Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dehqonobod kaliy zavodi AJ | Rasmiy kanali

dehkanabadpotashplant
"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ kaliy xlorid mineral o'g'iti ishlab chiqaruvchi yirik korxona. Jamiyat matbuot xizmati bilan aloqa: @uz_p_matbuot_xizmati Taklif va murojaatlar uchun: https://t.me/Dkzmurojaat_bot
Подписчики
1 826
24 часа
-3
30 дней
1
Просмотры
554
ER
30,34%
Посты (30д)
99
Символов в посте
981
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 27, 13:56
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

“Özkimyosanoat” AJ vakillari InnoWeek–2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligida iştirok etmoqda
✅
2026-yil 27–29-oktyabr kunlari Toşkent şahridagi CAEx Uzbekistan körgazmalar majmuasida InnoWeek–2026 — Xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötmoqda.
“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan mazkur tadbir ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş, istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan.
✅
Haftalik doirasida sunʼiy intellekt, DeepTeç, yaşil energiya, biotexnologiya va aqlli şaharlar kabi zamonaviy yönalişlardagi işlanmalar namoyiş etilmoqda.
Xalqaro haftalikda “Özkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar ham özlarining innovatsion işlanmalari bilan iştirok etmoqda.
✅
Namoyiş etilayotgan loyihalar kimyo sanoatida innovatsion yondaşuvlarni rivojlantiriş, yangi ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş va sohaning ilmiy-texnologik salohiyatini namoyon etişga xizmat qiladi.
Şuningdek, “Özkimyosanoat” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda kimyo va innovatsiya sohalarida tahsil olayotgan talaba qizlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Ixtiroçi ayol — 2026” tanlovi ğoliblari ham öz işlanmalari bilan haftalikda qatnaşmoqda.
✅
Qayd etiş joizki, mazkur iştirokçilarning işlanmalari Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi hamkorligida taşkil etilgan
“Hududning eng yaxşi 100 ta innovatsion loyihalari”
tanlovida ham munosib örinlarni egallagan.
————————————————————————
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 27, 09:14
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#Bu_muhim
#ogohlik
🟢
Uyingizga is gazini aniqlovchi datchikni o‘rnating. Ushbu qurilma hayotingizni saqlab qoladi.
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 27, 03:14
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#ogohlik
⚠️
QALBAKI O‘G‘ITLARDAN VA FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO‘LING!
⚠️
Batafsil ma’lumot infografikada
✍️
✍️
✍️
⚠️
ОСТЕРЕГАЙТЕСЬ ПОДДЕЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ И МОШЕННИКОВ!
⚠️
Подробная информация представлена в инфографике
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 26, 03:37
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#Bilasizmi
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
IX bob. Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
100-modda. Elektr va issiqlik energiyasini
behuda sarflash
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, zichlangan havo, suv va issiqlikning muntazam ravishda nobud bo‘lishi, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz xizmat binolari va boshqa binolarni isitish uchun, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlar uchun elektr energiyasidan foydalanish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 25, 07:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#bayram_tabrigi
Hurmatli avtomobil transporti sohasi xodimlari va faxriylari!
Sizlarni kasb bayramingiz — O‘zbekiston avtomobil transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Avtomobil transporti mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligi, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligi hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, korxonamiz faoliyatida transport sohasi vakillarining mas’uliyatli mehnati, kasbiy mahorati va fidoyiligi alohida ahamiyatga ega.
Ushbu kasb egalari zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib, mahsulot va yo‘lovchilarni o‘z manziliga xavfsiz hamda o‘z vaqtida yetkazish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Fursatdan foydalanib, soha rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, tajribali faxriylarga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yo‘llaringiz doimo bexatar, manzillaringiz yaqin, safarlaringiz xayrli bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Bosh direktori To‘lqin Zaripov
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 23, 12:43
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#oʻquv_mashgʻuloti
🟢
Xavfsizlik — ustuvor vazifa
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasidagi navbatdagi tadbir “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Kaliy ishlab chiqarish 1-sexida o‘tkazildi. Unda yong‘in xavfsizligi xodimlari ishtirokida o‘quv seminari va ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, evakuatsiya qoidalari, yong‘in xavfsizligi choralari hamda favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Mashg‘ulotlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish va xavfsizlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 23, 09:30
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#ogohlik
⚠️
Telefoningizni xavfli APK fayllardan himoya qiling!
📥
Telegram yoki boshqa manbalardan kelgan noma’lum
APK fayllar
shaxsiy ma’lumotlaringiz va bank hisoblaringiz xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
📌
“APK Qoʻriqchi”
ilovasini
Google Play
orqali yuklab oling va raqamli xavfsizligingizga e’tiborli boʻling.
❗️
Shubhali fayllarni oʻrnatmang, SMS-kodlar va maxfiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang!
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 23, 07:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish yo‘lida.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: поддержать стремление к знаниям, открыть возможности для труда, дать ход инициативам, чтобы богатые ресурсы края приносили людям доход, а экономике – высокую добавленную стоимость.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 23, 05:03
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
✅
#oʻquv_mashgʻuloti
🟢
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat — muhim ko‘nikma
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga muvofiq, 19–26-oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ Avtotransport sexida “Zilzilaga tayyorgarlik: to‘g‘ri harakat qilish qoidalari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi xodimlarning zilzila vaqtida to‘g‘ri va xavfsiz harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmasdan, xavfsizlik qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan zilzila sodir bo‘lganda bino ichida, ochiq hududlarda hamda transport vositalarida qanday harakatlanish, xavfsiz joyni tanlash, evakuatsiya qoidalariga rioya etish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda vahimaga berilmaslik, atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash hamda tegishli xizmatlarning ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.
😁
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ rasmiy sahifalari
—————————————————
📱
Telegram
📱
Facebook
🌐
Websahifa
📱
Instagram

October 23, 03:25

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
Ўзбекистон Республикасининг "Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини жорий этиш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш киритиш ҳақида”ги Қонуни (
ЎРҚ–1184-сон, 21.10.2026 й.
) қабул қилинди.
🔰
Қонунга кўра, Ўзбекистон Республикасида лотин ёзувига асосланган,
28 та ҳарф
ва
1 та тутуқ белгисидан
иборат ўзбек алифбоси жорий этилади.
🔎
Мазкур ўзгартиришга мувофиқ, алифбо 26 та ҳарф ва 3 та ҳарфлар бирикмаси ўрнига 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан ташкил топади.
📝
Алифбо таркиби:
A a, B b, D d, E e, F f, G g,
Ğ ğ
, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o,
Ö ö
, P p, Q q, R r, S s,
Ş ş
,
Ç ç
, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z ва
’
(тутуқ белгиси).
📜
Шунингдек, Қонунда қуйидагилар белгиланди:
🔹
Қонун кучга киргунига қадар лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосида расмийлаштирилган
ҳужжатлар
,
миллий валюта
ва
қимматли қоғозларда
такомиллаштирилган ҳарфларнинг аввалги шакли мавжуд бўлиши уларнинг
амал қилишига ва муомалада бўлишига монелик қилмайди
;
🔹
давлат органлари ва ташкилотларининг такомиллаштирилган ҳарфларнинг аввалги шакли мавжуд бўлган рамзий белгилари ва бошқа атрибутларидан, уларнинг биноларида акс эттирилган давлат гербининг бўртма тасвиридан, географик объектларнинг номлари туширилган пешлавҳа ва кўрсаткичлардан ҳамда Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланадиган бошқа ашёлар ва манбалардан
улар яроқсиз ҳолатга келиб қолгунига
ёхуд Қонун ижросига доир
чора-тадбирлар дастурида белгиланган муддатга қадар
фойдаланилади.
📌
Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан
олти ой ўтгач
кучга киради.
Каналга уланиш
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot