
NAMANGAN VILOYATI FVB | RASMIY KANAL
🎓
YOSHLAR BILAN KASBGA YO‘NALTIRUVCHI UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Uchqo‘rg‘on tumanida hokimlik, Yoshlar agentligi, Xalq ta’limi va Mahalla jamg‘armasi, 1-, 2-, 3- va 4-sonli texnikumlar hamda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirokida yoshlarni kasbga yo‘naltirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Umidjon Xamdamov ishtirok etdi.
📚
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarori asosida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi yangiliklar, Akademiyaga o‘qishga qabul jarayonlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarga:
🔹
2+2 ta’lim shakli;
🔹
Qutqaruvchilik kasbiga tayyorlash texnikumi;
🔹
“Shahrisabz” Temurbeklar maktabi;
🔹
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.
✅
Tadbir yoshlarning kelajakdagi kasbini to‘g‘ri tanlashi, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar safini kengaytirish hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating.
Fvb.uz
| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
🎙
AYNI DAMDA | JONLI EFIR
Ayni damda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik
Bahromjon Radjapov
ishtirokida viloyat telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat o‘tkazilmoqda.
Suhbat davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning
oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi muhim tavsiyalar haqida so‘z yuritilmoqda.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating.
Fvb.uz
| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Is gazi hayot uchun xavfli
Isitish qozoniga noto‘g‘ri o‘rnatilgan dudburon mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Mo‘ri standart asosida ishlab chiqarilgan, metalldan yasalgan va kerakli burchak ostida o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Nosoz o‘rnatilgan mo‘ri - is gazidan zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.
—
Угарный газ опасен для жизни
Вот так выглядит неправильно установленный дымоход на отопительном котле. Дымоход должен быть заводского производства, металлический и вмонтирован под нужным углом. Дымоход, установленный с нарушениями - может стать причиной отравления угарным газом.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com
“Seshanba — oila va xotin-qizlar kuni” munosabati bilan harbiy xizmatchilar xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.Tashrif davomida ularning yashash sharoiti, oilaviy muhit hamda ijtimoiy holati o‘rganilib, mavjud muammo va ehtiyojlar tinglandi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan shaxsiy tarkibning ijtimoiy-maishiy ahvolini yaxshilash, ularning turmush darajasi va oilaviy muhitini mustahkamlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Samimiy suhbatlar jarayonida harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan muloqot qilinib, farzandlar tarbiyasi, yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Mazkur tashriflar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
.
Fvb.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
🚒
DAVLATOBOD TUMANIDA YONĞIN-QUTQARUV BÖLINMALARINING JANGOVAR ŞAYLIGI ÖRGANILDI
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi mas’ullari tomonidan Davlatobod tumani Favqulodda vaziyatlar bölimida yonğin-qutqaruv bölinmalarining
xizmat faoliyati, xizmat intizomiga rioya etilişi hamda jangovar tayyorgarlik
holati örganildi.
Örganish davomida şaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish qobiliyati, şuningdek, yonğin-qutqaruv texnikalari va maxsus jihozlarning şaylik holati kõzdan kechirildi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, xizmat intizomini mustahkamlaş hamda bölinmalarning jangovar şayligini yanada oşiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatma va tavsiyalar berildi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating.
Fvb.uz
| Telegram | Facebook | YouTube | Instagram