
Дехқонобод Овози |Dehqonobod Ovozi 🪐 🇺🇿
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🔒
Internet firibgarligidan qanday himoyalanish mumkin?
Bugungi kunda internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari tobora ortib bormoqda. Quyidagi belgilarga e'tibor qaratish orqali firibgarlikni erta aniqlashingiz mumkin:
✅
Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan darajada foydali takliflar;
✅
Sizni shoshiltiruvchi xabarlar ("hozir pul o‘tkazing", "aks holda hisobingiz bloklanadi");
✅
Matnda imloviy va uslubiy xatolarning ko‘pligi, soxta (klon) saytlar;
✅
Noma'lum yoki shubhali havolalar va ishonchsiz veb-saytlar.
⚠️
Har qanday havolani bosishdan yoki shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etishdan oldin uning ishonchliligini tekshiring.
🔴
🛡
Ogohlik va ehtiyotkorlik — internet firibgarligiga qarshi eng samarali himoyadir.
Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Matbuot xizmati
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt
Dehqonobodda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Uchrashuvda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mirzohid Samarov, Biznes-ombudsmanning viloyat hududiy shu‘basi bosh inspektori Muhammadali Ismoilov, shuningdek, tumandagi tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarning muammolarini chuqur o‘rganish va ularga qonun doirasida amaliy yechim topish, shuningdek, biznes vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Kanalga obuna bo‘ling:
@Dehqonobodovozipress
❗️
1-avgustdan boshlab 1-sinfga qabulning ikkinchi bosqichi boshlanadi
Bu bosqichda ota-onalar farzandini o‘z mikrohududiga biriktirilmagan boshqa maktabga joylashtirish uchun
my.gov.uz
portali orqali yangi ariza yuborishi mumkin.
📌
Birinchi bosqichda yuborilgan arizani bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi. Ikkinchi bosqich uchun yangi ariza mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ota-onalar "1-sinfga qabul" xizmati orqali farzandini tanlab, ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashi lozim.
✈️
Ariza to‘ldirilayotganda "Ariza topshirishning hududiy darajasi" bo‘limida "Tuman doirasida qabul" bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi.
Yangi ariza tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga hujjat topshirish vaqti haqida bildirishnoma yuboradi.
📑
Shuningdek, ikkinchi bosqich arizasi bo‘yicha ijobiy javob olgan ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borib topshirishi shart.
@Dehqonobodovozipress
#sayyor_qabul
📣
Navbatdagi manzil Dehqonobod tumani!
👮♀️
Qashqadaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbar va rahbar o'rinbosarlarining Dehqonobod tumanida jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tadi.
🔴
Fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarni bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniyatiga ega.
📆
Qabul sanasi:Bugun 30.07.2026
⏰
Vaqti: 11:00
📍
Manzil: Dehqonobod tumani, Qorashina shaharchasi.
Mo'ljal: 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi.
Murojaatlar ochiq, takliflar muhim, yechimlar esa birgalikda topiladi.
👮
Manba: Qashqadaryo viloyat Qurilish nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodovozipress
Foto: Tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Bibiqorasoch mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi ishchi guruh Bibiqorasoch mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi tomorqalaridan foydalanish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallaning gavjum hududlari, ichki ko‘chalar, jamoat joylari va aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, xonadonlar atrofining obodonligi, sanitariya-tozalik holati, shuningdek, fuqarolarning tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish borasidagi ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Tuman hokimi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qildi, ularning hudud obodligi, tomorqachilik va mahalla hayotiga oid fikr, taklif hamda murojaatlarini tingladi. Tomorqalardan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni ishga solib, oila ehtiyoji uchun mahsulot yetishtirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
@Dehqonobodovozipress
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, yer qazish texnikasi egalari va yerdan foydalanuvchilar diqqatiga!
Agar sizda yer osti aloqa kabellarining muhofaza hududlarida yer qazish va qurilish ishlarini amalga oshirish zaruriyati tug‘ilsa, magistral aloqa kabeli trassasi belgisida ko‘rsatilgan manziliga yoki 1133 qisqa raqamiga murojaat qiling. Hamda mutaxassislar ko‘rsatmasi asosida ish
olib boring.
Murojaatingiz Call-markazlar tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, «O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 telefon raqamiga murojaat qiling. Biz holatni albatta nazoratga olamiz.
Esingizda bo‘lsin, aloqa liniyalariga yetkazilgan zarar avariya-tiklash ishlarini olib borish uchun talab etiladigan xarajatlar sizning hisobingizdan qoplanishi mumkin.
Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Dehqonobod tumaniga biriktirilgan Respublika ishchi guruhi vakillari hamda tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilot va idoralari rahbarlari, mahalla tizimi mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tumanda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi, yoshlarning muammo va takliflarini manzilli o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tizimli va natijador tashkil etish, yoshlar bilan mahallabay ishlashni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
@Dehqonobodovozipress
❗️
Ўқитувчилар диққатига, максимал тарқатинг, дарс соатлари бўйича муҳим ўзгариш бўлди
Мактабларда дарс соатларини тақсимлашда
қўлланадиган устувор ўқитувчиларнинг кетма-кетлигига ўзгартиришлар киритилган.
Энди ўқитувчиларга дарс тақсимоти юқоридаги кетма-кетликда тақсимланади.
Ўқитувчи яқинларга юбориб қўйинг!
@Dehqonobodovozipress
Субсидиялар, давлат ёрдамлари ва грантлар ҳажми ҳам ошмоқда (PQ-64, 14.02.2025).
✅
Қишлоқ жойда ёки тадбиркорлар учун:
Иссиқхона қуриш — 12 360 000 сўм (30 БҲМ)
Сув ускуналари хариди — 4 120 000 сўм (10 БҲМ)
Кўчат ва уруғликка — 1 236 000 сўм (3 БҲМ)
✅
Ҳунарманд ва касаначиларга:
Касаначиларга дастлабки даромад — 3 ойлик тўлов
Шогирд тайёрловчи усталарга — 824 000 – 2 060 000 сўм
Маҳсулотни онлайн реклама қилишга — 10+ млн сўмгача!
✅
Ижтимоий ҳимоя ва ишга жойлашиш:
Ишсизлар учун ижара тўлови — 4 120 000 сўм
Ногиронларга мос иш жойи учун — 16 480 000 сўм
Ўқув курслари учун — 6 ой давомида 1,6 млн сўм/ой
📌
Субсидиялар қайси жамғармадан берилади?
🔹
Камбағалликни қисқартириш давлат жамғармаси
🔹
Бандликка кўмаклашиш давлат жамғармаси
Эслатма: ушбу имкониятдан фойдаланиш учун ҳоким ёрдамчиларига мурожаат қилишингиз мумкин!
@Dehqonobodovozipress
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️
Ичимлик суви таъминоти ва оқова сув тизими янада яхшиланади
“Ичимлик суви таъминоти ва оқова сув тизимини янада яхшилашга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–140-сон, 24.07.2026 й.) қабул қилинди.
📜
Фармонга кўра, 2026 йил 1 сентябрдан “Ўзсувтаъминот” АЖ (Жамият)га фойдаланиш учун топшириладиган барча ичимлик суви ва оқова сув инфратузилмасини ривожлантириш лойиҳалари “Дастурларнинг амалга оширилишини мониторинг қилиш ва манзилли рўйхатларни келишишнинг автоматлаштирилган ахборот тизими” электрон платформасида акс эттирилади.
🔎
Жамият ва унинг тизим корхоналари ўртасида шартномавий муносабатларни самарали йўлга қўйиш мақсадида тор доирадаги малака ошириш, ўқитиш ва эксплуатацияга оид шартномавий муносабатлар тўғридан-тўғри амалга оширилади.
⭐
Ичимлик суви таъминоти ва оқова сув соҳасидаги янги лойиҳаларга халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотлари (ХМИ/ХҲМТ) қарз ва грант маблағлари олдиндан харид, ретроактив ва шу каби бошқа молиялаштириш усулини танлаган ҳолда жалб қилинади.
💻
2027 йил 1 январдан:
🔹
марказлашган ичимлик суви билан таъминлаш иқтисодий жиҳатдан самарасиз ёки ўзини оқламайдиган ҳудудларда хизмат кўрсатиш алоҳида ёндашув асосида (махсус техникаларда сув етказиб бериш, шохобчаларни ташкил этиш ва шу кабилар) амалга оширилади.
🔹
тариф сиёсатини такомиллаштириш мақсадида ичимлик суви таъминоти ва оқова сув хизматлари тарифларини тасдиқлаш ваколати Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Идоралараро тариф комиссиясига ўтказилади.
@Dehqonobodovozipress