Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Dev thinking loud

dev_thinking_loud
Dasturlash boyicha video darslar, subyektiv fikrlar, kundalik misollar, bahsli mavzular. Youtube kanal: https://www.youtube.com/@ravshansbox Muallif: @ravshansbox
Подписчики
1 603
24 часа
-4
30 дней
23
Просмотры
2 866
ER
178,79%
Посты (30д)
Символов в посте
830
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Технологии и приложения
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
June 14, 21:44

TDD, PP va AI
Bir oralar Birlashgan Qirollikdan inglizlar bilan bir proyektda birga ishladik. Ularning tezlikdan ko'ra sifatni ustun ko'rishlari har qadamda sezilib turar edi. Har "feature" uchun "refinement session"lar albatta bo'lar, sessionda "feature" qanday qilib "implement" qilinishining har qadami qayd qilinib "ticket"ga yozib qo'yilar edi. Bajaruvchi u ishga deyarli qiynalmas edi, chunki hamma "design decision"lar qilingan bo'lardi. U paytlari copilot edi chiqqan, faqatgina funksiya yozib berishni bilar edi. Jamoada ikkita qattiq qoida bor edi: 1) "Test-driven development (TDD)" - testlarning "implementation"dan oldin yozilishi 2) "Pair-programming (PP) for new features" - yangi qoshilayotgan imkoniyatlar uchun juft-dasturlash uslubi.
U proyektga qadar shaxsiy tajribamda testlarni yozish yoki "implementation"dan keyin edi ("beuracracy") yoki umuman yo'q edi (ha, shunday proyektlar ham bo'lgan va kam emas). Bazan shunday holatlar bo'ladi, sizga proyektga qo'shilishdan oldin shunaqa savollar berishadiki u proyekt ideal deb o'ylaysiz, qo'shilganingizdan keyin esa holat idealdan ancha uzoq ekanligini ko'rasiz va u kirishdagi savollarning bazilari sizga ma'nosiz tuyuladi. Bu gal ham shunday bo'lsa kerak deb o'ylagandim, chunki TDD tatbiqini faqat kitoblarda o'qigandim. Kutilmaganda ko'rdimki har ikki qoida (TDD va PP) amalda qattiq qo'llaniladi. Ikkisi ham avvalida noodatiy tuyuldi, qanday qilib test yozishimiz mumkin agar hali "implementation"ni yozmagan bo'lsak deb o'ylardim, lekin jamoadoshlarimdan buni qanday amalga oshirishni tez orada o'rganib oldim. Masala muammoning yechimidan nima kutayotganimizni oldindan o'ylash haqida ekan. Undan tashqari PP ham boshida juda galati tuyuldi, jamoada kun boshida guruh teng ikkiga bo'linadi va har guruhdan bir odam narigi guruhdan birini tanlaydi va kun ohirigacha u bilan tanlangan ticket(lar) ustida birga ishlaydi. Odatda juftlar "shuffling" bo'lardi, yani bir odam bilan ketma-ket ikki kun ishlay olmasdik. Process juda qiziq, bir odam "navigator" boshqasi esa "implementor" (bazan "typist" deb aytilardi, chunki uning vazifasi asosan "keyboard"da tugma bosish) vazifasini bajaradi va har 15 minutda vazifa almashishadi. "Navigator"ning vazifasi muammoni qo'yish, u haqida fikr yuritish, "implementor"ga nima qilishi kerakligini aytib turish. Mabodo ticketda "refinement"da o'tkazib yuborilgan "case"lar bo'lsa ular uchun "tradeoff"larni ko'zdan kechirish va "design decision"larni qabul qilish. Bu orada "implementor"ning fikrini ham so'rab ko'radi. Tez orada bu uslubga ham ko'nikib qoldim. Bazan jamoa bazi sabablarga ko'ra toq sonli bo'lib qolar edi, shu paytlari kimdir yolg'iz ishlashi kerak bo'lar edi. Shunday holatga men tushib qolsam o'zimni noqulay his qilar, qilayotgan ishimning sifatiga shubhalanar edim.
Bularni nega gapirib berdim? Hozirgi kundagi AI "workflow"larni o'sha paytdagi "PP session"larga o'xshataman, faqat bu yerda endi AI faqat "implementor/typist" emas, balki oradagi chegara biroz surilgandek. Endi AI faqat kod yozmaydi, balki izlanish ham qiladi, muammoga yechimlarni ko'zdan kechiradi, "tradeoff"larga qarab ajratib chiqadi va biz("navigator")larga taqdim qiladi, bizga esa "design decision"larni qabul qilish va ish tugaganda uni "review" qilish qoladi. AI bilan oramizdagi mehnat taqsimotini "mechanics and responsibility" ga bo'lgim keladi, "mechanics" AIda, "responsibility" esa hanuz insonda.

May 04, 02:24

Assalamu alaykum!
Bir muddat uzilishdan keyin video darslarni davom etish uchun imkon paydo bo'ldi, alhamdulillah! Bu safar mavzumiz AI va LLMlar. Shaxsan o'zim bu soha mutaxassisi emasman afsuski, darsda asosan kuzatuvlarim va shu paytgacha tajribamdan o'tkazgan xulosalarimni aytib o'tishga harakat qilaman. Xatolar, noaniqliklar bo'lishi mumkin, agar shunday holat uchsatsangiz kommentlarda qoldirishingiz mumkin, undan keyingi darslarda tuzatish va aniqliklar kiritib ketishga harakat qilaman.
Kuningiz xayrli bo'lsin!
https://youtu.be/yeZ8QXzsYEU

April 22, 09:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Yangi O‘zbekiston” universitetida FinTech yo‘nalishidagi xakaton bo‘lib o‘tadi
25–26-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida
FinTech yo‘nalishidagi xakaton
tashkil etiladi.
Mazkur dastur doirasida ishtirokchilar 48 soat davomida jamoalar bilan ishlagan holda sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiqadi va o‘z g‘oyalarini amaliy mahsulot darajasiga olib chiqish ustida ishlaydi.
Xakaton davomida mentorlar ko‘magida loyihalarni takomillashtirish, ularni taqdim etish hamda keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyati yaratiladi. Eng kuchli jamoalar esa
2026-yil yozida bo‘lib o‘tadigan Idrock Startup Accelerator
dasturiga saralash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Shuningdek, g‘olib jamoalar
SQB
va
SQB Ventures
tomonidan taqdim etiladigan
qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Mazkur xakaton g‘oyani haqiqiy mahsulotga aylantirishni istagan yoshlar uchun muhim amaliy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
🗓
Sana:
25–26-aprel, 2026-yil
📍
Manzil:
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
🔗
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-build-with-ai-fintech-hackathon/
Barcha ishtirokchilar
t.me/bwai_community
Telegram guruhiga qo‘shilishlari mumkin.
@gdgtashkent

February 06, 12:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

February 05, 19:26

Claude Opus 4.6 va GPT 5.3 Codex
Bugun yuqorida zikr etilgan ikki AI model release bo’ldi. Yangiliklar bilan quyidagi linklarda tanishib chiqishingiz mumkin
PS: Claude Sonnet 5 ham yaqinda chiqishi kutilmoqda
https://www.anthropic.com/news/claude-opus-4-6
https://openai.com/index/introducing-gpt-5-3-codex/

December 09, 21:22

System design concepts
Interviewlarga tayyorlanayotgan middle va senior darajadagi dasturchilarga system design tushunchalari bilan tanishib chiqishni tavsiya qilaman
https://designgurus.substack.com/p/50-system-design-concepts-for-beginners

December 01, 08:42
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Assalomu alaykum. Webiston jamoasi Sun'iy Intellekt (SI) muhandisligi bo'yicha eng yaxshi va so'nggi kitoblardan biri — Chip Huyen'ning "AI Engineering" kitobini o'zbek tiliga o'girdi.
Ushbu kitob SI mahsulotlarini yaratish, ularni baholash va masshtablashtirish bo'yicha amaliy va nazariy bilimlarni o'z ichiga oladi. U nafaqat muhandislar, balki mahsulot menejerlari va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
Hozirda jami 10 bobdan quyidagi 5 ta bobi tarjima qilindi:
- Fundamental modellar asosida SI ilovalarini yaratish;
- Fundamental modellar mohiyati;
- Baholash metodologiyasi.
- SI tizimlarini baholash;
- Prompt muhandisligi;
Tarjima O'Reilly Media ruxsati bilan amalga oshirildi. Matnda texnik atamalar (inference, finetuning) xalqaro standartlarga mos ravishda saqlanib, o'zbek tilidagi izohlari bilan berildi.
Marhamat, kitob bilan tanishing va o'z fikrlaringizni bildiring.
👉
O'qish uchun:
https://webiston.uz/books/ai-engineering
#AIEngineering
#SuniyIntellekt
#SI
#Webiston
#UzbekIT

October 22, 13:19

https://nextjs.org/blog/next-16

September 27, 15:27

1m context window bilan bepul dasturlash modeli
https://blog.kilocode.ai/p/code-supernova-new-stealth-frontier-model-free-in-kilo

August 21, 12:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

"Fluent React" kitobi tarjimasidan keyin, Webiston jamoasi navbatdagi katta loyihani taqdim etadi: Devid Flanagan qalamiga mansub, klassik asar — "JavaScript: The Definitive Guide, 7th Edition"'ning o‘zbek tilidagi tarjimasi.
Loyiha O'Reilly Media nashriyotining rasmiy ruxsati bilan amalga oshirilmoqda.
Hozirda kitobning dastlabki 4 ta bobi platformamizda o‘qish uchun mavjud. Qolgan qismlari bosqichma-bosqich qo‘shib boriladi.
Bu o‘zbek IT hamjamiyati uchun muhim manba bo‘lishiga ishonamiz.
🔗
Havola:
webiston.uz/books/javascript-definitive-guide
#JavaScript
#Uzbekistan
#Dasturlash
#Webiston