
4PREP Academy
AQSh Universitetlarida “Conditional Admission” Nima?
Agar sizda IELTS yoki SAT past bo‘lsa ham, conditional admission orqali qabul qilinishingiz mumkin. Keling, bu qanday ishlashini ko'rib chiqamiz!
✅
Universitet sizni qabul qiladi, lekin dastur oldidan Ingliz tili kursi (ESL) yoki tayyorlov kursiga qatnashishingizni talab qiladi.
✅
Bu kursni bitirgach, asosiy bakalavr/magistr dasturingizni boshlaysiz.
✅
Shunday qilib, siz o‘qishni kechiktirmasdan, viza suhbatga topshira olasiz va bu sistema til kursiga borishdek ishonsiz emas va yaxshiroq ishlaydi.
✅
Bu imkoniyat ayniqsa IELTS 6.0 bo‘lgan talabalar uchun katta yordam beradi.
Yana shunga o'xshash takliflar sizni qiziqtiradimi
🔥
AQShdagi universitetlarni topish uchun eng foydali saytlar
🔎
Quyidagi saytlar sizga mos universitetni topish, solishtirish va qabul jarayonini tushunishda yordam beradi
👇
🔹
College Board — universitet tanlash, qabul talablari va o‘qish narxini bilish uchun eng asosiy platforma.
👉
www.bigfuture.collegeboard.org
🔹
The Princeton Review — talabalarning real fikrlari, kampus hayoti va reytinglar bilan tanishing.
👉
www.princetonreview.com
🔹
Niche — universitetlarni ta’lim sifati, yashash sharoiti va ijtimoiy hayot bo‘yicha solishtirish mumkin.
👉
www.niche.com/colleges
🔹
U.S. News & World Report — eng nufuzli reyting manbasi. Qabul foizi, o‘qish narxi va grant imkoniyatlari haqida aniq ma’lumot beradi.
👉
www.usnews.com/best-colleges
🔹
Cappex — GPA va SAT/ACT ballaringiz asosida sizga mos universitetlarni aniqlab beradi.
👉
www.cappex.com
🔹
Peterson’s — bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan.
👉
www.petersons.com
🔹
College Data — o‘rtacha GPA, test ballari va moliyaviy yordam statistikasi bilan tanishing.
👉
www.collegedata.com
📌
Eslatma
: Har bir saytning o‘ziga xosligi bor. Ularni birgalikda ishlatsangiz, o‘zingiz uchun eng to‘g‘ri universitetni topishingiz ancha osonlashadi.
Telegram
|
Instagram
TOP universitet har doim ham to‘g‘ri tanlov emas
Ko‘pchilik talabalarda bitta fikr bor:TOP universitetga kirsam, hammasi hal bo‘ladi:
✅
Viza olish imkonim oshadi;
✅
Grantim yuqori bo'ladi;
✅
Umuman hech narsaga to'lamayman.
Lekin amalda hamma uchun ham bu strategiya ishlamaydi. Chunki TOP universitetlarda:
— Acceptance rate juda past bo‘ladi
— talablar juda yuqori bo‘ladi
— raqobat juda kuchli bo‘ladi.
Shuning uchun ko‘p talabalar quyidagi strategiyadan foydalanadi:
— Dream universitetlar
— Realistic universitetlar
— Safe universitetlar. Shunda qabul bo‘lish ehtimoli ancha oshadi.
🔥
Keyingi postda sizga universitetlarni topish uchun eng foydali saytlarni ulashaman!
Universitetlarni qayerdan topish mumkin?
🔥
Ko‘pchilik talabalar universitet qidirishni Google’da “Top universities in USA” deb boshlaydi. Natijada esa faqat eng mashhur universitetlar chiqadi. Lekin universitet tanlash mashhurlikka qarab emas, quyidagi narsalarga qarab qilinadi:
✅
siz o‘qimoqchi bo‘lgan yo‘nalish
✅
universitetning acceptance rate’i
✅
grant imkoniyati bor yoki yo‘qligi
✅
international studentlar uchun sharoitlar
Shuning uchun universitet qidirishda eng to‘g‘ri savol:
Qaysi universitet menga mos?
Nima deb o'ylaysiz:
TOP universitet degani har doim ham eng to‘g‘ri tanlovmi?
👀
Reaksiyalar xafa qilyapti
🥹
Siz o‘zingizga mos universitetni topib bo‘ldingizmi?
🔥
Ko‘pchilik talabalarda aynan shu joyda muammo boshlanadi. Hamma universitetga topshirmoqchi, lekin qaysi universitetga topshirishini aniq bilmaydi.
Sizda vaziyat qanday?
👇
🔥
— Ha, universitetlar ro‘yxatim bor
👍
— Bir nechta variant ko‘rib chiqqanman
⚡️
— Qayerdan boshlashni bilmayman
Natijalarga qarab keyingi postlarda sizga universitetlarni qanday topish va to‘g‘ri tanlash bo‘yicha aniq usullarni ko‘rsatamiz
👀
Amerikaga topshirayotgan ko‘pchilik talabalarning eng katta xatosi — mashhur universitet qidirish
!
Aslida esa savol boshqacha bo‘lishi kerak: Qaysi universitet menga mos?
Chunki to‘g‘ri tanlangan universitet:
✅
qabul bo‘lish ehtimolini oshiradi
✅
grant olish imkoniyatini ko‘paytiradi
✅
kelajakdagi karyerangizga mos keladi.
Universitet tanlashda 3 ta muhim narsani aniqlab oling:
❔
Yo‘nalishingiz – qaysi sohada o‘qimoqchisiz?
❔
Akademik profilingiz – GPA, IELTS/TOEFL, faoliyatlar
❔
Grant imkoniyati – hamma universitet ham grant bermaydi.
Hamma topshirayotgan universitetga topshirish shart emas.
Ba'zan mashhur emas, lekin sizga mos universitet eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi.
Keyingi postlarda sizga:
— universitetlarni qayerdan topish
— TOP universitetlar haqida haqiqat
— sohangizga mos universitet topish usullari haqida gaplashamiz!
Xayrli kech, 4PREP!
"Universitet tanlashni o'rgating!" deganlar
‼️
Qani, qani yaqinroq keling! Chunki hozir siz uchun postlar chiqishni boshlaydi
😉
🌸
4PREP sizni 8-Mart bilan tabriklaydi!
Aziz qizlar, ayollar! Siz dunyoni go‘zallik, mehr va ilhom bilan to‘ldiruvchi bebaho insonlarsiz. Hayotingiz bahor kabi yorug‘, har bir kuningiz esa quvonch va baxtga to‘la bo‘lsin!
Sizga sihat-salomatlik, baxt, ezgu orzularingizning ushalishini tilaymiz. Har doim e’zoz va hurmatda bo‘ling!
Bayramingiz muborak!
🌷
✨
Telegram
|
Instagram