Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Feruza Madrakhimova

fmadraximova
Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori @FeruzaMadraximova_bot
Подписчики
1 600
24 часа
30 дней
90
Просмотры
239
ER
14,94%
Посты (30д)
85
Символов в посте
969
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 15, 17:02
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Bitiruv_kechasi
|
#Akademik_litsey
🏛
Urganch davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
Bugun Urganch davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda
universitet rektori Feruza Madrahimova
ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida akademik litseyni
350 nafar o‘quvchi
tamomladi. Ularning
124 nafari imtiyozli diplom
ga sazovor bo‘lgan bo‘lsa,
15 nafar bitiruvchi oltin, 3 nafari esa kumush medal
bilan taqdirlandi. Bitiruvchilarning erishgan yutuqlari ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir. Jumladan, 325 nafar bitiruvchi fanlarni bilish bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan,
175 nafari chet tillaridan CEFR
sertifikatiga,
106 nafari
esa xalqaro
IELTS sertifikati
ga ega bo‘lgan.
Rektor F.Madrahimova ushbu yuksak natijalarni alohida e’tirof etib, bitiruvchilarga ta’limning keyingi bosqichlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yurt ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlarini tiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning a’lo xulqi, namunali odobi va ta’limdagi yutuqlarida beqiyos hissa qo‘shgan ota-onalar hamda fidoyi ustozlarga
tashakkurnomalar topshirildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 15:24
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Qabul_2026
🏛
Urganch davlat universiteti Qabul komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi
Bugun Urganch davlat universiteti rektori,
Qabul komissiyasi raisi Feruza Madrahimova
boshchilogida 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qabul komissiyasining barcha a’zolari ishtirok etdi.
Yigʻilishda qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda mas’ullarga yuklatilgan vazifalar taqsimoti yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Jumladan,
qabul jarayonlari
ni amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida
shaffof va adolatli tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlar
ni belgilangan mezonlar asosida o‘tkazishga
puxta tayyorgarlik ko‘rish
hamda imtixon o‘tkaziladigan hududlarni zarur texnik vositalari bilan
jihozlash, korrupsion holatlarning oldini olish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga tezkor va batafsil ma’lumotlar taqdim etish,
“Call center”
hamda
“Maslahat markazlari”
faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida qabul jarayonlarini
ommaviy axborot vositalari,
universitetning
rasmiy veb-sayti
hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muntazam va tezkor yoritib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 08:50
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🏛
Bugun Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet
rektori Feruza Madrahimova raisligida
o‘tkazildi.
Yig‘ilishda davomida o’quv yili
yakuniy imtihon
jarayonlarini sifatli tashkil etish,
qabul jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish
yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Ilmiy faoliyat yo‘nalishida
“Spin-off” korxonalar
faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Ilmiy kengashlar faoliyatiga oid masalalar,
iqtidorli talabalarga qo‘shimcha stipendiyalar berish tartibi
va uning Nizomini ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Shuningdek, Xitoyning
XCMG qo’shma korxonasi
va Xuzhou texnika universiteti bilan URDUda tashkil etiladigan
2+1+1 qo'shma ta'lim dasturi
ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini tizimli nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 08:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Taqdirlash_marosimi
|
#Sport
|
#Videoreportaj
🏛
Rektor Prezident olimpiadasining final bosqichi sovrindorlarini taqdirladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 08:33
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Taqdirlash_marosimi
|
#Sport
|
#Fotoreportaj
🏛
Rektor Prezident olimpiadasining final bosqichi sovrindorlarini taqdirladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 07:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda…

June 15, 07:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.

Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.

June 15, 07:16
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Taqdirlash_marosimi
|
#Sport
🏛
Rektor Prezident olimpiadasining final bosqichi sovrindorlarini taqdirladi.
Bugun Urganch davlat universitetida
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”
sport musobaqalarining
Respublika final bosqichi
da muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan sportchi-talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, joriy yilning 4–9-iyun kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada
Urganch davlat universiteti sportchi-talabalari
munosib ishtirok etib, bir qator sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etdilar hamda umumjamoa hisobida
Respublika bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni
egalladilar
.
Tadbirda
universitet rektori Feruza Madrahimova
so‘zga chiqib, sportchi-talabalar hamda ularning murabbiylarini erishilgan yuksak natijalar bilan tabrikladi. Ta’kidlanganidek, mazkur yutuq talaba-yoshlarning sport sohasidagi salohiyati, murabbiylarning samarali faoliyati hamda universitetda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasidir.
Taqdirlash marosimida sportchi-talabalar va ularning murabbiylariga universitet rahbariyatining minnatdorligi bildirilib,
pul mukofotlarining vaucherlari
hamda
rektor tashakkurnomalari
topshirildi.
Ushbu yutuq Urganch davlat universitetida sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning yana bir muhim natijasi bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube

June 15, 04:48
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

УрДУ ва Испания олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик ўрнатилди
Жорий йилнинг 10-13 июнь кунлари Испания Қироллигида Ўзбекистон ва Испания олий таълим муассасалари ректорларининг биринчи форуми бўлиб ўтди.
👉
Батафсил:
https://yuz.uz/oz/news/145820
👉
Batafsil:
https://yuz.uz/uz/news/145820
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram

June 13, 10:08
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Qo
’shma_ta’lim |
#Xitoy
🇺🇿
🇨🇳
Xitoyning XCMG qo’shma korxonasi va Xuzhou texnika universiteti bilan
URDUda tashkil etiladigan 2+1+1 dasturi muhokama qilindi
Ayni paytda UrDU rektori
Feruza Madrahimova
Ispaniyaga xizmat safari davomida Barselona xalqaro aeroportida Xitoyning nufuzli XCMG kompaniyasi bilan
2+1+1 qo’shma ta’lim bo’yicha
onlayn muloqot qildi.
Onlayn muloqot davomida rektor Xitoyning nufuzli XCMG kompaniyasi vitse prezidenti
Alina Chjan Lin,
Partiya sekretari
Huang Gang
, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti vitse prezidenti
Huang Chuanhui
bilan qo’shma ta’lim bo’yicha qilinadigan vazifalar yuzasidan
muloqot qildi.
Ma’lumki
,
2026-2027 o’quv yilidan ushbu
2+1+1
qo’shma ta’lim dasturini tashkil qilish uchun jarayon boshlangan. Ushbu qo’shma dasturda
talabalarning dual ta’limi birlamchi maqsad qilib belgilangan.
Tomonlar o'rtasidagi rasmiy muloqotda
Urganch davlat universiteti, Xitoyning Xuzhou texnika universiteti
hamda
XCMG kompaniyalar guruhi
bilan yangi o’quv yilidan 2+1+1 qo’shma dasturi asosida mutaxassislar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan,
texnika va mashinasozlik yo‘nalishlari
da xalqaro standartlarga mos, amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari bo’yicha
aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Xitoy Xalq Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri sanalgan
XCMG kompaniyalar guruhi rahbariyati
joriy yilning 16–18-iyun kunlari V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu Forum doirasida
19-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida uch tomonlama bitim imzolanishi rejalashtirilgan.
Nufuzli mehmonlarning joriy yilning
20-iyun kuni Urganch davlat universitetiga tashriflari
kutilmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube