
e-gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
“2026-2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (202-son, 24.04.2026-y.) qabul qilindi.
🔰
Qaror bilan 2026-2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi
(Dastur)
tasdiqlandi.
📑
Dastur doirasida
“Onlayn-mahalla”
platformasi va “mahalla yettiligi” ko‘magida aholi muammolarini tahlil qilib, dolzarb masalalarga qonuniy yechimlar beruvchi sodda media materiallar
(annotatsiya, video, infografika, bukletlar)
ishlab chiqiladi.
📜
Yil yakunida aholining murojaatlari asosida
“TOP-100
huquqiy tavsiya”
to‘plami shakllantirilib, video, infografika va podkastlar tayyorlanadi. Yangi qonunchilik hujjatlarini mutaxassislar ishtirokida intervyu, podkast va videolar orqali sodda tushuntiruvchi materiallar
“AdliyaTV”
da joylashtiriladi.
🏢
Qurilish qonunchiligini interaktiv (o‘yinlar, testlar, videolar) tushuntiruvchi, noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish imkoniyatiga ega AI–chatbotli
“Qurilishda qonuniylik”
mobil ilovasi yaratiladi.
🔗
“
Advice.uz
”
va
“Gender-madad”
platformalari takomillashtirilib, ijtimoiy tarmoqlarda “Sovrinli viktorinalar” o‘tkaziladi.
📄
Shuningdek, Dasturda quyidagilar nazarda tutildi:
🔹
bolalar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida huquqiy videoroliklar ishlab chiqish hamda keng targ‘ib qilish;
🔹
“Oilani asrang – zo‘ravonlikni to‘xtating!”
shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy chellenjlar hamda ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil etish;
🔹
ta’lim muassasalarida
“Huquqiy bilimlar oyligi”
ni o‘tkazish.
📝
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
🗣
Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi
🟡
Bugungi kunda davlat xizmatlarini raqamlashtirish nafaqat ehtiyoj, balki samarali boshqaruvning asosiy shartidir. Shu maqsadda
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi
tomonidan davlat xizmatchilari uchun
sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar
bo‘yicha navbatdagi amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
👉
Tadbirda asosiy urg‘u:
✅
Davlat organlarida ish jarayonlarini sun’iy intellekt yordamida optimallashtirish;
✅
my.gov.uz
portalining yangi imkoniyatlari va aholi uchun yaratilgan so‘nggi qulayliklar bo‘yicha master-klass;
✅
Mahallabay ishlash tizimida raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga qaratildi.
💬
Mazkur seminar ham bilim almashish, ham hududlarda raqamli xizmatlar qamrovini oshirish bo’yicha tajriba orttirishga yo'l ochadi. Kelgusida bunday o‘quv treninglari barcha tuman va shaharlarda tizimli ravishda davom ettiriladi.
📱
Biz bilan qoling, innovatsiyalar mahalla darajasigacha kirib boradi!
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
23-aprel — AKT sohasida xalqaro qizlar kuni
munosabati bilan Prezidentimiz tomonlaridan ayollarning ushbu yo‘nalishda rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini yana bir bor
eslatib
, qizlarimizni yanada ko‘proq o‘z ustilarida ishlab, zamonaviy bilimlarni o‘rganishga, bizni sohada kar‘era qilishlariga hamda o‘z startaplarini yaratishlariga undaymiz.
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, bayram muborak!
🖥
“Yoshlar kuni” doirasida vazir yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
⭐️
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralar hamda hududlarda
“Yoshlar kuni”
sifatida belgilanishi yoshlar bilan ochiq va tizimli muloqot mexanizmini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Shu munosabat bilan Raqamli texnologiyalar vaziri
Sherzod Shermatov
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olayotgan talabalar va yosh mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🎲
Tadbir avvalida vazir yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar va texnologik loyihalar bilan tanishdi. Xususan, 3D-printerlar yordamida yaratilgan mahsulotlar, robototexnika yechimlari, uchuvchisiz qurilmalar maketlari hamda ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Yoshlarning amaliy yondashuvi va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, vazir yoshlarga ushbu ishlanmalarni yanada takomillashtirish, amaliyotga keng joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.
🤩
Dastlab yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, ilg‘or g‘oyalari va tashabbuslari tinglandi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, fintex, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish hamda ushbu yo‘nalishlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muloqot markazida bo‘ldi.
⚡️
Kelgusi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun
ro‘yxatdan o‘ting!
Batafsil:
👉
https://digital.uz/oz/news/view/157252
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
🗣
Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashamiz
📹
"Qulay hayot"
podkastining navbatdagi sonida biz ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar, ehtiyojmand aholiga yordam ko'rsatish va nafaqalarni tayinlashdagi yangi raqamli imkoniyatlar haqida ma'lumot berishga harakat qildik.
🔝
Unda fuqarolar uchun yaratilayotgan shaffof tizimlar hamda sarsongarchilik va qog'ozbozlikka chek qo'yuvchi zamonaviy yechimlar haqida so'z bordi.
✅
Shuningdek, ijtimoiy yordam turini belgilashda inson omilini kamaytirish, nafaqa yoki subsidiyalarni onlayn rasmiylashtirish va "Ijtimoiy reyestr" orqali adolatli taqsimotni ta'minlashning afzalliklari nimada? Tizim bu o'zgarishlarga qay darajada tayyor? Mutaxassislar suhbat davomida shu kabi dolzarb savollarga javob berishdi.
👉🏻
"Qulay hayot" podkastini tomosha qiling:
https://youtu.be/2n05z91ltlQ
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
#OAV_biz_haqimizda
▶️
Endi sizni sudga berishsa, onlayn bilish mumkin bo‘ladi
Shu kungacha sud bilan bog‘liq noroziliklarning katta qismi aynan fuqarolar sud majlisi haqida kech xabar topishi yoki umuman bexabar qolishi bilan bog‘liq edi. Ayrim hollarda esa insonlar o‘z ishtirokisiz qabul qilingan sud qarorlari haqida keyinchalik eshitib, tabiiy ravishda e’tiroz bildirib kelgan.
Endilikda esa bu muammoga zamonaviy yechim topildi.
My.gov.uz
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Oliy sud interekativ xizmatlar portali integratsiya qilindi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
🟡
Davlat xizmatchilarining raqamli ko‘nikmalari oshirilmoqda
🏢
Davlat organlarining raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga mas’ul rahbar o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) hokim yordamchilari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.
🧑💻
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF–189-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda davlat organlarining raqamlashtirish bo‘yicha mas’ul rahbar o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda yordamchilari ishtirok etishdi.
📹
Seminar davomida Markaz mutaxassislari tomonidan tayyorlangan elektron davlat xizmatlari va
my.gov.uz
platformasining keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi. Ishtirokchilar sohadagi yangi vositalar bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
✅
Tadbir yakunida bu kabi o‘quv seminarlarini hududlarda ham tizimli ravishda davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
📊
EDU.BSA.UZ
— davlat xizmatchilari uchun raqamli ta’lim platformasining asosiy ko‘rsatkichlari
Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda masofaviy ta'lim platformasi muhim raqamli ekotizimga aylanmoqda.
Bugungi kunda platformada
8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslari
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular davlat xizmatchilariga masofadan turib bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini bermoqda.
Hozirda platforma orqali:
▪️
164 100 nafar davlat xizmatchisi ro‘yxatdan o‘tgan.
▪️
296 344 ta sertifikat berilgan.
Hududlar kesimida sertifikat olganlar soni bo‘yicha
Toshkent shahri
(38 951) yetakchi o‘rinda. Shuningdek,
Andijon
(25 568),
Samarqand
(22 250) va
Surxondaryo
(19 572) viloyatlarida ham platformadan faol foydalanilmoqda.
👍
EDU.BSA.UZ
platformasi bilan o‘z malakangizni oshiring va zamonaviy bilimlarni egallang!
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
🗣
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etiladi
Bugungi kunda innovatsiyalar va raqamlashtirish global iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib, axborot texnologiyalari sohasini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro IT-kompaniyalarni jalb etish orqali eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jarayonda sohaning tez sur’atlarda o‘sishi zamon talablariga mos, moslashuvchan va ilg‘or normativ-huquqiy bazani shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xususan, bozor ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish, investitsiyalarni keng jalb etish hamda sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar kabi ilg‘or texnologiyalar bilan ishlovchi subyektlar uchun shaffof qonunchilikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun
loyihasini ko‘rib chiqdilar. Mazkur loyiha Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini alohida hududda maxsus huquqiy rejim asosida tartibga solishni nazarda tutadi.
Ta’kidlanganidek, qonun loyihasining asosiy maqsadi — Markazning maxsus hudud sifatidagi maqomini belgilash va uning hududida amal qiladigan alohida huquqiy rejimni joriy etishdan iborat. Unga ko‘ra, markaz hududida moslashuvchan soliq va bojxona tizimini joriy etish, shuningdek, rezidentlar uchun qulay biznes muhitini yaratish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, jumladan “yagona darcha” tamoyili asosida ro‘yxatga olish va boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, intellektual mulk hamda investitsiyalarni himoya qilish kafolatlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikning aniq tartiblarini belgilash va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.
Shuningdek, markaz hududida davlat xizmatlarini tezkor ko‘rsatish va nizolarni hal etishda xalqaro huquq normalaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
Qayd etilishicha, mazkur markaz O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini cheklamaydi. Aksincha, yangi yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy IT-kadrlarni tayyorlash va iqtisodiyotda raqamli sektor ulushini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini kengaytirishga zamin yaratadi.
Qonun loyihasining dolzarbligi alohida e’tirof etilib, u birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn
✨
Raqamli hukumat markazi xodimlari Samarqand shahriga sayohat qildi
Raqamli hukumat markazining bir guruh xodimlari uchun navbatdagi madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixi va betakror madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Dastur mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etildi. Dastlab sayohatchilar Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, buyuk muhaddisning hayoti va ilmiy merosi haqida atroflicha ma’lumot oldilar.
Sayohat davomida Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor qadamjolari ham ziyorat qilindi. Ayniqsa, Registon maydonidagi madrasalar ansamblining betakror me’moriy qiyofasi va tarixi ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Mazkur sayohat markaz xodimlari uchun yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Bu kabi tashabbuslar jamoada o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash va korporativ madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
egov.uz
|Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
instagram
|
LinkedIn