Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ESSE SABOQLARI || MAʼMURA YOʻLDOSHEVA

esse_saboqlari
🎯 ESSE NAZARIYASI 📚 Mukammal esse namunalari 📝 Esse yozish koʻnikmalari 💻 Audio va Videodarslar 🔔 Reklama xizmati mavjud ☎️ Murojaat uchun: @Filolog2910 ⚡ Biz bilan aslo yengilmaysiz! ⚡
Подписчики
2 148
24 часа
-9
30 дней
18
Просмотры
266
ER
12,38%
Посты (30д)
47
Символов в посте
490
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 07:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

https://t.me/esse_saboqlari

October 24, 08:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 07:41

Namuna Esse

October 24, 07:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

https://t.me/esse_saboqlari

October 24, 07:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 07:05

Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni bilish zamon talabiga aylandi. Shu sababli, ta’lim tizimida bolalarga chet tillarini qaysi yoshdan boshlab o‘rgatish samaraliroq ekani borasida qizg‘in bahslar davom etmoqda. Ayrim mutaxassislar chet tilini bolalikka…

October 24, 07:00

Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni bilish zamon talabiga aylandi. Shu sababli, ta’lim tizimida bolalarga chet tillarini qaysi yoshdan boshlab o‘rgatish samaraliroq ekani borasida qizg‘in bahslar davom etmoqda. Ayrim mutaxassislar chet tilini bolalikka davridanoq singdirish lozim desa, boshqa bir guruh avval ona tilini mukammal o‘zlashtirish zarurligini ta’kidlaydi.
Kichik yoshdan chet tilini o‘rgatish tarafdorlari buni bolalar miyasining moslanuvchanligi va tilni tabiiy ravishda tez o‘zlashtira olish qobiliyati bilan izohlaydilar. Ularning fikricha, go‘daklikdan boshlab eshitilgan xorijiy so‘zlar kelajakda bolaning begona urg‘usiz, xuddi shu til vakillari kabi ravon gapirishini ta’minlaydi. Shuningdek, erta yoshdagi bilingvizm (ikki tillilik) bolaning fikrlash doirasini kengaytirishi ham aytiladi. Natijada bolada yangi ilmlarni o'rganish va uni qabul qilishga bo'lgan ko'nikma shakllanadi.
Insonning tizimli fikrlashi, dunyoqarashi va mantiqiy xulosalari aynan ona tili muhitida shakllanadi. Dunyoga kelgan bola, avvalo, o‘z ota-onasining gap-so‘zlari, allalari va xalq ertaklari orqali atrof-muhitni taniydi. Agar murg‘ak bolaning ongiga ona tili hali to‘liq shakllanib ulgurmasdan begona til qoidalari tiqishtirilsa, bu nutqiy chalkashliklarga olib keladi. Bola o‘z ona tilida ham, o‘rganayotgan chet tilida ham fikrini mukammal bayon eta olmaydigan "yarim tilli" bo‘lib qolish xavfi tug‘iladi. Psixologik nuqtai nazardan, ona tili insonning hissiy turg‘unligi va ruhiy xotirjamligini ta’minlovchi eng bosh omildir.
Mashhur pedagog Abdulla Avloniy: "Har bir millatning borlig‘i dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur", — deb bejiz aytmagan. Ona tili shunchaki aloqa vositasi emas, balki millatning ruhi, madaniyati va o‘zligidir. Bola chet tilini 7-8 yoshdan keyin ham bemalol va sifatli o‘rgana oladi, chunki bu yoshga kelib unda til o‘rganish ko‘nikmasi shakllanadi. Ammo dastlabki yillarda boy berilgan ona tili tarbiyasini, milliy ruh va tafakkur asoslarini keyinchalik qayta tiklash deyarli imkonsizdir.
Xulosa qilib aytganda, bolaga dunyo eshiklarini ochishdan avval, u o‘zining kimligini va qaysi zaminga mansubligini anglab yetishi shart. Chet tilini puxta bilish insonni boyitishi mumkin, biroq ona tilini mukammal egallash uni shaxs sifatida shakllantiradi. Shu sababli maktabgacha bo‘lgan yoshda bolaning nutqiy va ma’naviy tarbiyasini faqat ona tilida olib borish, chet tillarini esa tizimli ravishda keyingi bosqichlarda o‘rgatish eng to‘g‘ri va oqilona yo‘ldir.
https://t.me/esse_saboqlari

October 24, 01:49

Bugun imtihonga kirayotgan barchaga omad tilayman, Olloh yo'lingizni ochiq qilsin. Ilmingiz ziyoda bo'lsin
🤲

October 23, 16:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun 3 kun bo'ldi: jiyanli bo'ldim va judayam xursandman. Ayamning aytishi bo'yicha xuddi men qanday tug'ilgan bo'lsam, xuddi shunday tug'ilibdi, buni eshitib yanada etlarim jimirlab ketdi. Olloh umri uzoq, baxti butun, barakali va xayrli inson qilsin. Shu uchun ismini mening qo'yishimni xohlashdi (ota - onasi roziligi bilan albatta, men esa ASMO deb qo'ydim. Seni yaxshi ko'raman ASMO qizim
❤️
ismingga loyiq qiz bo'lishingni tilayman

October 23, 06:34