Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

MATH with JAKHONGIR

gre_sirlari
Hammasi MATEMATIKA haqida 🔥 - Kunlik savollar 🎯 - Video yechimlar 📹 - Yangi so’zlar 📖 - Ustozlarning natijalari ⚡️ - Foydali kontentlar 🔋
Подписчики
2 460
24 часа
30 дней
-100
Просмотры
2 364
ER
0,96%
Посты (30д)
4
Символов в посте
552
November 19, 06:30

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar.
Ko'pchilik ustozlar hozirda mendan so'rayotgan ba'zi savollarga javob yozmoqchiman.
1. Attestatsiya bo'yicha kursingiz bormi?
Men hozirda hech qanday onlayn kurs o'tmayapman.
2. Attestatsiyaga tayyorlanish uchun kimni tavsiya qilasiz?
Men o'zim bilgan ikkita onlayn kursni tavsiya qilaman.
1. Sayliyev Abbosxon va Xodiyev Lutfulloxonlar birgalikda tashkil qilayotgan kurs.
2. Math_teachers jamoasining kursi.
3. Yuqoridagi shu ikkala kursdan qaysi birini tavsiya qilasiz?
Har ikkala kursda ham tizim yaxshi tashkil qilingan. Jamoa bo'lib ishlashadi. To'lovlari ham deyarli bir xil. Ikkala kursda ham hozirda bo'lib to'lash mavjud.
Hozirgi holatda shu ikkala kursning men bilgan alohida ustunliklari nimada?
1-kurs haqida.
Jamoada matematika fanidan xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush, bronza medallarini olgan salohiyatli ustozlar Sayliyev Abbosxon va Toshpo'latov Elbeklarning borligi. Ular masalalarga noodatiy yondashish, masalalarni yechishning oson va kreativ usullarini o'rgatishidir. Ikkala ustoz ham mavzularni yuqori darajada tushuntirish qobiliyatiga ega.
Va yana eng katta yutuqlaridan biri bu Xalqaro SAT, GRE, GMAT imtihonlari bo'yicha onlayn kurslarda yuqori muvaffaqiyatga erishgan Xodiyev Lutfulloxonning borligi. Ya'ni siz attestatsiya imtihonidan o'zingiz ko'zlagan natijaga erishganingizdan keyin o'sha ustoz bilan qisqa muddatda SAT imtihoni topshirish orqali 50% lik ustamani ham qo'lga kiritishingiz mumkin. Xodiyev Lutfulloxon ustozni ko'pchilik tartib-intizomga qattiq amal qiladigan, o'qituvchilarga kerakli motivatsiyani bera oladigan ustoz sifatida tariflaydi. Bu ham onlayn kurs jarayoni eng kerakli bo'lgan sifatlardan biri.
2-kurs haqida
Men o'zim bu jamoaning dars o'tgan kurslariga yozilmaganman. SAT kurslari haqida ham ma'lumotga ega emasman. Shuning uchun bu jihatlari haqida biror fikr bildira olmayman.
Men o'zim test guruhlariga qo'shilganimda ko'rgan ijobiy jihatlarimni sizlarga ham bildirmoqchiman. Har kuni o'qituvchilar uchun alohida topshiriqlar berilardi, haftada 2 kun jonli darslarda murakkab mavzular takrorlanib, o'shalarga doir vazifalar berilardi. (Ishimdagi tirbandliklar tufayli men o'zim lekin vaqt ajratib topshiriqlarni vaqtida qila olmagan edim. )
Tuzilgan mock testlarning aynan attestatsiya darajasida ekanli eng katta ustunligi deb o'ylayman bu kursning. Men o'zim ham oxirgi bir haftada barcha mock testlarni yechdim, va shu testlar menga attestatsiya jarayonida matematika bo'limidan 100% yechishimga yordam berdi. Mock testlarni boshida yechganimda xatolarim kutganimda ko'ra ko'p chiqdi va ko'plab misollarni yechishga vaqt sarfim ham ancha ko'p ekanini kuzatdim. Lekin bir nechta mockni yechgandan keyin xatolar kamaydi, tezligim ham o'z-o'zidan yaxshilandi.

November 14, 16:18
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Attestatsiya
#Rekord_natija
🔄
BUXOROLIK USTOZ – UCHTA FAN YO‘NALISHIDA YUQORI NATIJALARNI QAYD ETDI!
🔆
Ta’lim sohasida fidoyilik, mehnatsevarlik va o‘z ustida tinimsiz ishlash har doim yuksak natijalarga eltadi. Bunga Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi
Jahongir Mirzaqulov
misol bo‘la oladi.
📌
Kuzgi attestatsiya jarayonida ustoz bir emas,
uchta
fan —
matematika, informatika
va
ingliz
tili fanlari yo'nalishida test sinovlarida ishtirok etib, har uchchala fandan ham yuqori natijalarni qayd etdi:
matematika
fanidan -
98 bal
l,
ingliz tili
fanidan -
90 ball,
informatika
fanidan -
82 ball
.
➡️
Bu yutuqlar — ustozning o‘z kasbiga sadoqati, bilim va tajribasini doimiy oshirishga intilishi natijasidir.
⚡️
Ustozimizga kelgusidagi faoliyatida yanada yuksak marralarni tilaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram
|
Facebook

November 14, 15:52

Yaqinda attestatsiya jarayonlari bo'lib o'tdi. Men o'zim ham ushbu jarayonlarda qatnashdim. Eng qiziq tomoni bu galgi attestatsiya jarayonlarida 3 ta fan matematika, ingliz tili va informati fanlaridan qatnashdim.
Quyidagi natijalarni qayd qildim.
matematika
fanidan -
98 bal
l,
ingliz tili
fanidan -
90 ball,
informatika
fanidan -
82 ball
.

November 14, 15:47

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Kanalimiz ham ko'pdan beri yuritilmadi. Bugun bir xushxabarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman. Kanalni kuzatayotganlar bormi?

June 14, 15:32

https://us05web.zoom.us/j/83084097612?pwd=fbf1YRv3QllfB8GO5VhaIbczNfe86R.1

June 14, 15:32

Jonli darsga quyidagi link orqali qo'shilishingiz mumkin.

June 14, 07:28

Assalomu alaykum, ustozlar xudo xohlasa bugun kechqurun soat 20:30 da bitta jonli dars o'tib bermoqchiman. Qatnashmoqchilar izohga + qo'ying.
Darsimiz SAT imtihoni va avgust oyiga topshiruvchilar uchun kurs haqida bo'ladi.

April 29, 16:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Attestatsiya
#Kun_natijasi
#Ishtirokchi_fikri
🔹
Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Jahongir Mirzaqulov test sinovlarida
98 ball
bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.
https://t.me/ixmi_uz

April 29, 16:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 29, 16:25

Ko'pdan kanalga ham hech narsa yoza olmadim ham. Buning uchun uzr so'rayman. Sizlar bilan bir xushxabarni bo'lishmoqchiman. Kecha attestatsiya imtihoniga kirib chiqdim va xudoga shukur yaxshi natija nasib qildi.