Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

🌨️ 𝐄𝐊𝐎𝐍𝐔𝐑 🌲

ekonuruz
♻️ "𝐄𝐤𝐨𝐍𝐮𝐫" 𝐞𝐤𝐨 𝐯𝐨𝐥𝐨𝐧𝐭𝐲𝐨𝐫𝐥𝐚𝐫 𝐡𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐭𝐢 ♻️ "𝐄𝐤𝐨 𝐦𝐚𝐫𝐚𝐟𝐨𝐧" 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐢 Shiorimiz: 🌿 Tabiat uchun oʻzgarish boʻl! 🌿 ✅ Murojaat uchun: @Kimyogar02
Подписчики
3 680
24 часа
10
30 дней
-150
Просмотры
1 519
ER
0,41%
Посты (30д)
5
Символов в посте
847
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
December 31, 17:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌱
EKONUR — 2025 yil yakunlari sarhisobi!
➡️
Yil davomida biz bilan birga bo‘lgan barcha tabiatsevarlarga katta rahmat!
🥰
EKONUR
sahifasi qisqa vaqt ichida katta jamoaga aylandi va bu raqamlar buning yaqqol isbotidir:
😀
+5 904
— yangi obunachilar
👀
414 088
— umumiy ko‘rishlar
😀
4 716
— reaksiyalar
😀
2 191
— izohlar
😀
5 813
— ulashishlar
😀
155
— e’lon qilingan postlar
🫶
Eng mashhur post


EKO MARAFON – 9-mavsumga start berildi!”
Bu post minglab insonlarni ekologik harakatga chorlay oldi!
🌍
💚
Eng mashhur reaksiya —
❤️
Demak, tabiatga bo‘lgan mehr yuraklardan joy olgan!

Bu yutuqlar — bizning umumiy mehnatimiz.
Oldinda yanada katta rejalar, yangi loyihalar va yashil tashabbuslar kutmoqda!
🌿
EKONUR bilan birga tabiatni asraylik!

December 29, 13:57
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#EKONUR
#EKOMARAFON
#FLESHMOB
12-mavsum delegatlari nimalar qilayotganligi sizlarga qiziqmi?
💁‍♂
Marafon davomida delagatlarimiz nafaqat ekologiya haqidagi bilim va koʻnikmalarini yanada shakllantirishdi hatto tabiatga boʻlgan dahldorlik hislarini ham mustahkamlay oldilar.
🌿
Qanday qilib deysizmi?
🌱
Dastur davomida maxsus belgilangan topshiriq ya'ni, qog'ozlariga
Tabiatni asrab avaylashga qaratilgan turli xil ilhomlantiruvchi chaqiriqlar va shiorlar
ni yozishdi va omma oldida o'zlarini erkin his qilgan holda kamfort zonalaridan chiqishdi, haqiqiy ekofaollar chaqiriqlari qanday bo'lishini ommaga ko'rsatib qo'yishdi !
🍃
Biz
EkoNurchilar
aholini tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishlarida undovchi bunday eko harakatlar davomiy boʻlishini judayam istar edik ...
🪲
https://t.me/ekonuruz

December 28, 14:52
Файлы недоступны
6
6
Открыть в Telegram

“Tabiatga tashlangan har bir chiqindi — aslida yangi hayot boshlanishi mumkin bo‘lgan imkoniyatdir.”
🌱
EKO MARAFON — BEFARQLIKKA QARSHI AMALIY QADAM
!
Eko marafon loyihasining 12-mavsumi doirasida ishtirokchilar tomonidan keraksiz, chiqindi uchun ajratilgan materiallardan
yangi va foydali buyumlar
yaratildi. Bir qarashda qiymatsizdek tuyulgan buyumlar ijod, mas’uliyat va ekologik tafakkur orqali
ikkinchi hayot
ga ega bo‘ldi.
Bu jarayon faqatgina buyum yasash emas —
♻️
bu
resurslardan oqilona foydalanish
,
🌍
bu
tabiatga bo‘lgan hurmat
,
🤝
bu esa
kelajak avlod oldidagi
javobgarlikdir.
Har bir ishtirokchi o‘z ishida shuni isbotladi:
👉
chiqindi muammo emas,
to‘g‘ri yondashuv bo‘lsa — yechimdir
.
💚
Eko marafon davom etadi. Chunki tabiatni asrash — bir kunlik aksiya emas, balki
hayot tarzi
.
🌿
@ekonuruz

December 28, 12:29
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Tabiat haqidagi tasavvurning rangin dunyosi bilan tanishishga tayyormisiz?!
🖌
EKONUR
ekomarafoni ishtirokchilari "
Eko odam mening tasavvurimda
" mavzusi asosida rasm chizishdi. E'tiboringizga ularning ijod namunalaridan bir qismini taqdim etamiz!
🌱
Bizning eko oilada iste'dodlilar juda ko‘p ekanining guvohi bo‘ldik! Bu nafaqat ishtirokchilarga estetik zavq bagʻishlaydi balki ekologik madaniyatini yuksaltirishda ham katta urgʻu boʻladi. Bu san'at asarlari go‘zalligidan siz ham bahramand bo‘ling!
Keyingi loyihalarimizga ishtirok etishga siz ham tayyor turing! Sizning eko iste'dodingizni kashf etishga ko‘maklashamiz!
🎨
💚
@ekonuruz
💚

December 28, 04:17
Файлы недоступны
18
Открыть в Telegram

12-mavsumning 1-kuni muvaffaqiyatli yakun topdi!
Kuni kecha respublikamiz boʻylab tashkil etilib kelinayotgan "
Eko marafon
" loyihasining yangi mavsumiga
start
berildi.
📶
Jamoalar dastlab kichik guruhlarga bo‘linib, o‘zaro tanishib olishdi! Tanishuv davomida bir-birlariga ekologik hislatlarini o‘rtoqlashishdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa “
Mehr ulashish
” aksiyasini o‘tkazishdi. Insonni inson qiladigan eng muhim fazilat –
mehribonlik va bag‘rikenglik
!
🐕
🐈
Aksiya doirasida ishtirokchilar o‘z hududidagi boshpanasiz kuchuk va mushuklarga
ovqat va suv yetkazishdi
.
🍵
Bu kichik, ammo juda muhim harakat – hayotga umid nurini sochadi.
😕
Kimdir bu ishni arzimas deb bilishi mumkin. Ammo yuragi bor inson uchun
har bir mehrli qo‘l, har bir berilgan taom – qimmatli va zarur ishdir
.
🤗
Siz ham qo‘shiling, boshpanasiz jonzodlarga mehringizni ulashing!
Axir siz berahm va yuraksiz inson emassiz, to‘g‘rimi?
🐶
🐱
💚
@ekonuruz

December 23, 04:33

🌍
Tabiatni asrash yo‘lida birlashamiz!
⭐️
Qabul yakunlanmasdan turib bizga 1000 dan ortiq talabgor ariza topshirgani haqida aytgan edik. Ulardan dastlab, 150 nafar nomzod qabul qilinishi rejalashtirilingan edi.
🌳
Ammo, qiziqishning yuqoriligi va ishtirokchilarning…

December 23, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌍
Tabiatni asrash yo‘lida birlashamiz!
⭐️
Qabul yakunlanmasdan turib bizga
1000 dan ortiq
talabgor ariza topshirgani haqida aytgan edik. Ulardan dastlab,
150
nafar nomzod qabul qilinishi rejalashtirilingan edi.
🌳
Ammo, qiziqishning yuqoriligi va ishtirokchilarning maqsadga uygʻunligi sababli qoʻshimcha yana
50 nafar nomzodni qabul qilishga qaror qildik
!
📋
Endi esa
200 nafar
ekofaollar atrof-muhitni asrash va tabiatni himoya qilish yoʻlida
12
-
mavsumda
amaliy harakatga qoʻshiladilar.
🌱
Quyida saralashdan o‘tgan nomzodlar ro‘yxatini keltiramiz:
(
koʻk yozuvni ustiga bosish orqali bilib olishingiz mumkin
)
👉
[
12-MAVSUM DEELGATLARI
]
👈
🇺🇿
"
EkoNur
" jamoasi tabiatni sevuvchi va asrab-avaylashga bel bogʻlagan har bir ishtirokchini
qadrlaydi
. Bizni kuzatishda davom eting!
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻta olmaganlar kayfiyatni hech ham tushirmagan, 13-mavsum uchun astoydil bel bogʻlang!
💚
https://t.me/ekonuruz

December 22, 15:34

Natijalarni kutayotgan bormi?

December 19, 15:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌱

Ekomarafon
” loyihasi yuzasidan kelayotgan barcha savollarga umumiy javob beramiz:
🌿
Loyiha “
EkoNur
” eko volontyorlar harakati tomonidan
Xusayn Tursunboyev
tashabbusi bilan 2023-yilning avgust oyidan buyon o'tkazilib kelinmoqda.
O'tgan vaqti ichida marafonning
1️⃣
1️⃣
ta
mavsumi tashkil etilgan bo'lib,
1️⃣
6️⃣
🔤
🔤
dan ortiq yoshlarni
bir maqsad yo'lida birlashtira olgan.
🌞
Loyiha maqsadi
:
✓ Atrof-muhit muhofazasi va ekologik muhitni yaxshilash jarayonida yoshlar va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish;
✓ Yoshlarning ekologik bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish;
✓ Eko volontyorlar hamda ona tabiatni asrab-avaylashda tashabbuskorlar safini kengaytirish;
✓ Loyiha davomida hududlarda samarali ekologik harakatlarni olib borish.
🌝
Loyihani oʻtkazish tartibi:
Loyiha onlayn tarzida boʻlib oʻtadi, bu degani dars mashg'ulotlari, jamoaviy ko'ngilochar dasturlar, treninglar onlayn tashkil etiladi.
Qulaylik tomoni shundaki,
bu loyihada respublikamiz va jahonning istalgan nuqtasidan turib ishtirok etishingiz, onlayn tarzida ekologik bilim va ko’nikmalaringizni oshirishingiz, dasturlar orqali bo’sh vaqtingizni mazmunli tashkil etishingiz, boshqa ishtirokchilar bilan o’zaro tajriba almashishingiz mumkin bo’ladi.
🌚
Ammo
, o’quv treninglari va ko’ngilochar dasturlardan tashqari eko marafon doirasida delegatlar uchun
ona tabiatni asrab-avaylash, tabiat resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayvonlarga mehrli munosabatda bo’lish
ga qaratilgan
vazifalar
taqdim etiladi. Ushbu vazifalarni ishtirokchilar ayni vaqtdagi yashash hududlaridan turib, amaliy tarzida bajarishlari kerak hisoblanadi. Bu orqali albatta, ekologiyani yaxshilanishida, barqaror kelajak uchun o’zlarining amaliy hissalarini qo’shishgan hisoblanishadi.
Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ishtirokchilar onlaynda olgan bilim va koʻnikmalarini eko-vazifalarni bajarish orqali amaliyotda qoʻllaydilar.
🤩
Loyiha sizga taqdim etadi:
1) Jamoaviy ishlash ko’nikmangizni oshirishni;
2) Turli hududlardan ishtirok etayotgan tengdoshlaringiz bilan o’zao tajriba almashishni, yangi do’stlar orttirishni;
3) Intellektual qobiliyatingizni shakllantirishni;
4) Siz bilgan va bilmagan ekologik bilimlaringizni oshirish va ona tabiatga bo’lgan muhabbatingizni mustahkamlashni;
5) Jamiyatdagi faol shaxs sifatida yanada ko’proq savobli ishlarga qo’l urishingizni;
6) Loyiha doirasida faol bo’lsangiz hamkorlar tomonidan tasdiqlangan
xalqaro qr kodli sertifikatni
.
😊
Bir so’z bilan aytganda Eko marafon sizni
eko odam
sifatida qaytadan kashf etadi, Vatanga,
tabiatga mehrli munosabatda bo’lishga undaydi
!

Agarda sizda yana savol va murojaat boʻlsa marhamat izohlarda yozib qoldiring.
☘️
@ekonuruz

December 18, 05:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qabul_yakunlandi
📮
12-mavsum uchun qabul - kelib tushgan arizalar soni 1000 dan ortib ketganligi sababli muddatidan avval yakunlanganligini maʼlum qilamiz.
🕵‍♂
🕵‍♀
Tashkilotchilar esa kelib tushgan nomzodlarning anketa savollariga yoʻllagan javoblariga qarab eng munosib
150 nafarini
tanlab olish ishlarini boshlash arafasida.
Albatta, bu koʻp vaqtni talab etadi.
👩‍🌾
👨‍🌾
Loyihada ishtirok etish istagidagi barcha faollarga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
EkoNur
ekofaollarni hamisha qadrlaydi.
Balki 150 ta emas, undan koʻproq ishtirokchilarni tanlab olarmiz
. Buni albatta vaqt koʻrsatadi.
EKOMARAFONDA
koʻrishguncha
🖐
🪷
@ekonuruz
🪷