Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Esse Behruz bilan

esse_behruz
📖 "O‘qi" degan Zot: "O‘qidingmi?" — deb albatta so‘raydi. 📌 Kanal admini: Behruz Xurramov 🎙 Jurnalist 💡 Motivator 👨‍🏫 O‘qituvchi 📸 PR menejer 📝 Esseshunos 📬 Aloqa uchun: @ishonchim_205 ​
Подписчики
1 748
24 часа
18
30 дней
160
Просмотры
556
ER
31,81%
Посты (30д)
25
Символов в посте
1 036
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 12, 03:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Diqqat! Yangilik
🥳
😍
🎉
Esse bazalar to'plami
📂
To‘plam tarkibida nimalar bor?

70+ esse uchun 3 xil turdagi qolip;
📝

8 ta yozib olingan audio darslar va tahlillar
🎧
🎥

Eng kerakli va nodir qo‘llanmalar;
📘

Leksik xilma-xillikni oshirish usullari;
🗣️

Yolg'on dalilni rostga aylantirish;
📌

To‘g‘ri xarita tuzish.
🗺️
Bonus:
2 TA YOZGAN ESSENGIZNI SHAXSAN BEPUL TEKSHIRIB BERAMAN
1. Ehtimoliy esse mavzulari va ularga namuna
🥳
2. Imtihonda vaqtni to'g'ri boshqarish uchun sxema
☑️
⏱️
3. Yuqori balli esse namunalari
💎
To‘plam narxi: atigi 37 000 so'm!
💰
Murojaat uchun:
👇
@Yodgora_Baxrombekova
@Yodgora_Baxrombekova

September 11, 09:04
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Esse namuna 60+

https://t.me/esse_behruz

September 10, 16:15

🎓
@Yodgora_Baxrombekova
🎓
– esse bo‘yicha tajribali mutaxassis.
100% lik sertifikat sohibasi.
📖
📜
📚
📖
📖
📚
📚
📚
📰
📰
📚
Esse yozishda sifat, aniqlik va mantiqiy izchillik muhim. Agar Siz yozgan essengizni professional darajada tahlil qildirmoqchi bo‘lsangiz, ishonch bilan murojaat qilishingiz mumkin. Har bir ish sinchiklab ko‘rib chiqiladi, xatolar asosli tushuntiriladi va kuchli tavsiyalar beriladi.
Esse tekshirib baholanadi yutuq va kamchiliklaringiz oydinlashadi
Tekshirish narxi atigi 10ming sõm
Murojaat uchun
👇
@Yodgora_Baxrombekova

September 09, 12:29

Mavzu: Ayrimlar oilaviy muammolar aks etgan videolavhalarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi jamiyat maʼnaviyatiga va ruhiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi deb bilishsa, ayrimlar aksincha fikrda.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy hayotga oid videolarning tarqalishi keng tus olmoqda.Ba’zi kishilar bu holat jamiyat ma’naviyati va ruhiyatiga zarar yetkazadi deb o‘ylashsa, boshqalar bu orqali muammolarni ochiq muhokama qilish mumkinligini ta’kidlaydi.Aslini olib qaraganda, qaysi tomon fikrlari oilalarning mustahkam boʻlishini taʼminlaydi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan oilaviy mojarolarni aks ettiruvchi videolar jamiyat ma’naviyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi deganlarning ham yetarlicha asos va dalillari bor. Birinchidan,bu kabi lavhalar insonlarda hayotga bo‘lgan ishonchni susaytiradi, oilaga nisbatan hurmat tuyg‘usini kamaytiradi.  O‘zbekiston Yoshlar agentligi 2023-yilda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yoshlarning 64 foizi “Oilaviy janjallar aks etgan videolar axloqiy qadriyatlarga salbiy ta’sir qiladi” degan fikrni bildirgan.Ikkinchidan, bunday videolar bolalar va o‘smirlarning ruhiyatiga jiddiy zarar yetkazadi. Yosh tomoshabinlar oilaviy bahs va urushlarni odatiy hol deb o‘ylab qolishadi, bu esa ularning shaxsiy hayotiga yomon taʼsir qiladi. Shu bilan birga, bu turdagi kontent ko‘pincha shaxsiy hayot daxlsizligini buzadi va inson sha’nini toptaydi.  Axborot xavfsizligi markazining 2024-yilgi hisobotida keltirilishicha, 1500 dan ortiq shaxsiy videolar ruxsatsiz tarzda tarqatilgan, bu esa ko‘plab oila a’zolarining obro‘siga putur yetkazgan.
Ba’zi insonlar ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy muammolarga oid videolar tarqalishini foydali holat deb bilishadi. Ularning fikricha, bunday videolar jamiyatda mavjud muammolarni yashirmasdan, ularni ochiq muhokama qilish imkonini beradi. Bu esa odamlarning muammolarga jiddiy qarashiga va o‘z oilasida xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi. 2024-yilda “Oila va jamiyat” markazi o‘tkazgan so‘rovda ishtirokchilarning 52 foizi bunday videolar tufayli oilaviy munosabatlarda sabr, tushunish va mehr muhimligini anglaganini bildirgan.Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar ko‘plab yashirin oilaviy zo‘ravonlik holatlarini fosh etadi. Bu esa jabrlanuvchilarga yordam so‘rash imkonini yaratadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor choralar ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Shu yo‘l bilan jamiyatda adolat hissi kuchayadi va inson huquqlari himoyasi mustahkamlanadi.  Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda 400 dan ortiq oilaviy zo‘ravonlik holatlari aynan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orqali fosh etilgan.
Mening fikrimcha, oilaviy muammolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish jamiyat uchun zararli holatdir.Bu nafaqat insonlarning shaxsiy hayotiga aralashish, balki yoshlar ongiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Oila sirini saqlash — har bir insonning axloqiy burchi hisoblanadi.Shunday ekan dono xalqimiz: “Oila tinchligi — Vatan tinchligining garovi" deb bejizga aytmagan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oilaviy muammolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish jamiyatda salbiy kayfiyat va axloqiy tanazzulga sabab bo‘ladi.Bunday holatlar insonlarning ruhiyatiga, ayniqsa,  yoshlarning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Shuning uchun har bir oila o‘z sirlarini asrab, muammolarni shaxsiy muloqot orqali hal etishi eng to‘g‘ri yo‘ldir.
https://t.me/esse_behruz

September 08, 16:36

Kuzgi milliy sertifikat imtihonlarida tushish ehtimoli yuqori boʻlgan badiiy asarlar: 1. "Puankare" hikoya. 2. "Evrilish" hikoya. 3. "Tushda kechgan umrlar" roman. 4. "Zamonamiz qahramoni" roman. 5. "Sagʻri teri tilsimi" roman. 6. "Yashamoq" roman. 7. "Sudxoʻrning…

September 08, 14:11

Kuzgi milliy sertifikat imtihonlarida tushish ehtimoli yuqori boʻlgan badiiy asarlar:
1. "Puankare" hikoya.
2. "Evrilish" hikoya.
3. "Tushda kechgan umrlar" roman.
4. "Zamonamiz qahramoni" roman.
5. "Sag
ʻ
ri teri tilsimi" roman.
6. "Yashamoq" roman.
7. "Sudxo
ʻ
rning o
ʻ
limi" qissa.
8. "Ranjkom" doston.
9. "Ming bir jon", "Adabiyot muallimi", "Anor" hikoya.
10. "Oq sukunat" hikoya.
11. "Alifboning birinchi harfi" hikoya.
12. "Shamolni tutib bo
ʻ
lmaydi" hikoya.
13. "Tafakkur" hikoya.
14. "Lolazor" roman.
15. U. Nosir va Shavkat Rahmon she'rlari
Kuzgi milliy sertifikat imtihoniga kiruvchi talabgorlarga 36 ta badiiy asar orasidan saralab olingan ushbu asarlarga koʻproq e'tibor qaratishlari tavsiya etiladi!
Manfaatli boʻlsin!

September 06, 21:39

5-6-sinf o’quvchilari uchun qanday milliy yoki jahon adabiyotidan hikoya va qissalar tavsiya qilasizlar? Aytganimdek hikoya yoki qissa. Hajmi qisqaroq bo’lishi kerak.

September 06, 07:53

⚡️
ESSE yozishda qo‘llaniladigan iboralar.
1. Kirish qismi uchun iboralar
•  “Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb bo‘lib turibdi.”
•  “Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarni bevosita ta’sir qiladi.”
•  “Ko‘plab olimlar va mutaxassislar … haqida turli qarashlarni bildiradilar.”
•  “Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.”
•  “Avvalo, … masalasining ildizlariga nazar tashlaylik.”
____
2. Birinchi tomon fikrlarini bayon qilish uchun iboralar
•  “Ayrimlar fikricha, …”
•  “Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …”
•  “Shuni e’tirof etish lozimki, … ga qarshi fikrlar ham mavjud.”
•  “Ba’zi odamlar bu borada quyidagicha o‘ylashadi: …”
•  “Ularningcha, … esa eng muhim yo‘ldir.”
____
3. Ikkinchi tomon fikrlarini ifodalash uchun iboralar
•  “Boshqa bir qarashga ko‘ra, …”
•  “Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.”
•  “Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.”
•  “Mazkur masalani boshqacha izohlaydiganlar ham bor.”
•  “Bu fikrga qo‘shilmaganlar esa … ga urg‘u beradilar.”
____
4. Shaxsiy fikrni ifodalash uchun iboralar
•  “Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: …”
•  “Mening nazarimda, …”
•  “O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, …”
•  “Barchasini inobatga olgan holda, men quyidagicha fikrdaman: …”
•  “Eng to‘g‘ri yondashuv deb … ni hisoblayman.”
____
5. Dalil va misollar keltirishda ishlatiladigan iboralar
•  “Masalan, …”
•  “Statistik ma’lumotlarga qaraganda, …”
•  “O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, …”
•  “Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, …”
•  “Buni quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: …”
____
6. Xulosa qismi uchun iboralar
•  “Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, …”
•  “Xullas, … masalasi jamiyatimizda muhim o‘rin tutadi.”
•  “Umuman olganda, …”
•  “Natijada shuni aytish mumkinki, …”
•  “Xulosa qilib aytganda, … kelajak taraqqiyoti uchun hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.”
____
7. Esse yozishda tez-tez qo‘llaniladigan umumiy so'zlar
•  “Hech kimga sir emaski, …”
•  “Zamon talabidan kelib chiqib, …”
•  “Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu – …”
•  “Insoniyat taraqqiyoti yo‘lida …”
•  “Shuni alohida ta’kidlash kerakki, …”
•  “Ko‘plab tadqiqotlar isbotlaydiki, …”
•  “Jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri bu – …”
•  “Har bir inson uchun …”
https://t.me/esse_behruz

September 06, 03:44

Chegirma tugadi do'stlar, endi olmoqchi bo'lganlar asl narxida to'lov qilishingiz mumki
n

Murojaat uchun:
@Yodgora_Baxrombekova

September 04, 13:45

✏️
Ta’limga oid mavzuga yolg’on da’lillar

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, So‘nggi yillarda o‘quvchilarning 70 foizi darsliklardan tashqari qo‘shimcha manbalardan foydalanmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, O‘zbekiston yoshlarining aksariyati chet tillarini o‘rganishga qiziqishi ortib, 5 yilda ikki barobar ko‘paygan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda maktablarda yangi axborot texnologiyalari sinflari soni 420 tadan 1100 taga oshgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda chet tillarini chuqur o‘rgatadigan maktablar soni 80 dan 200 taga yetdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 3 yilda oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 28 foizga ko‘tarilgan.

Maktaggacha va maktab ta’lim vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ko’ra, maktablarda elektron kundalikdan foydalanish darajasi 2018-yilda 15 foiz bo‘lsa, 2023-yilda 78 foizga yetgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi kutubxonalardan foydalanayotgan o‘quvchilar soni 4 yilda ikki barobar ko‘paygan.

O‘zbekiston Milliy universiteti olimlarining so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra,so‘nggi yillarda ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan talabalar soni 35 foizga oshgan.

Cambridge universiteti olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, talabalarning 40 foizi o‘qish davomida yarim stavkada ishlash orqali tajriba orttirmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yoshlarning 55 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chet el universitetlariga hujjat topshirishni rejalashtirmoqda.

Cambridge universiteti olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, o‘quvchilarning 68 foizi uy vazifalarini internet orqali bajarishga odatlangan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yilda maktablarda STEAM fanlarini chuqur o‘rganayotgan o‘quvchilar soni 2 barobar oshgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti olimlarining so‘nggi tadqiqotlariga ko’ra, 2022-yilda 70 mingdan ortiq o‘quvchi xorijiy olimpiadalar va tanlovlarda ishtirok etgan.

“O‘zbekiston Milliy universiteti olimlarining so‘nggi tadqiqotlariga ko’ra, o‘qituvchilarning 80 foizi dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan muntazam foydalanayotganini bildirgan.
https://t.me/esse_behruz