi mumkin (foto)
Amerikalik ikki tadqiqotchi bir yildan ortiq vaqt davomida zavodning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rgandi. Uning kengaytirilishi mintaqada qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719684/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 12:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shavkat Mirziyoyev Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini tabrikladi
Davlat rahbari sportchilarning jasorati va matonatini yuqori baholab, ularning ota-onalari hamda murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. Yaponiyadagi musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 145 ta medal bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719686/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo

October 25, 11:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Isroilda fuqarolar Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi
Ular hukumatdan 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMAS hujumining oldini ololmagani uchun mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
Batafsil —
https://daryo.uz/p/719678/
👉
Obuna bo‘ling —
@daryo