Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

farvmmtb
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
Подписчики
17 900
24 часа
4 000
30 дней
9 540
Просмотры
794
ER
4,44%
Посты (30д)
196
Символов в посте
747
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 12, 09:38
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏫
Farzandingiz 1-sinfga chiqadimi? Qabul jarayonlari bo‘yicha ota-onalar uchun muhim ma’lumot

Har yili yoz oylari kelishi bilan farzandi
1-sinfga
chiqadigan ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi:
“Hujjat topshirish uchun qachon maktabga borsam ekan? Uzun navbatlarda qanday turaman?”
Endilikda bu xavotirlarga o‘rin yo‘q!
🔰
So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari yildan-yilga kengayib bormoqda. Xususan,
1-sinfga elektron qabul jarayoni
o‘tgan o‘quv yilida
64 ta tuman va shaharda
amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yil qamrov yanada kengaytirilib,
135 ta tuman va shaharlarda
ushbu tizim orqali qabul tashkil etilmoqda. Bu esa ota-onalar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarni to‘liq bartaraf etadi. Kelgusi yillarda mazkur qulaylikni respublikamizning barcha tuman va shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu qulaylikdan qanday foydalanamiz?

my.gov.uz
yoki
my.maktab.uz
elektron portallariga kirib,
ONE ID tizimi
yoki
telefon raqamingiz
orqali ro‘yxatdan o‘tasiz.

Yashash manzilingiz va farzandingiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, so‘rovnoma to‘ldirasiz. Tizim avtomatik tarzda mikrohududingizga biriktirilgan maktabni belgilaydi. Sizdan faqat ta’lim tilini tanlash talab etiladi.

Kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaysiz va
“Arizani yuborish”
tugmasini bosasiz.
Yuborilgan arizangiz
3 ish kuni
ichida o‘rganiladi. Shundan so‘ng elektron navbat orqali o‘zingizga qulay vaqtni tanlab, maktabga borishingiz mumkin. Qabul qilinganlik holati bo‘yicha
1 ish kuni
ichida telefoningizga
SMS-xabarnoma
keladi.
Jarayonning muhim jihatlariga e’tibor bering:

Qabul muddatlari:
Arizalar
20-iyundan 1-avgustga qadar
faqat o'z mikrohududingiz bo‘yicha qabul qilinadi. Boshqa hududdagi maktablarga qabul esa
1-avgustdan so‘ng
(bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda)
amalga oshiriladi.

Yosh chegarasi:
Qonunchilikka muvofiq, bu yil 1-sinfga 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan, ya’ni yil davomida
7 yoshga to‘ladigan
bolalar qabul qilinadi.

Til bilish darajasi:
Agar ta’lim boshqa tilda (masalan, rus tilida) olib boriladigan sinflarni tanlasangiz, bolaning shu tildagi boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmalari maktab qabul komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholanadi. Agar bolada yetarli til ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa,
qabul rad etilishi mumkin.
Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi
295-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentni
ng 21-bandida qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Xizmat narxi:
Mazkur davlat xizmatidan foydalanish
mutlaqo bepul!
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook

June 12, 06:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#OAB_BIZ
🔴
Yangiliklar
Oltiariq tumanidagi 1-IDIUMda o‘tkazilgan seminar tafsiloti.

June 12, 05:29
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

💎
Raqamli media va yangi strategiya: Taʼlim tizimi matbuot kotiblari poytaxtda jam bo‘ldik
⬇️
Joriy yilning 9–10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Zamonaviy matbuot xizmati: strategik kommunikatsiyalar va raqamli kontent” mavzusida ikki kunlik intensiv o‘quv-trening tashkil etildi.
🪙
Trening davomida zamonaviy kommunikatsiyalar, media va blogosfera bilan samarali hamkorlik, inqirozli vaziyatlarda ishlash hamda sifatli raqamli kontent yaratish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladik.
➡️
Shuningdek, hududlardan tashrif buyurgan hamkasblar bilan o‘zaro tajriba almashib, mustahkam professional aloqalarni yo‘lga qoʻqib oldik.
🌐
Seminarning eng muhim voqealaridan biri Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bilan ochiq muloqot bo‘ldi.
📍
Uchrashuvda matbuot xizmatlarining bugungi o‘rni, jamoatchilik bilan samarali muloqot va zamonaviy axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdik.

Mazkur trening matbuot kotiblarining kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sohasidagi islohotlarni aholiga tezkor, shaffof va sifatli yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Odiljon Jalolov,
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi.

June 12, 04:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔴
Farg'ona 24
Qoʻqon shahrida “Eng namunali maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

June 12, 04:57
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по совершенствованию законодательства, направленного на защиту здоровья населения и генофонда нации от наркомании.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#giyohvandlik
#qonunchilik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

June 11, 14:07
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

💎
Bolajonlar suv osti olami bilan tanishmoqda
🪙
Bugun Farg‘ona shahridagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-katta guruhi tarbiyalanuvchilari uchun “Suvdagi baliqlar” mavzusida qiziqarli mashg‘ulot tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida bolalarga suvda yashovchi baliqlarning turlari, yashash muhiti va o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar berildi.

Interaktiv usullar asosida o‘tkazilgan mashg‘ulot tarbiyalanuvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini boyitish bilan birga, ularda jonivorlarga mehr-muhabbat, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

June 11, 14:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💎
Yosh pedagoglar munosib e’tirof etildi
📊
​Farg‘ona shahrida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishib, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol va tashabbuskor yosh pedagoglar shahar hokimining
Tashakkurnomasi
hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🟢
​Bu e’tirof yosh ustozlarning fidokorona mehnati va kasbiga bo‘lgan sadoqatining munosib bahosi bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

June 11, 12:40
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

💎
Toshloq tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini amaliyotga keng joriy etish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni samarali qo‘llash hamda bolalar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

June 11, 11:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

💎
Bugun

Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida Janubiy Koreyaning nufuzli SeoulTech universiteti hamda “AHA Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

June 11, 11:24
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

💎
Farg‘onada xorijlik mutaxassislar ishtirokida til oromgohlari ish boshladi
📊
Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi
20 ta ta’lim muassasasida
o‘quvchilar uchun maxsus til o‘rgatish bo‘yicha yozgi oromgohlar tashkil etildi.
🟢
​Mazkur yozgi oromgohlarning o‘ziga xosligi shundaki, dars mashg‘ulotlari va turli ko‘ngilochar intellektual o‘yinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijlik mutaxassislar (native speakers)
tomonidan olib borilmoqda.
🔰
​Ingliz tilidagi yozgi oromgoh o‘quvchilar uchun xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda mavjud til ko‘nikmalarini erkin muhitda amaliy rivojlantirish va mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatga aylandi.
♻️
​Farg‘onalik o‘quvchilarning xorijiy tillarni mukammal egallashlari yo‘lidagi ushbu loyihalar viloyat bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.