Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi

davlatqomita
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy sahifasi 1. instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 2. facebook.com/oilavaxotinqizlaruz Manzil -Toshkent, Mirzo Ulug’bek t, Mirzakalon Ismoiliy 1-G +99871 202 1059
Подписчики
8 244
24 часа
-47
30 дней
-2 995
Просмотры
1 593
ER
19,32%
Посты (30д)
60
Символов в посте
624
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 14, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Hurmatli obunachilar! Mazkur kanal ertaga 15-sentabr kuni yopiladi!
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining yangi rasmiy Telegram sahifasiga obuna bo‘ling
👇
👇
👇
👇

https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz

https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz

https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz

September 05, 14:05

Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
pinned «
⚡️
Diqqat, hurmatli obunachilar!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining rasmiy Telegram sahifasi yangilandi! Endilikda eng muhim xabarlar, loyihalar va so‘nggi yangiliklar faqat yangi manzilimizda yoritib boriladi.
❗️
Muhim eslatma: Mazkur eski kanalimiz roppa…
»

September 05, 12:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Diqqat, hurmatli obunachilar!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
ning
rasmiy Telegram
sahifasi yangilandi! Endilikda eng muhim xabarlar, loyihalar va so‘nggi yangiliklar faqat yangi manzilimizda yoritib boriladi.
❗️
Muhim eslatma:
Mazkur eski kanalimiz roppa-rosa
10 kundan so‘ng yopiladi
.
Yangi manzilimizga o‘tish uchun havola:
🔹
https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz
Biz bilan qolganingiz uchun rahmat! Yangi sahifada ko‘rishguncha!

September 03, 09:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Viloyat va tuman hokimlari
shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi
ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida
350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish
va
yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish
majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar
230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish
vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha
aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash
zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida
tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish
topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil
300 milliard so‘m
ajratilgan.
Bunday yordam olgan
11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada
ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish
topshirildi.

Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining
davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi
va ehtiyojmand oila
Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yig‘ilishda
ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar
belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar
ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish
topshirildi.
Bunda aholi
daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga
o‘tiladi.
Respublikada
kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan
bo‘lsa-da,
3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.

Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni
yo‘lga qo‘yamiz
,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kredit tarixida kechikish bo‘lgan
ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi
240 milliard so‘m
, Bandlik jamg‘armasidagi
100 milliard so‘m
va uchta “daftar”dagi
760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi
subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan
300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa
tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib,
mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mutasaddilarga ikki oyda
o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Ushbu markazda
hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.
Viloyat shtablari yil yakunida
har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.
Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish
topshirildi.
Bosh prokuraturaga
bankirlar va hokim yordamchilarining
mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish
vazifasi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi
ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank
hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari
mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun
8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 03, 08:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Joylardagi
tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Hozir bu masalalar
asosan viloyat darajasida
hal qilinayotgani
ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani
qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish
va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi.
Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish
taklif qilindi.
Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan
loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.
Tuman shtabiga
loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga,
shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar
bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X