
Elyorbek_Alimov_official
⚡️
Tibbiyot talabalari haftada uch kun amaliyot o‘taydi, xodimlarga 5,5 million so‘mgacha ustama beriladi
Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan uchrashuvda kadrlar tayyorlashni bevosita klinik amaliyot bilan bog‘lash hamda tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha muhim choralarni ma’lum qildi.
Kelasi yildan talabalar haftada uch kun bemorlar bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa so‘nggi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Shuningdek, soha xodimlari uchun qo‘shimcha ustamalar belgilanadi: bakalavriatni tamomlagan hamshira va o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga — 2,5 million so‘m, oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassislariga esa 5,5 million so‘m miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
@elyorbek_alimov_official
🎓
«Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati
📍
Urganch davlat tibbiyot instituti 2-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida
«Ogoh yoshlar — xavfsiz jamiyat poydevori»
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
👥
Mazkur tadbirda Pediatriya fakulteti tyutori
B.Q. Qurbanov
, 2-son TTJ tarbiyachi-pedagogi
R.M. Atadjanov
hamda talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
🎯
Tadbirning asosiy maqsadi:
📚
talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish;
🛡
ularni turli yot g‘oyalar, buzg‘unchi mafkuraviy ta’sirlar va axborot xurujlaridan ogoh etish;
💡
yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash;
🧠
tanqidiy fikrlash hamda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini rivojlantirish.
#Ma
’rifat
#OgohYoshlar
#UrganchDavlatTibbiyotInstituti
#PediatriyaFakulteti
#TTJ
📲
@elyorbek_alimov_official
⚡️
Kelasi yildan rezidentura bepul bo‘ladi, talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan
“Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari”
joriy etilishini ma’lum qildi.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Prezidentimiz 2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish –
rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib, “universitet klinikasi” tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi.
@elyorbek_alimov_official
❗️
Tibbiyot hodimlari uchun Ibn Sino davlat mukofoti taʼsis etiladi.
Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.
@elyorbek_alimov_official
#Iqtibos
Don yerga ko‘miladi, uning yerga ko‘milishi bog‘u-rog‘ning ko‘karishiga sabab bo‘ladi.
©
Jaloliddin Rumiy
@elyorbek_alimov_official
⚡️
Hududiy menejerlar kerak farmatsevtika sohasi uchun
💵
Maosh:
kelishiladi 7.000.000dan 10.000.000gacha
📍
Hudud:
O‘zbekiston bo‘ylab
#Xorazm
#Ayollar
#Erkaklar
📣
Ish haqida:
– Farmatsevtika sohasida tajribaga ega, jamoani boshqara oladigan va yuqori natijalarga erishishga intiladigan professional hududiy menejerlar hamkorlikka taklif qilinadi.
– Biriktirilgan hududdagi dorixonalar faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
– Filial rahbarlari va xodimlar ishini muvofiqlashtirish.
– Savdo hajmini oshirish va belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish.
– Hududiy rivojlanish strategiyasini amalga oshirish.
– Dorixonalar faoliyatini tahlil qilish va muammolarni tezkor hal etish.
– Kompaniya rahbariyatiga hisobot taqdim etish.
– Hududiy menejer yoki rahbarlik lavozimida tajriba talab qilinadi.
– Jamoani boshqarish va xodimlarni motivatsiya qilish qobiliyati.
– Muzokara olib borish, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari.
– Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik.
– Xizmat safarlariga tayyorlik.
❗️
Talablar:
– Farmatsevtika yoki dorixonalar tarmog‘ida ish tajribasi.
– Hududiy menejer yoki rahbarlik lavozimida tajriba.
– Jamoani boshqarish va motivatsiya qilish ko‘nikmalari.
– Muzokaralar o‘tkazish, tahlil qilish va qaror qabul qilish.
– Mas’uliyatlilik va tashabbuskorlik.
– Xizmat safarlariga tayyorlik.
✅
Biz taklif qilamiz:
– KPI asosida bonus va rag‘batlantirish imkoniyati.
– Kasbiy o‘sish va rahbarlik salohiyatini namoyon etish imkoniyati.
– Professional jamoada ishlash.
📌
Manzil:
O‘zbekiston bo‘ylab
☎️
Bog‘lanish:
@HRZumrad
+998872460155
+998990982222
@elyorbek_alimov_official
🏛
Ibragimov Sardorbek Jumanazarovich
🎓
Urganch davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
📚
O‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish – fakultet faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.
📲
Obuna bo‘ling:
@elyorbek_alimov_official
🏛
Yusupov Izzat Sultanovich
🎓
Urganch davlat tibbiyot instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori,
🔬
Tarix fanlari doktori, dotsent
🌟
Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash va vatanparvar, har tomonlama yetuk avlodni shakllantirish – institut faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.
📲
Obuna bo‘ling:
@elyorbek_alimov_official
🏛
Ruzibayev Rashid Yusupovich
🎓
Urganch davlat tibbiyot instituti rektori
🔬
Tibbiyot fanlari doktori, professor
⚕️ Tibbiyot ta’limi sifatini oshirish, malakali va zamonaviy fikrlaydigan shifokorlarni tayyorlash hamda ilm-fanni rivojlantirish – institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.
📲
Obuna bo‘ling:
@elyorbek_alimov_official