Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg‘ona davlat texnika universiteti rasmiy kanali | Matbuot xizmati

fstu_uz
Farg‘ona davlat texnika universiteti matbuot xizmati https://fstu.uz facebook.com/fstu.uz instagram.com/fstu.uz 📩 Matbuot kotibi bilan bog'lanish uchun: +998 73 241 12 06
Подписчики
12 314
24 часа
6
30 дней
607
Просмотры
1 204
ER
9,78%
Посты (30д)
160
Символов в посте
860
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 15:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Talabalar shaharchasining vaziyatlar markazi Prezidentimizga taqdimot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 15:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan
tanishdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#Olmazor
#talabalar
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 14:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Diqqat_muhim
📣
Siz a’zo bo‘lishingiz kerak bo‘lgan rasmiy sahifalar!
Universitet hayotidagi eng so‘nggi yangiliklar, muhim e’lonlar, tadbirlar va foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lishni istaysizmi? Unda quyidagi rasmiy sahifalarga obuna bo‘ling!
Havolani ustiga bosing
👇
Universitet rektorining rasmiy blogi
Universitet rasmiy Matbuot xizmati sahifasi
Yoshlar kanali
Universitetning Instagram sahifasi
Universitetning Facebook sahifasi
Universitetning rasmiy sayti
📌
Muhim yangilik va e’lonlarni o‘tkazib yubormang!
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Web sayt

September 11, 12:49
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashabbuslari taqdim etildi
🔹
Seul shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi
O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi faol ishtirok etdi. Forum
ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
, mavjud aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish hamda istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
🖇
Forum doirasidagi
“O‘zbekiston–Koreya: bugungi holat va istiqbollar”
mavzusidagi sessiyada Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Rustamjon Tojiyev
ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada O‘zbekiston
oliy ta’lim tizimida
amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universitetining xalqaro hamkorlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’ruzada Farg‘ona davlat texnika universitetining
Koreya Respublikasidagi
yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklari ham alohida qayd etildi. Bugungi kunda universitet
Inha University, University of Ulsan, Sun Moon University, Gyeongsang National University, SolBridge/Woosong University, Wonkwang Digital University va Korea Lift College
kabi hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Shuningdek,
SeoulTech
bilan sun’iy intellekt va IT yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari, dual ta’lim va talabalar grantlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolangan.
Batafsil:
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

September 11, 12:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ayni paytda
“Oliy ta’lim muassasalarida
nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?”
mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.
🧑🏻‍🎓
Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;
🔹
Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;
🔹
Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.
Ovozli chat qo‘shilish:
👉
https://t.me/huquqplus?livestream
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 11:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Xalqaro_hamkorlik
Farg‘onalik yoshlar uchun Koreyada ta’lim va mehnat imkoniyatlari kengayadi
🔹
O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi
Xayrullo Bozorov
“KT&G” kompaniyasi Stipendiya jamg‘armasi kotibiyati direktori
An Xong Pil
bilan uchrashdi.
🖇
Uchrashuvda Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori, professor
Rustam Tojiyev
ham bevosita ishtirok etib, yoshlarni
zamonaviy kasblarga
tayyorlash, xalqaro ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda
Koreya bilan hamkorlikni ta’lim va kadrlar
tayyorlash yo‘nalishida yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqotda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi, shuningdek, ularning Koreyada ta’lim olishi va mehnat faoliyatini olib borishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan yangi hamkorlik tashabbuslari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

September 11, 11:34
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimiz markazida barpo etilayotgan Oʻzbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayonini
koʻzdan kechirdi.
#Mirziyoyev
#tanishuv
#bunyodkorlik
#muzey
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

September 11, 10:57
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Jarayon
#Ishlab_chiqarishda_boshqaruv_fakulteti
Farg‘ona davlat texnika universiteti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti vakillari ishtirokida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹
Uchrashuvda universitetning
1-prorektori Sh.Dexkanov,
fakultet dekani
O.Nazarmatov,
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens” bo‘limi boshlig‘i
O.Xomidov,
ITIIPKTB bo‘limi boshlig‘i
B.Igamberdiyev,
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
M.Tojiboyev,
oliygoh profilaktika inspektori
X.Xomidov,
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Sh.Umarov
, oliygoh profilaktika inspektori
X.Homidov
hamda
fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🖇
Uchrashuv davomida
ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish, zamonaviy iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni yanada takomillashtirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, kreativ va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, universitetning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda ijobiy imijini mustahkamlash
yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, universitetda
korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikdan xoli hudud yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv-uslubiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish
hamda
kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, ularni fakultet kengashlarida muhokama qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

September 11, 10:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Talabalar_ijodidan
Farg‘ona davlat texnika universiteti matbuot xizmati volontyolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi
.
🔹
Videorolikda ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi,
kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar
uchun
grantga da’vogarlik qilish imkoniyati
hamda bunda akademik natijalar va ijtimoiy faollikning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
Mazkur videorolik talabalarni mavjud imkoniyatlardan xabardor qilish, ularni yuqori natijalarga intilish va ta’lim jarayonida faol ishtirok etishga undashga qaratilgan.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt

September 11, 10:14
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#Jarayon
#Arxitektura_va_qurilish_fakulteti
Farg‘ona davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti vakillari ishtirokida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹
Uchrashuvda universitetning
1-prorektori Sh.Dexkanov,
fakultet dekani
J.Axmedov,
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens” bo‘limi boshlig‘i
O.Xomidov,
ITIIPKTB bo‘limi boshlig‘i
B.Igamberdiyev,
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
M.Tojiboyev,
oliygoh profilaktika inspektori
X.Xomidov,
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Sh.Umarov
, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
N.Usmonova,
profilaktik inspektor
X.Homidov
hamda
fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🖇
Uchrashuv davomida universitetda
korrupsiyaga qarshi kurashish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikdan xoli hudud yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv-uslubiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish
hamda
kiberxavfsizlik, xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy faollikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek,
ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish, kreativ g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, universitet reytingini oshirish, uning ijobiy imijini mustahkamlash
, shuningdek,
milliy an’analarga sodiqlik ruhida kiyinish madaniyatiga rioya qilish
yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, ularni fakultet kengashlarida muhokama qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borishga kelishib olindi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram|Facebook| Web sayt