
G'ijduvon News
⚡️
Diqqat! Elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi!
⚡️
Hurmatli hamshaharlar
!
G‘ijduvon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan
2026-yil 29-iyul kuni
elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
⏰
Vaqti:
09:00 dan 17:00 gacha.
📍
Hududlar:
Nodirabegim, Gulistonobod, Havzak, Chag‘dari va Obod MFYlari.
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Elektr ta’minoti belgilangan muddatda tiklanadi.
#Bugun
, 29 iyul
☀️
+40°...+28°, Ochiq havo
Hozir:
☀️
+28°,
⬇️
8.5 m/s
Tong:
☀️
+32°
Kun:
☀️
+39°
Oqshom:
☀️
+38°
Namlik: 13%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 11.4 m/s
Bosim: 752 mm sim. ust.
Oy: To'lin oy
Quyosh chiqishi: 05:37
Quyosh botishi: 19:58
Bolalar nafaqasi 386 ming so‘mgacha oshirildi
O‘zbekistonda bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalarining 2026-yil 1-iyuldan boshlab amal qilayotgan miqdorlari keltirildi.
bizga obuna bo‘ling
Buxoro viloyatining ba’zi hududlarida 29-iyul kuni tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik toʻxtatiladi
Gʻijduvon tumanining Pamo‘za mahallasi, Gʻovshun mahallasining Gʻovshun qishlog‘i, O‘zanon mahallasi Namatgaron qishlog‘ida gaz quvurini ta’mirlash maqsadida soat 9:00 dan 17:00 gacha; (aholi xonadonlar soni 360 ta)
“Hududgaz Buxoro” GTF matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni
amaliy tashrif
bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева 29 июля посетит эту страну
с рабочим визитом.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Qozogiston
#hamkorlik
Prezident.uz
DIQQAT, E'LON!
🏗
Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi rahbari U. Abdullaevning sayyor qabuli o‘tkaziladi
📅
2026-yil 29-iyul
🕙
Soat: 10:00
📍
G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi binosi
Sayyor qabul davomida fuqarolar hamda yuridik shaxslarning
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid murojaatlari
, shuningdek,
ko‘p kvartirali uy-joylardagi mavjud muammo va kamchiliklar
atroflicha o‘rganilib, murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida amaliy choralar belgilanadi.
Shuningdek, bosh boshqarma rahbari tomonidan:
🔹
ko‘p kvartirali uylarning
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
;
🔹
hududlarda olib borilayotgan
tozalik va obodonlashtirish ishlari
;
🔹
aholi bilan
ochiq muloqot va uchrashuvlar
tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📌
Hurmatli fuqarolar!
Qurilish va kommunal sohalarga oid murojaat hamda takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
🔴
G‘ijduvon tumani yangiliklarini kuzatishda davom eting!
🚨
G‘ijduvonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
.
📍
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining Buxoro viloyatida olib borayotgan
xizmat safari doirasida
, G‘ijduvon tumani hokimi
F. Umarov
hamrohligida G‘ijduvon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hamda yangi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lim binosi loyihasi bilan tanishildi.
🔹
Jarayon davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik targ‘ibot ishlari, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
👇
👇
👇
➡️
Batafsil
⚡️
Энди 3- ва 4-курс талабалари мактабларга дипломсиз ишга ариза топшириши мумкин
Олий таълим муассасаларининг 3- ва 4-курс талабалари эндиликда диплом нусхасини юкламасдан ариза юборишлари мумкин.
"Педагог" платформасида ариза тўлдириш жараёнида "Дипломлар" босқичига ўтилганда тизим фойдаланувчининг талаба мақомини аниқлайди ва махсус рухсатнома ойнасини тақдим этади. Шундан сўнг талабалар ҳеч қандай диплом ҳужжатини юкламасдан "Кейингиси" тугмасини босиб, ариза топширишни давом эттиришлари мумкин.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postining rekonstruksiyadan keyin ko‘rinishi
Bojxona qo‘mitasi Toshkent tumanida joylashgan ushbu bojxona posti ochilishiga oz qolganini
ma’lum qildi
. U 2026-yil sentyabrida ishga tushirilishi kutilayotgandi.
bizga obuna bo‘ling
Yerfurush ushlandi
Buxoroda Kadastrlar palatasi bo‘lim boshlig‘i 65 m² maydonda qurilgan bino va unga tutash 35 m² yerni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 2,5 ming dollar olgan vaqtda ushlandi.
ochun.uz