
GeekTv studiyasi
🎮
GeekTv Launcher — o‘zbekcha o‘yinlar endi bitta joyda!
Bu yerda:
🛒
O‘yinlarni sotib olish va yuklab olish — O‘rgimchak-odam, Deadpool, Omadli Minora, Fotomaliya, Do‘kondagi dahshat, Ko‘l xizmatkori va boshqalar
⚙️
Dublyajni launcher o‘zi o‘rnatadi — hech qanday papka, fayl almashtirish yo‘q
🗳
Ovoz berish: qaysi o‘yin keyingi bo'lib o‘zbekcha gapirishini siz tanlaysiz
💬
Izohlar, baholar va o‘yinchilar chati
Launcher bepul
👇
🌐
geektv.org
— yuklab oling, akkaunt oching va o‘ynang!
Savollar bo‘lsa:
@geek_tv_admin
Nyu-Yorkda bayrog’imiz hilpirayapti
🇺🇿
🕷
Videoo’yinni kutayotganlar bormi?
Hozirda GeekTV bor e’tiborini
«O‘rgimchak odam» videoo‘yiniga
qaratgan. Ushbu loyiha ustida deyarli bir yildan beri ishlayapmiz. Bu ishga juda katta kuch, asab va mablag‘ sarflandi.
Bizga hech kim hech qanday kafolat bergani yo‘q. Hatto qilgan mehnatimiz uchun hech kim rahmat aytmasligi ham mumkin. Lekin GeekTV faoliyat yuritayotgan ekan, hech bo‘lmasa, ortimizdan
bir-ikkita arzigulik ish qoldirishni
xohlaymiz.
Shu sababli, barcha xavf-xatarlarga qaramay, ushbu o‘yinni oxiriga yetkazamiz.
Videoo‘yin ustidagi ishlar yakunlanishi bilan vaqtincha to‘xtab qolgan ayrim seriallarimizning o‘zbekcha tarjimasini ham chiqarishni davom ettiramiz.
Hurmatli do‘stlar!
Afsuski,
«Qasoskorlar: Qiyomat kuni»
filmining rasmiy o‘zbekcha dublyaji katta ehtimol bilan bo‘lmaydi.
Buning asosiy sabablaridan biri —
«O‘rgimchak odam»
filmining o‘zbekcha versiyasiga kutilgan darajada tomoshabin tashrif buyurmagani.
Nima ham qilardik... Balki qachondir yurtimizda kinoteatrlar soni ko‘payib, o‘zbekcha dublyaj ham yirik kinokompaniyalar uchun qiziqarli yo‘nalishga aylanar.
Lekin bu safar, afsuski, muammo faqat kinoteatrlar soni kamligida emas edi.
Do'stlar, ko'pchilik so'rayapti: «O'rgimchak odam: Yangi kun» GeekTV'da chiqadimi?
Afsuski, yo'q. Bizda filmni ko'rsatish huquqi (litsenziya) yo'q, biz faqat uning o'zbekcha dublyajida ishtirok etganmiz.
Lekin o'zbekcha dublyajimiz HD formatda allaqachon internetda bor. Qidirganlar topadi
😉
Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!
@geektvstudiyasi
⚠️
Hurmatli do‘stlar!
Deadpool video o‘yinini pulga sotayotgan kanal va shaxslarga aldanmang. O‘yinning o‘zbekcha versiyasini
geektv.org
saytidan mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin.
O‘yinni faqat rasmiy manbamiz orqali yuklab olishingizni tavsiya qilamiz. So‘nggi paytlarda o‘yinni qayta tarqatayotgan noma’lum manbalar ko‘paygan. Bunday fayllar o‘zgartirilgan yoki zararli dasturlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
🔒
Xavfsiz va bepul yuklab olish — faqat
geektv.org
orqali.
Deadpool o‘yini uchun pul to‘lamang!
@geektvgaming
https://youtu.be/c5AxwRrTBj0?si=T_BSu47l4WzqEFXB
Hurmatli do'stlar GeekTvni dublyaji deb ishontirib obuna sotishayotgan ekan.
Biz hali Rik va Mortini 9 faslini dublyaj qilganimiz yo'q. Bizda bor deganlarga ishonmanglar.
Yangi qism chiqsa shu rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi boshqa joyda emas