Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

DEBAT XOLL | Saylov 2024

debatxoll
«DEBAT XOLL» nodavlat teleradiokanallar media-markazi ✅ Bizga obuna bo’ling: https://taplink.cc/debatxoll
Подписчики
2 150
24 часа
10
30 дней
-120
Просмотры
754
ER
0,35%
Посты (30д)
Символов в посте
493
October 29, 13:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hurmatli do‘stlar
2024 yilgi saylovlarning yakuni bilan «Debat Xoll»dagi faoliyatimizni sarhisob qilamiz. Bu murakkab, ammo qiziqarli davrda biz 5 debat, 5 siyosiy partiya brifingi, 16 panel sessiyasi va 6 jurnalistlar uchun trening o‘tkazdik. Bu bizning jamoamiz uchun katta sinov bo‘ldi, ammo birgalikdagi mehnatimiz orqali maqsadlarimizga erishdik.
«Debat Xoll» media-markazi siz uchun har kuni ishladi, to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni taqdim etishda, fuqarolarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlariga yordam berdi.
So‘z erkinligi, tezkor ma’lumot va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash – bizning faoliyatimizning asosi bo‘ldi.
Biz bilan bo‘lgan barchagizga katta rahmat, bizga yordam berganingiz va maqsadlarimizga ishonganingiz uchun. Birgalikda muhim qadam tashladik va birlashish, hamkorlikda ish olib borish har qanday muammoni hal qila olishini ko‘rsatdik.
Hurmat va minnatdorlik bilan,
Debat Xoll jamoasi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 13:43
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

G‘alaba sadosi: ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibi bilan suhbat
Biz sizga ijtimoiy video roliklar tanlovi 1-oʻrin g‘olibini— haqiqiy ijodkorning sizni ilhomlantiradigan va o‘ylashga majbur qiladigan hikoyalarini tinglashni taklif qilamiz. Uning ishi ortida qanday orzular va intilishlar borligini va ularning dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga qanday umid qilishlari haqida bilib oling.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 12:29
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Debat Xoll” hamkor tashkilotlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!
Ushbu tadbir qo‘shma loyihalar va yutuqlarga to‘la saylovoldi jarayonining yorqin xulosasi bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi oldidan saylov jarayonining xabardorligi, ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda hamkorlarimizning hissasi katta ekanini qayd etdik.
Marosim qanday oʻtganini Reels videoimizni koʻrib bilib oling.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 12:22
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

“Saylov – 2024” jarayonlarini targ‘ib etuvchi videoroliklar tanlovi g‘olibi aniqlandi
Demak, va’da qilinganidek quyidagilar taqdirlandi:
1-o‘rin: Nurullayeva Nurjamol — “iPhone 16”
2-o‘rin: Shohsanam Komilova — Noutbuk
3-o‘rin: Sarvinoz Qurbonova — Zamonaviy planshet
Qayd etish lozimki, videoroliklar mazmun va kreativ yondashuvlar asosida baholandi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 11:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jonli efir yakunlandi va biz siz bilan asosiy lahzalarni bo'lishishga tayyormiz!
Bugun "Debat Xoll"da saylov natijalari va ularning O'zbekistonning yangi parlamentini shakllantirishiga qanday ta'sir qilishi muhokama qilindi.
Mamlakatimizning kelajagini tahlil qilish va muhokama qilishga qo'shiling!

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 11:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sherzodxon Qudratxo‘ja: biz yashayotgan yangi O‘zbekiston uchun jadid bobolarimiz jon berishgan!
“Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Milliy media birlashmasi raisi Prof. Dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja:
— Xalqimiz bugungi siyosatni to‘laqonlicha tushunmasligi mumkin, lekin jadidlar buni tushungan bo‘lar edi. Chunki, jadid bobolarimiz mana shunday O‘zbekiston uchun yashashdi, mana shunday O‘zbekiston uchun jon berishdi. Ular O‘zbekistoning shunday mustaqil parlamenti, hurriyati, so‘z erkinligi bo‘lishini istashgan edi. O‘ylaymanki, oradan 100-150 yil o‘tib ham jadid bobolarimiz — Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy va boshqalarning nomlari, ular orzu qilgan yangi O‘zbekistonda jarang sochib turaveradi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 08:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu yil butun dunyo bo‘ylab saylovlar yili bo‘ldi
“Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada Parlament tadqiqotlari instituti direktor o‘rinbosari, Yuridik fanlar doktori, dotsent Valisher Davlatov:
– Bu yil butun dunyo bo‘ylab saylovlar yili bo‘ldi. Mamlakatimiz ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, yangi parlamentni tarkiblantirdi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 08:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu yilgi saylovda jiddiy xato va kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi
— Mirshohid Aslanov
“Debat Xoll”da bo‘lib o‘tgan maxsus sessiyada Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov:
— Bu yilgi saylov YXHT tomonidan avvalgi yillardagi kabi jiddiy tanqid ostiga olinmadi. Jiddiy xato va kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 08:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bizning katta siyosiy madaniyatimizni G‘arbdan ham, Sharqdan ham kuzatishdi
Bu so‘zlarni “Debat Xoll”da bo‘lib o‘lgan maxsus sessiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev ta’kidladi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

October 29, 08:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Saylov jarayonining ochiqligi, shaffofligi va sifati oshdi
“Debat Xoll” media markazida “Saylov-2024: natijalar tahlili, yangi parlament shakllanishi” mavzusidagi maxsus sessiyada Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri, yu.f.f.d. Shohjahon Xo‘jayev:
– Kuzatuvlar natijasida saylov jarayonining ochiqligi, shaffofligi va sifati oshganligi ma’lum bo‘ldi.

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe