Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

GEOEDU.UZ

geoedu_uz
― Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal. Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027 ― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot ― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo
Подписчики
2 320
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
1 239
ER
53,75%
Посты (30д)
5
Символов в посте
692
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 02, 12:36

#diqqat

🚀
YANGI QADAM, YANGI MAQSADLAR!

Assalomu alaykum, aziz qadrdonlar va ilm fidoyilari!

Kanalimiz eng malakali mutaxassislarni to‘plagan holda o‘z faoliyatini yanada kengroq va sifatliroq ko‘rinishda davom ettirishga tayyorlanmoqda.

🎯
Bizning asosiy maqsadlarimiz:
👨‍🔬

Zamonaviy pedagog
: Ustozlarimizni eng so‘nggi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish.
👨‍💻

Raqamli ta’lim
: Dars jarayonida AKTdan samarali foydalanishni o‘rgatish.
🔠

Imtihonlarga ko‘mak
: Milliy va malaka imtihonlariga bepul tayyorlov kurslarini tashkil etish.
👨‍🎓

Abituriyentlar platformasi
: Sifatli va tushunarli darslar rukni.
🧑‍🎨

Iste’dodlar tanlovi
: Fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvi.
Ushbu maqsadlar hozirgacha bo‘lgan kuzatishlar va tahlillar asosida belgilab olindi.

💡
Sizning fikringiz — biz uchun muhim!

Kanalimizda yana qanday mavzularda ma’lumotlar berib borilishini istaysiz? Qaysi yo‘nalish ko‘proq foydali bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

📝
Fikrlaringizni ​ushbu post ostidagi izohlarda yoki
@geomurojatbot
manziliga yuboring.
❗️

Har bir taklifingiz biz uchun qadrli va e’tibordan chetda qolmaydi!

👉
@Geoedu_uz
— Shunchaki ma’lumot emas, tizimli bilimlar maskani!

February 19, 00:57

#metodik_qoʻllanma
📗
GEOGRAFIYA FANIDAN METODIK QOʻLLANMA
Ismatov J.A [va boshq.]. Geografiya (10-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b.
Annotatsiya:
Ushbu metodik qo‘llanma 10-sinf geografiya darslarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida sifatli tashkil etish, o‘qituvchilarga amaliy yordam berish maqsadida yaratilgan. Unda har bir darsning maqsadi, kutilayotgan natijalar, fanlararo integratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning yechimlari batafsil yoritilgan.
🏷
Mavzuga aloqador boshqa adabiyotlar:

Fedorko V [va boshq.].
Geografiya [Matn]: 10-sinf uchun darslik. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022-y. - 192 b.

Sarbolayev U.R. 10-sinf geografiya fani bo’yicha metodik qo’llanma. Samarqand, 2024. -161 b.
👉
@geograflar_kutubxonasi

February 17, 10:18


#metod_almashish
👥
“Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish” metodi
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi.
O‘quvchilarga berilgan topshiriqlar 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi uning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib, baholaydi.
O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida yoki individual tarzda tashkil etilishi mumkin.
📍
Manba:
Avezov M.M [va boshq.]. Geografiya (7-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b.
👉
@Geoedu_uz
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

February 14, 08:43

#metodik_qoʻllanma
📗
GEOGRAFIYA FANIDAN METODIK QOʻLLANMA
Avezov M.M [va boshq.]. Geografiya (7-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b.
Annotatsiya:
Ushbu metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fanini o‘qitish sifatini oshirish, dars jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Shuningdek, qoʻllanmada jahon miqyosidagi texnik taraqqiyot va globallashuv davrida ta’lim tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish, o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyati asoslab berilgan.
🏷
Mavzuga aloqador boshqa adabiyotlar:

Mirakmalov M [va boshq.].
Geografiya [Matn]: 7-sinf uchun darslik. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022-y. -176 b.

Xakimova G.Sh., Sarbolayev U.R. 7-sinf geografiya fani bo’yicha metodik qo’llanma. Samarqand, 2024. -96 b.
👉
@geograflar_kutubxonasi

February 12, 06:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#metod_almashish
|
#tavsiya
📌
Darslarda foydalanish uchun "
SWOT tahlili
" metodi chizmasi (tayyor shaklda)
Ushbu metod chizmasi
@Geoedu_uz
loyihasi muallifi tomonidan takomillashtirilgan bo‘lib, barcha fanlar va darslarda samarali qo‘llanishi mumkin. Iltimos, tarqatishda mualliflik huquqiga hurmat bilan yondoshing.
🔗
Tarqarish uchun havola:
https://t.me/geoedu_uz/6449
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

February 03, 08:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#metod_almashish
💻
CANVA PLATFORMASI Canvaning ta’limdagi asosiy imkoniyatlari va afzalliklari:
🔹
Kreativ fikrlash;
🔹
O‘quv rejasini ishlab chiqish;
🔹
O‘quvchilarga o‘quv rejalarini tuzishda yordam berish;
🔹
Taqdimotlar, audio, video va tasvirli multimedia…

February 03, 08:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#metod_almashish
💻
CANVA PLATFORMASI
Canvaning ta’limdagi asosiy imkoniyatlari va afzalliklari:
🔹
Kreativ fikrlash;
🔹
O‘quv rejasini ishlab chiqish;
🔹
O‘quvchilarga o‘quv rejalarini tuzishda yordam berish;
🔹
Taqdimotlar, audio, video va tasvirli multimedia resurslari yordamida darsliklarni vizuallashtirish;
🔹
Jamoaviy ishlash
🔰
Qoʻshimcha maʼlumotlar yuqoridagi rasmda batafsil bayon etilgan.
📹
Roʻyxatdan oʻtish va undan foydalanish boʻyicha videoqoʻllanma
(yozuv ustiga bosing).
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

January 23, 19:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#metod_almashish
📌
Interaktiv taʼlim platformalari va ularning qisqacha mazmuni
Ushbu platformalar darslarni qiziqarli va samarali oʻtkazish, shuningdek, oʻquvchilarning faol ishtirokini ta’minlash imkonini beradi.
❗️
Qaysi platforma sizni qiziqtirsa izohlarda yozib qoldiring, biz sizga ushbu (eng koʻp soʻralgan) platforma haqida maʼlumot va undan taʼlim jarayonida qanday foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma taqdim etamiz.
👉
@Geoedu_uz
kanali bilan darslaringizni yanada interaktiv va samarali tashkil eting!
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

January 21, 10:07


#vertual_oʻyin
🗺
YEVROPA DAVLATLARINI INTERAKTIV O‘RGANAMIZ!
Yevropa davlatlarining geografik o‘rni, poytaxti va boshqaruv shaklini o‘rganish bo‘yicha virtual o‘yin.
✔️
O‘tgan mavzuni takrorlash yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida foydalanish mumkin.
▶️
O‘yinni boshlash uchun havolani bosing yoki QR-kodni skaner qiling:
🔗
https://www.educaplay.com/learning-resources/26506156-poytaxtlar_bo_yicha_o_yin.html
👉
@Geoedu_uz
kanali bilan darsni qiziqarli va samarali tashkil eting!

January 09, 04:13

#diqqat
📌
GEOGRAFIYA FANIGA OID KITOBLAR QABUL QILINADI!
Uyingizda foydalanilmayotgan geografiya faniga oid darsliklar, qo‘llanmalar, atlaslar va ilmiy kitoblar bormi?
❗️
Biz ularni holatidan qat’i nazar sotib olamiz yoki hadya sifatida mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
💰
Sotish istagida bo‘lsangiz — manfaatli narxlarda kelishamiz.
🎁
Hadya qilish orqali esa ilmga, ta’limga o‘z hissangizni qo‘shasiz.
📲
Aloqa uchun:
@Geomurojatbot
"Kitobingiz bo‘lmasa ham befarq bo‘lmang — ushbu xabarni tarqatish orqali fanimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing."