
YaET (Xalq ta’limining yagona elektron tizimi) | Rasmiy kanal
Assalomu alaykum hurmatli mas’ullar!
VM-295 qaroriga
asosan, bir maktabdan boshqa maktabga o‘quvchini ko‘chirish xizmati
26-maydan 1-avgustgacha
yopiladi
. Ushbu tartib offline hududlarga ham tegishli bo‘lib, ERP tizimida ham “keldi-ketdi” funksiyasi vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu sababli, o‘quvchilar harakati bilan bog‘liq ishlaringizni imkon qadar tezroq yakunlashingizni so‘raymiz. Agar hali ko‘chirilmagan o‘quvchilar bo‘lsa, iltimos, ularni ham e’tibordan chetda qoldirmang.
Ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin Aziz ustozlar!
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!
🎉
Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar!
👩🏻🏫
👨🏻🏫
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bulan, aziz va qadrli ustozlarimiz uchun xalq tanigan insonlar video-tabrik tizeri
#YaET
#XTV
#OQUVCHI
📣
Hozirgi kunda «
Yagona elektron tizim -
erp.maktab.uz
» dasturiy majmuasida tizimdagi barcha umumta’lim maktablari
o‘quvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar integratsiya orqali Adliya vazirligining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bazasi
ma’lumotlari asosida shakllantirildi.
✅
Shuningdek, dasturiy majmuada o‘tgan o‘quv yili
maktab bitiruvchilari, ularni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganligi
yoki kasbga jalb qilinganlik ma’lumotlari, yangi o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar hamda o‘quvchilarning bir maktabdan boshqa maktabga o‘tkazish jarayonlari raqamlashtirildi.
📊
Dasturiy majmua o‘quvchilar soni to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish,
real vaqt rejimida o‘quvchilar harakatini onlayn kuzatish
, ularning davomad va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, aniq ma’lumotlar asosida turli prognozlashtirish hisoblarini yuritish imkonini yaratadi.
Telegram
|
Youtube
|
Facebook
|
Instagram
#YaET
#XTV
#INTEGRATSIYA
📣
Xalq ta’limining «
Yagona elektron tizimi -
erp.maktab.uz
» dasturiy majmuasi bir qator boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalari bilan ma’lumot almashinuvi
(integratsiya)
yo‘lga qo‘yilgan.
🔁
erp.maktab.uz
dasturiy majmuasida ma’lumotlar integratsiya orqali boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlar asosida elektron shakllantiriladi, shuningdek tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda yuboradi.
Bu inson omili sabab yuzaga keladigan xatoliklarni oldini olish hamda ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishlarni qisqartirishga imkon beradi.
Telegram
|
Youtube
|
Facebook
|
Instagram
#XTV
#YaET
#ERP
📣
Xalq ta’limi tizimidagi barcha umumta’lim maktablari
, hududiy boshqarma va bo‘linmalari hamda respublika tashkilotlarida ma’lumotlar almashinuvini elektronlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan «
Yagona elektron tizim -
erp.maktab.uz
» dasturiy majmuasi ishga tushirildi.
❗️
❗️
❗️
Xalq ta’limi tizimining yagona elektron tizimi
-
ERP axborot tizimi o’zi nima?
ERP, aslida - “
Enterprise Resource Planning
” ya’ni tashkilot yoki muassasaning mavjud bo’lgan resurslari hamda jarayonlarni rejalashtirish va boshqarish deganidir.
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasining
asosiy maqsadi ham umumta’lim muassasalaridagi bor jarayonlarni avtomatlashtirishdan iborat.
Dasturiy majmuaning qulay tarafi, undagi barcha yuqori turuvchi va quyi tashkilotlar bir tizimda o’zaro elektron tarzda ma’lumot almashadi, raqamlashtirilgan jarayonlarni uzviy bog'laydi
.
Telegram
|
Youtube
|
Facebook
|
Instagram
#КУН_НАФАСИ
🖥
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
📣
"Ягона электрон тизими -
erp.maktab.uz
" дастурий мажмуаси билан ишлаш бўйича Штаб ташкил этилди.
⚡️
Бугун Халқ таълими вазирлиги томонидан жорий қилинган "Ягона электрон тизими -
erp.maktab.uz
" дастурий мажмуаси билан ишлаш ва мавжуд муаммоларни бартараф этиш, жумладан ўқувчилар сони, синф комплектларини ҳамда ходимлар сонини тўғри ҳолатда янги ўқув йилига ўтказиш мақсадида Чиноз туманида Халқ таълими вазирлигининг Инновация, технология ва стратегия маркази мутахассислари ҳамда Тошкент вилояти халқ таълими бошқармасининг масъул ходимларидан иборат Штаб ташкил этилди.
https://t.me/toshkentvxtb/31831
⚡️
Штаб аъзолари тумандаги мактаб масъулларига юқоридаги масалалар юзасидан тушунтириш ишларини амалий тарзда ташкил этмоқда.
✅
Шунингдек, ташкил эилган Штаб томонидан ЕRР базасида
✳️
Ягона электрон тизим (
erp.maktab.uz
) орқали 2021-2022 ўқув йилини тугатиш;
✳️
2022-2023 ўқув йилида 1-синфга қабул қилинган ўқувчиларни синфларга бириктириш;
✳️
ҳар бир мактабнинг синфлар комплектини кўриб чиқиб, тизим орқали тасдиқлаш;
✳️
ўқувчилар ҳаракатини амалга ошириш вазифалари белгиланган.
🖊
Тошкент вилояти Халқ таълими бошқармаси Ахборот хизмати
Каналга уланиш
👉
@toshkentvxtb
📣
📣
ВАЗИР ЎРИНБОСАРИ АНДИЖОНДАГИ МАКТАБЛАРДА ВЕБИНАР ЎТКАЗДИ
🔸
Жорий йилнинг 4 август куни Андижон вилояти халқ таълими бошқармасида Халқ таълими вазирининг ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида Халқ таълими вазирлигининг
"Ягона электрон тизими -
erp.maktab.uz
"
дастурий мажмуаси билан ишлаш ва мавжуд муаммоларни бартараф этишга бағишланган онлайн вебинар ўтказилди.
🔸
Вебинарда вазир ўринбосари томонидан ЯЭТ дастурий мажмуаси ўқитувчи ва ўқувчилар билан ишлашда янада қулайлик яратиш ва юзага келиши мумкин бўлган муаммоларни олдини олишда юқори самара бериши алоҳида таъкидланиб, платформага ўз вақтида маълумотларни жойлаш бўйича тегишли кўрсатмалар бериб ўтилди.
👨🏻💻
Вебинар давомида қуйидаги лойиҳалар тақдимоти бўлиб ўтди:
🔹
MILLIY TA'LIM RESURSLARI
(YouTube)
🔹
MAKTAB.UZ
🔹
KITOB.UZ
-
Apple Store
|
Play Market
🔹
SMARTLAND
-
Apple Store
|
Play Market
|
Veb-versiya
🔹
VR SAYOHAT
🔹
EDU KIDS
🔹
ARTSHOP
🔹
EDUCARE
Халқ таълими вазирлигининг “Ягона электрон тизими -
erp.maktab.uz
” дастурий мажмуасини худудларда амалиётга жорий этиш ҳолати таҳлил қилинди.
Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов раислигида жорий йилнинг 2 июнь куни
вазирликнинг масъул ходимлари, ҳудудий халқ таълими бошқарма ва бўлинма раҳбарлари ҳамда мутасаддилари
иштирокида вазирликнинг 01-159-сонли чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифаларни бажарилиш ҳолати юзасидан видеоконференция кўринишида муҳокама ўтказилди.
Муҳокамада чора-тадбирлар режасида белгиланган вазифалар ҳудудий бошқарма ва бўлинмалар томонидан бажарилиш ҳолати танқидий кўриб чиқилиб, режадаги ҳар бир амалга оширилиши лозим бўлган вазифаларни вилоят ва туман(шаҳар)лар кесимидаги масъуллари аниқ белгилаб берилди.
Белгиланган муддатларда ишларни юқори савияда ташкил этиш ва бажариш бўйича кўрсатмалар берилди.