Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FTTI.UZ

fttiuz
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti Фармацевтический институт образования и исследований Tel: +998971890050 Email: iper@ftti.uz @fttiuz Yunusobod tumani, 19- mavze, 46- uy. Mo'ljal Uz Mal-oil yoqilgʼi quyish shaxobchasi, Korzinka supermarketi.
Подписчики
1 662
24 часа
-3
30 дней
-55
Просмотры
375
ER
22,56%
Посты (30д)
270
Символов в посте
1 277
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о здоровье
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 28, 03:58
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

❓
SIZ BUNI BILARMIDINGIZ?!
🥼
Nima uchun shifokorlar oq xalat kiyishadi?
Bu shunchaki an’ana emas. Oq xalatning tarixi biz o‘ylaganimizdan ancha qiziqarli.
XIX asrning oxirigacha shifokorlar, asosan, qora yoki to‘q rangli kiyimlarda yurishgan. Chunki o‘sha davrda qora rang jiddiylik, salobat va obro‘ ramzi hisoblangan. Ammo o‘sha paytlarda odamlar yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishi haqida hali yetarlicha bilimga ega emas edi. Shifokorlar bir bemordan boshqasiga o‘tishda qo‘llarini muntazam yuvmas, ba’zan esa kasalliklarning o‘zlari tarqalishiga sabab bo‘lishardi.
🦠
Mikroblar kashf etilib, tibbiyotda gigiyena qoidalariga jiddiy e’tibor qaratila boshlangach, shifokorlarning kiyimi ham o‘zgardi. Oq rang bejiz tanlanmadi: unda kir, dog‘ va qon izlari darhol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, oq xalatni tez-tez yuvish va almashtirish orqali tozalikka rioya qilish osonlashdi.
Shu tariqa, oq rang tibbiyotda poklik, ozodalik va ilmiy yondashuv ramziga aylandi. Vaqt o‘tishi bilan oq xalat shifokorning nafaqat kasbiy kiyimi, balki bemor xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishining ham ramzi sifatida mustahkam o‘rin egalladi.
Demak, oq xalat shunchaki forma emas. U shifokorning tozalik, gigiyena va bemor salomatligi uchun mas’uliyatini ifodalovchi ramzdir.
🎓
TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTubep

October 28, 02:56
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
KUN HIKMATI
Aql bilan mansabga erishish mumkin.
Mansab bilan aqlga erishib bo'lmaydi.
O'tkir Hoshimov
🙂
Yangi kun muborak!
kanalga ulanish
👇

October 27, 16:20
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uçraşuvda sohadagi
taʼlim, kadrlar tayyorlaş va ilmiy faoliyatni
rivojlantirişga qaratilgan muhim taşabbuslarni ilğari surdi:
➖
Sönggi ön yilda
10 million aholiga
xizmat körsatadigan poliklinika va şifokorlar işga tuşirilib,
58 ming şifo örni
yaratildi, tibbiy xizmatlar hajmi
uç karra oşdi
.
➖
Farmatsevtika mahsulotlariga ehtiyojning
70 foizini
içki imkoniyatlar hisobidan qoplaş maqsad qilingan. Sohada
1 milliard dollarlik
330 ta yangi quvvat işga tuşirilib, erkin iqtisodiy zonalarda
1 milliard 200 million dollarlik
loyihalar bajarilmoqda.
➖
Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga
15 ming şifokor
tayyorlanmoqda. Kadrlar tayyorlaş klinik amaliyot bilan boğlanadi: kelasi yildan talabalar
haftada uç kun
bemor bilan işlaşni örganadi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilida
töliq tibbiyot muassasasida amaliyot
ötaydi.
➖
Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga
1,5 million söm
, magistraturani tugatganlarga
2,5 million söm
qöşimça ustama tölanadi.
➖
2027-yildan
oliygohlarda tor soha mutaxassisligi böyiça öqiş –
rezidentura bepul
böladi. Talabalarga
3 million söm stipendiya
beriladi (yönalişga qarab rezidentura
2 yildan 5 yilgaça
davom etadi).
➖
Tibbiyot xodimlarining malakasini oşirişga
xususiy sektor ham jalb qilinadi
, birlamçi böğin va tumanlardagi xodimlarning
öqiş xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi
.
➖
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini
davlat röyxatidan ötkaziş tizimi
kelasi yil
1-iyuldan ixtiyoriy
,
2030-yildan esa majburiy
böladi. Röyxatdan ötgan xodimlarga ustama tölanadi.
➖
Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandoş şifokorlarni jalb etiş uçun ularga
50 million sömgaça oylik ustama
, zamonaviy jihozlangan iş joyi va öz jamoasini şakllantiriş imkoniyati beriladi.
➖
Oliygohlarga klinikalar boğlanib,
“universitet klinikasi”
tizimi joriy etilgan. Ilmiy tadqiqotlarning
80 foizi oliygohlar klinikasida
bölişi kerakligi, tadqiqotlarda
taşxis aniqligini oşiriş
,
davolaş samarasini yaxşilaş
va
asoratlarni kamaytirişga
eʼtibor qaratilişi belgilandi.
➖
Genomika va biotexnologiyalar rivojlanişi munosabati bilan
bioetika va biotexnologiya sohalarining huquqiy asoslari
mustahkamlanib, inson huquqlari hamda roziligi birinçi öringa qöyiladi.
➖
Garvard tibbiyot maktabi
bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislar öqitilib,
genetik tekşiruv
joriy etiladi.
➖
Inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda barçaga örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun alohida
“Ibn Sino” ordeni
taʼsis etiladi.
#Prezident
#Tibbiyot_taʼlimi
#Taşabbuslar
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 27, 12:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi
Farmoniga muvofiq,
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi mudiri Ergashova Mukaramoy Jurabayevna II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak davlat mukofoti Mukaramoy Jurabayevnaning farmatsevtika sohasini rivojlantirish, dori vositalari xavfsizligini ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi samarali mehnati va kasbiy fidoyiligiga berilgan yuksak e’tirofdir.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi Mukaramoy Jurabayevnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

October 27, 11:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📺
BIZ OAV da
🇺🇿
FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTIDA
o'tkazilgan
📚
“MA’RIFAT ULASHIB” tadbiri "MAHALLA" telekanali "JOYIDA" informatsion dasturida.
📺
MANBAA
🎓
TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 10:54
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTIDA
📚
“YOSH KITOBXON” TANLOVI O‘TKAZILDI
🇺🇿
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
“Yosh kitobxon”
tanlovi tashkil etildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir institut tyutorlari M.O. Tolyaganova va N.Yu. Agzamxodjayeva tashabbusi hamda ARM bo‘limi boshlig‘i N. Yunusxodjayeva hamkorligida o‘tkazildi.
Tanlov davomida talabalar o‘zbek va jahon adabiyotining nodir namunalari, mumtoz asarlar hamda taniqli adiblar ijodi yuzasidan bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘rtasidagi bellashuv uchta shart asosida qizg‘in va mazmunli kechdi.
Jumladan,
“Badiiy asarlar bilimdoni”
shartida talabalar asarlar mazmuni va qahramonlarini aniqlash bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
“Tezkor savol-javob”
shartida adabiy faktlar hamda yozuvchilar hayotiga oid savollarga javob berdilar.
“Erkin fikrlash”
shartida esa mutolaa qilingan asarlarning inson kamoloti, ma’naviy tarbiyasi va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning javoblari belgilangan mezonlar asosida baholandi. Yakunda eng yuqori ball to‘plagan, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi va bilimdonligi bilan ajralib turgan talabalar tanlov g‘oliblari deb topildi.
📖
“Yosh kitobxon” tanlovi
talaba-yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini mustahkamlash va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
🎓
TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 10:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💜
Kimyoviy elementlarni kashf etish bo‘yicha dunyoda qaysi davlat yetakchi?
Sayyoramizdagi kimyoviy elementlar tabiatning ajralmas qismidir. Ular inson organizmining hayotiy faoliyatini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Aynan shu unsurlar tanamizga quvvat bag‘ishlab, barcha a’zo va tizimlarning bir maromda ishlashiga ko‘maklashadi.
Bugungi kunda kimyoviy elementlarning davriy jadvalida 118 ta element nomi keltirilgan. Ularning ba’zilari insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lsa, ayrimlari XX va XXI asrlarda kashf etilgan.
“Naked Science” onlayn nashri tahlillariga ko‘ra, kashf etilgan elementlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya dunyoda yetakchilik qiladi. Davriy jadvaldagi 22 ta element, jumladan, natriy, kaliy va argon gazi aynan mazkur mamlakatda topilgan. Ingliz kimyogarlari Xamfri Devi va Uilyam Ramzay ushbu unsurlarning aksariyatini fanga taqdim etgan.
Reytingning ikkinchi o‘rnida AQSh qayd etilgan – amerikalik olimlar tomonidan 20 ta element kashf qilingan. Shvesiya va Germaniya vakillari hisobida 19 tadan element mavjud bo‘lib, ular uchinchi pog‘onani baham ko‘rmoqda.
Keyingi o‘rinlarni 16 ta element bilan Fransiya hamda 10 ta kashfiyot bilan Rossiya egallagan.
Shuningdek, Avstriya, Daniya, Ispaniya, Shveysariya, Kanada, Finlyandiya, Italiya, Yaponiya, Meksika va Ruminiya olimlari ham davriy jadvalning shakllanishiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan.
Muxtasar aytganda, kimyoviy elementlarning kashf etilish tarixini o‘rganish turli mamlakatlar mutafakkirlarining umuminsoniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini yaqqol namoyon etadi.
MANBAA
🎓
TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI!
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 27, 08:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga
ishonch bildirdi.
–
Orangizdan kelajakning buyuk shifokorlari, olimlari va kashfiyotchilari chiqishiga ishonaman!
Bizning vazifamiz ana shu
iqtidorlarni kashf etish, ularga ishonish va orzularini ro‘yobga chiqarish
uchun imkoniyat yaratishdan iborat
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Shu maqsadda
“Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati
tashkil etildi. Mazkur platforma t
alabalar, yosh shifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoshlarni birlashtiradi.
Uchrashuvda davlatimiz rahbari
so‘zni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga topshiriq berdi.
– Men bir narsani so‘rayman:
har bir tibbiyot xodimi o‘ziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uchun kechagidan ko‘ra ko‘proq nima qila oldim?”.
Agar har birimiz shu savolga javob qidirib ishlasak,
tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.
🌐
Web-site
🔵
Telegram
👥
Fb
📷
Instagram
🌐
Linkedin

October 27, 08:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlat rahbari “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi” faxriy unvoni bilan tört nafar yetuk tibbiyot mutaxassisini taqdirladi
Ular orasida Respublika ixtisoslaştirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor
Botir Daminov
ham bor. U mamlakatimizda nefrologiya va transplantologiya yönalişlarini rivojlantiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş borasida öz ilmiy-amaliy maktabini yaratgan soha fidoyilaridan biridir.
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor
Mirjalol Jörayev
ham uşbu faxriy unvonga sazovor böldi. U saraton kasalliklarini davolaş böyiça yigirmadan ortiq noyob standartlarni işlab çiqqan, onkologiya sohasidagi ilmiy izlanişlari bilan tanilgan salohiyatli olimdir.
Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslaştirilgan markazi direktori
Şavkat Karimov
ham davlat mukofoti bilan taqdirlandi. U milliy tibbiyotimiz, xususan, jarrohlik ilm-fani va amaliyotining rivojiga salmoqli hissa qöşgan taniqli olimlardan biridir.
Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor
Azamat Yusupov
ham yuksak e’tirofga sazovor böldi. Ellik mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan tajribali mikroxirurgning faoliyati minglab insonlarning köriş salomatligini tiklaş va saqlaş bilan çambarças boğliq.
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi”
faxriy unvoni esa Toşkent davlat tibbiyot universitetining birinçi dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori
Adhamjon Vaisov
ga berildi. Sohaga oid önga yaqin ixtirolar muallifi bölgan olimning ilmiy-pedagogik faoliyati yoş şifokorlar va tadqiqotçilarni tayyorlaşda alohida ahamiyat kasb etadi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 27, 07:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
xususiy klinikalar soni
2017-yildagi 3,5 mingtadan
9 mingtadan ortiqqa yetganini
qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda
xususiy sektor oldinga o‘tdi:
uning ulushi
stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni
tashkil etmoqda.
Shu bilan birga,
hududlar o‘rtasida katta tafovut
saqlanib qolmoqda.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlari
va
Toshkent shahrida
xususiy klinikalarning
35-40 foizi statsionar o‘rinlarga ega.
Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax
va
Navoiyda bu ko‘rsatkich 15 foizga ham yetmaydi.
Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tug‘uruq komplekslari
kabi talab yuqori yo‘nalishlarda
xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas.
Ushbu yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi.
Yerlar
faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X