
Doctor Nigora Shohusanovna
Артишок кимлар учун фойдали
❓
➖
Жигарни тозалашни хоҳловчилар учун:
Агар сизда жигар соҳасида оғирлик бўлса ёки кўп дори воситалари қабул қилган бўлсангиз, артишок жигар ҳужайраларини янгилайди ва заҳарли моддаларни (токсинларни) ҳайдайди.
➖
Ҳазм қилиш тизими қийналганларга:
Доимий қорин дам бўлиши (метеоризм), қабзият ёки овқатдан кейинги оғирликдан чаршаган бўлсангиз — артишок ўт (сафро) ажралишини яхшилаб, ҳазм жараёнини соатдек аниқ ишлатади.
➖
Озиш ва шишлардан қутилишни истаганларга:
Танада ортиқча сув йиғилиб, шишлар пайдо бўляптими? Артишок кучли табиий диуретик бўлиб, шишларни йўқотади, метаболизмни тезлаштиради ва вазн ташлашга ёрдам беради.
➖
Юқори холестерин ва қанд миқдорида:
Қондаги "ёмон" холестеринни камайтиради, томирларни тозалайди ва қанд миқдорини меъёрда ушлаб туради.
➖
Юзида ҳуснбузар ва доғлари борлар учун:
Ичак ва жигар тозаланса, тери ҳам тиниқлашади. Артишок ички гўзаллик орқали ташқи гўзалликни таъминлайди.
Jigar sirrozi
— bu jigar hujayralari asta-sekin nobud bo’lib, ularning o’rnini chandiq (fibroz) to’qimasi egallaydigan surunkali kasallik. Natijada jigar o’z vazifalarini to’liq bajara olmay qoladi.
Jigar sirrozining asosiy sabablari:
Virusli gepatit B va C.
Uzoq vaqt davomida spirtli ichimliklarni ko’p iste’mol qilish.
Jigar yog’ bosishi (ayniqsa semizlik va qandli diabet fonida).
Autoimmun jigar kasalliklari.
Ba’zi irsiy kasalliklar yoki uzoq muddat ayrim dorilarni qabul qilish.
Belgilari:
Doimiy holsizlik va tez charchash.
Ishtahaning pasayishi.
Ozib ketish.
Ko’z va terining sarg’ayishi.
Qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi (assit).
Oyoqlarda shish.
Teri qichishi.
Burun yoki milkdan qon ketishi.
Og’ir holatlarda hushning chalkashishi va uyquchanlik (jigar ensefalopatiyasi).
Xavflari:
Agar davolanmasa, jigar sirrozi:
jigar yetishmovchiligiga,
qizilo’ngach venalaridan qon ketishiga,
jigar saratoniga olib kelishi mumkin.
Davolash mumkinmi?
Hosil bo’lgan chandiqlarni odatda to’liq yo’qotib bo’lmaydi. Lekin kasallik erta aniqlansa, uning rivojlanishini sekinlashtirish yoki to’xtatish mumkin. Davolash kasallik sababiga qarab olib boriladi (masalan, gepatitni davolash, spirtli ichimliklarni to’xtatish, yog’li jigarni nazorat qilish va hokazo). Juda og’ir holatlarda jigar transplantatsiyasi kerak bo’lishi mumkin.
Lyamblya parazitlari haqidagi notòg’ri fikrlarni yòq qilamiz
🌿
Assalomu alaykum, aziz obunachilarimiz!
Bugun 8
-iyul, haftaning chorshanba kuni
.
Yangi kuningiz, barakali va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
🤍
Kunni yaxshi kayfiyat va sog‘lom hayot sari yangi qadamlar bilan boshlang. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga e’tiborli bo‘ling.
Welcome klinikasi bugun ham siz uchun o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Barchangizga unumli va fayzli kun tilaymiz!
🌸
Ketishimizadan oldin shunda taomlarni bizga tayorlab berishdi, rahmat