
RTU-FINLAB
Assalomu alaykum qadrdonlarim!
Alloh bu muborak kunlarda qilgan barcha duolaringizni ijobat aylasin. Qalbingizdan g‘amni, hayotingizdan tashvishni olib, o‘rniga huzur, baraka va cheksiz quvonch ato etsin. Uylaringizdan kulgu, dasturxoningizdan fayz, ko‘nglingizdan esa mehr arimasin.
Bugungi ayyom sizga nafaqat bayram shukuhini, balki yangi umidlar, yangi kuch va qalb osoyishtaligini olib kelsin. Yaqinlaringiz bag‘rida sog‘-omon, baxtiyor kunlarga yeting.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
🌙
Hurmat bilan,
Buxolida Supiyeva
(Dil Bonu)
E’LON
Xalqaro tajriba sari ilk qadamni qo‘ying!
Renessans ta’lim universiteti huzuridagi Finlandiya ta’lim laboratoriyasi Xitoy va Turkiya davlatlarida malaka oshirish, ilg‘or ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur dastur professor-o‘qituvchilarga xorijiy ta’lim muhitini yaqindan o‘rganish, tajriba almashish va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Xorijda malaka oshirish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar Finlandiya ta’lim laboratoriyasiga murojaat qilishlari mumkin.
📍
Tashkilotchi: B. Supiyeva
📞
Tel.: 90 331 64 00
Bugun 9-fevral — buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.
Alisher Navoiyning bebaho ijodi jahon adabiyoti durdonalari qatoridan munosib o‘rin egallagan. Uning asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik g‘oyalari bugun ham butun bashariyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy so‘zi qaysi tilda yangrashidan qat’i nazar, qalblarni ezgulikka chorlaydi. Bizning vazifamiz — bu bebaho ma’naviy merosni yosh avlod ongiga singdirib, ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli jamiyatni barpo etishdir.
Finlandiya ta'lim laboratoriyasi.
https://t.me/davlattilioqituvchilari
#SEMINAR_TRENING
🇫🇮
🇺🇿
Finlandiya ta’limi tajribasi Sirdaryoda
Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
Renessans universiteti
vakillari ishtirokida Finlandiya ta’limi falsafasi va fenomenlarga asoslangan o‘qitish (Phenomenon-based learning) metodikasiga bag‘ishlangan seminar-trening muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Seminar davomida pedagogika fanlari bo‘yicha PhD, dotsent
Buxolida Supiyeva
hamda psixologiya fanlari bo‘yicha PhD
Charos Arzikulova
tomonidan
Finlandiya ta’lim tizimi
ning zamonaviy yondashuvlari, fanlararo integratsiya, o‘quvchini mustaqil va tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish mexanizmlari yuzasidan mazmunli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
Tadbir yakunida
Renessans universiteti
hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma seminar-treninglar, ilmiy-amaliy loyihalar va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Murojaat uchun:
+998555067007
|
Yozish
💬
📌
Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
⚡️
(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.
)
📝
Telegram|
💻
Instagram|
📝
Facebook
|
🟥
Youtube
|
🏛
Veb-sayt
https://t.me/t_a_rqatma