Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

GLOBOGATE

globogate
O'zbekistonlik malakali hamshiralarni (o'rta tibbiyot xodimlari) Germaniya klinikalarida ishga joylashtirish, Germaniyada mehnat faoliyatini olib borishda ko'maklashish. Murojaat uchun: @Globogate009 @globogate_v @globogate_st @Globogate_Qabul
Подписчики
5 922
24 часа
-5
30 дней
-107
Просмотры
3 170
ER
53,53%
Посты (30д)
58
Символов в посте
502
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDСтуденты за рубежом
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
September 05, 19:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ЕВРОПА ШИФОХОНАЛАРИ ҚАНДАЙ МУТАХАССИСЛАРНИ ИЗЛАЯПТИ?
Миграция агентлиги ва «Penta Hospitals International»
ҳамкорлигида
Чехия ва Словакияда ишлаш истагидаги шифокорлар, олий маълумотли ҳамширалар ва тиббиёт оғалари учун иш берувчилар танлови бўлиб ўтди.
🎓
Танловдан кейинги қадам — тил ва касбий фаолиятга
тайёргарлик.
Сараланган номзодлар «Интил» халқаро марказида хорижлик ўқитувчилар иштирокида уч ойлик чех ёки словак тили курсларида ўқийди. Ўқиш ва турар жой харажатларини Миграция агентлиги қоплайди, виза ҳужжатларини расмийлаштиришда амалий кўмак кўрсатади.
💶
Лойиҳа доирасида курсларни муваффақиятли тамомлаган
шифокорларга 3 000 евродан, ҳамширалар ва тиббиёт оғаларига 2 000 евродан
бошланувчи ойлик иш ҳақи таклиф этилмоқда.
🎥
Танлов қандай ўтди? Юртдошларимизни қандай имкониятлар кутмоқда? Батафсил — репортажимизда!
📢
Хабарни тарқатинг!
👉
@uzmigration

September 04, 05:52
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

September 04, 05:51
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

September 01, 07:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, taraqqiyoti va kelajakka bo‘lgan ishonchining timsolidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, turmushimiz farovon bo‘lsin. O‘zbekistonimiz yanada rivojlanib, yangi yutuq va marralarni zabt etaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🇺🇿
Hurmat bilan,
GLOBOGATE jamoasi.

August 30, 13:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yaqinda ASKLEPIOS klinikasiga yetib borgan tibbiy og'amiz Azizillo Akbarov nemislarning mashhur Pfand tizimi haqida tayyorlagan video-hikoyani e'tiboringizga havola qilamiz.
"Germaniyada plastik butilka, banka va ayrim shisha idishlarni sotib olganda to‘lanadigan garov pulini (depozit) qaytarish tizimi.
Masalan:
🥤
Plastik idishli ichimlik sotib olasiz → uning narxiga qo‘shimcha 25 sent Pfand qo‘shiladi.
Butilkani bo'shatgach, supermarketdagi Pfandautomat'ga topshirasiz.
Uskuna butilkani qabul qiladi va sizga 25 sentlik kupon beradi.
Kassada kuponni berib, pulni chegirtirishingiz yoki pul ko'rinishida qaytarib olishingiz mumkin.
Misol: 32 ta butilka × 25 sent = 8 €.
Bu tizim orqali siz chiqindilarni qayta ishlash tizimiga hissa qo'shasiz va iqtisodiy foyda ham olasiz.."
@aziz_akbaroff

August 25, 12:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qadrli do‘stlar!
O‘tgan haftada GLOBOGATE dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan navbatdagi hamshiralar va tibbiy og’alar guruhini Axen universitet klinikasiga kuzatib qo‘ydik.
Ularga omad, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz!
🤍

August 24, 10:40

Shakllangan bir an'anamizga ko'ra, avvalgi reysda klinikaga yetib borgan hamshiralarimiz yangi reysda boradigan hamshira hamkasblarini dasturxon bezab, kutib olishadi.
Yaxshi an'analarimiz bor bo'lsin!
😄

August 24, 10:38
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

August 24, 10:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kecha kuzatganimiz 15 nafar hamshira mutaxassislarimiz ASKLEPIOS klinikasiga yetib borishdi.

August 24, 09:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Germaniya klinikalari o'rta tibbiyot xodimlarida qanday fazilatlarni qadrlaydi?
🇩🇪
👩🏻‍⚕️
Germaniyada ishlash uchun nafaqat kasbiy bilim va tajriba, balki mutaxassisning ishga bo‘lgan munosabati va shaxsiy fazilatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Nemis ish beruvchilari, xususan klinikalar quyidagi fazilatlarni qadrlaydi:
✔️
Kasbiy intizom va mas’uliyat;
✔️
Nemis tilini yaxshi bilish – odatda kamida B2/C1 darajasida;
✔️
Punktuallik va tartiblilik;
✔️
Bemorlarga g'amxo'rlik va hamdardlik;
✔️
Jamoada ishlash qobiliyati;
✔️
Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va malaka oshirishga intilish.
Aynan shu fazilatlar Germaniyada yangi ish muhitiga tezroq moslashish, jamoaning bir qismiga aylanish va muvaffaqiyatli karyera qurishda muhim rol o‘ynaydi.
🇩🇪
GLOBOGATE dasturi esa sizga nemis tilini o‘rganishdan boshlab, Germaniyada ish boshlash va moslashishgacha bo‘lgan jarayonda mutlaqo bepul yordam beradi.
✈️
Batafsil ma’lumot olish uchun bizga ariza qoldiring.
🙌🏻