
Daryo — LIVE
Rossiya va Ukraina kelishuvga asosan Xerson viloyatining Rossiya qoʻshinlari nazoratidagi Oleshki shahrida oʻt ochishni toʻxtatdi
Oleshkida “sukunat rejimi”ning boshlanishi 27-oktyabrga rejalashtirilgan, gumanitar missiya esa 29-oktyabrda kuchga kiradi. Kelishuvga ko‘ra, Rossiya yo‘llarni minalardan tozalashi kerak, Ukraina esa qamalda qolgan aholini evakuatsiya qilishga
tayyorgarlik ko‘radi.
@daryo_live
Andijonda qorovulni to‘liq stavkaga o‘tkazish uchun 4,5 mln so‘m pora olgan maktab direktori jazolandi
Direktor sudda pulni maktabga homiylik sifatida olganini bildirgan. U 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq sud jazoni shartli deb hisoblab, 2 yillik sinov muddati
belgilagan.
@daryo_live
🌤
Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 17-22 daraja
, tog‘li hududlarda 12-17 daraja bo‘ladi —
“O‘zgidromet”
@daryo_live
Namanganda 18 mln so‘m evaziga nodavlat universitetning 3-kursiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi fuqaroni Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetiga talaba sifatida qabul qilinishiga ishontirgan. U kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan
qo‘lga olingan
.
@daryo_live
“Oltin to‘p” marosimi boshlanmoqda: 30–16-o‘rinlarni egallagan futbolchilar e’lon qilindi
👉
Obuna bo‘ling —
@Daryo_Sport24
Prezident rahbarligidagi yig‘ilishda 2026–2036-yillarga mo‘ljallangan tibbiy infratuzilma master-rejalarini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi
Har bir hudud bo‘yicha aholi soni va o‘sishi, tibbiy xizmatlarga ehtiyoj, muassasalarning quvvati hamda bemorlarning ularga yetib borish vaqti
hisobga olinadi
.
Master-reja qaysi obyektni saqlab qolish, birlashtirish yoki rekonstruksiya qilish, yangisini qayerda qurish, uni qanday jihozlash va qancha mutaxassis zarurligini belgilaydi. Investitsiya dasturlarini ham shu rejalar asosida shakllantirish nazarda tutilmoqda.
@daryo_live
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan keskinlik fonida chegaraga o‘ziyurar gaubitsalarini joylashtirdi 26-oktyabr kuni Reuters muxbiri Janubiy Koreya hududidagi kuzatuv punktidan KXDRning uchta zirhli harbiy texnikasini koʻrgan. Gaubitsalarning barchasi janubga…
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan keskinlik fonida chegaraga o‘ziyurar gaubitsalarini joylashtirdi
26-oktyabr kuni Reuters muxbiri Janubiy Koreya hududidagi kuzatuv punktidan KXDRning uchta zirhli harbiy texnikasini koʻrgan. Gaubitsalarning barchasi janubga qaratilgan.
Yonhap yozishicha, ular 122 millimetrli oʻziyurar gaubitsalar boʻlib, bunday qurollarning chegara yaqinida ochiq namoyish etilishi kamdan-kam uchraydi.
@daryo_live
Toshkentda havo ifloslanishiga tabiiy omillar va noqulay meteorologik sharoitlar ta’sir ko‘rsatmoqda — Ekoqo‘mita
So‘nggi o‘n yillikda atmosfera havosining tabiiy almashinuvi bilan bog‘liq jarayonlarda ham o‘zgarishlar kuzatilgan. Chang massalarining ta’siri va havo ifloslanishi bilan bog‘liq noqulay sharoitlar kelgusi hafta boshigacha davom etishi
mumkin
.
@daryo_live
“Onam bir umr farrosh bo‘lganlar. Bugun esa farzandi prezidentning oldida turibdi…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan uchrashuvida “Zo‘r TV” prodyuseri Dilshod Mirzamurodov onasining quvonchini samimiy
so‘zlab berdi
.
@daryo_live