
FUTGOL
Flikning “Barselona”sini kim to‘xtata oladi?
Shchesni: Albatta, men!
@futgol_uz
“Brayton”ning yangi logotipiga nima deysizlar
😎
?
@futgol_uz
“Chelsi” esa nihoyat murabbiy jamoasiga aylanishni boshlaganini ko‘rdik
@futgol_uz
“Arsenal” — bu mavsum barcha sovrinlar uchun asosiy da’vogar
Bu jamoada, bu yigitlarda barcha sovrinlarni yutish uchun hamma narsa bor.
@futgol_uz
Edegor Arteta davrida Venger davridagi “Arsenal”ning golini urdi
“Kanonirlar”ni shunday gollari uchun ham hurmat qilaman.
@futgol_uz
“Arsenal”dan muxlislar bu mavsum ko‘proq narsa kutishga to‘laligicha haqli. Chunki jamoada hamma narsa bor — chempionlikka erishgan asos hech qayerga ketgani yo‘q. Murabbiy shu yerda. Yangi qo‘shilganlar bor. Solis esa butun umr “to‘pchilar” safida o‘ynab yurgandek.
“Arsenal” mavsumni chempionga xos boshladi, ikkita o‘yin — 6 ta gol, bitta ham o‘tkazmadi:
Superkubokda “Siti”ga 3 ta, bugun esa Lemparning “Koventri”siga 3 ta.
@futgol_uz
https://youtu.be/6_Zs_P0GyMs
17.08.2005
O‘zbek futbolini onda-sonda tomosha qilib turadigan odam ham bu sanani yaxshi eslaydi. Chunki shu kuni o‘zbek futbolidagi eng zo‘r o‘yinlardan biri bo‘lgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2006 saralashi doirasida Toshkentda Kuvayt bilan o‘ynagan. Mehmonlar 30 daqiqa ichida 2 ta gol urib, 40 ming tomoshabin yig‘ilgan “Paxtakor” stadionini karaxt ahvolga tushirib qo‘yadi.
41-daqiqada Server Jeparov penaltidan gol urib, muxlislarga umid bergan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Maksim Shatskix va Anvar Soliyevlarning gollari superkambek yaratilishiga sabab bo‘lgandi. Undan keyin jahon chempionatidan qolib ketganimiz esa boshqa katta hikoya.
Lekin bu o‘yinni men boshqacha eslayman. Dadam o‘shanda eski “Jiguli”sida qo‘shni sinfdoshimning akasi bilan meni Toshkentga shu o‘yinni ko‘rishga olib kelgandi. Perevalda mashina qizib ketib, “baklajka”da suv quyganlarimiz-u, dadamning militsioner bojasi (rahmatli yaxshi inson edi) talato‘pda bilet olib, bizni o‘yinga kiritgani xuddi kechagidek esimda, oradan esa 21 yil o‘tdi! Maydondagi haqiqiy spektakl, muxlis to‘la stadion. Hammasi go‘zal edi.
Futbol shunday xotiralar bilan go‘zal! Shunday xotiralar uchun, dada, rahmat sizga!
@futgol_uz