
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Andijonda o‘tkazilgan “National AI Hackathon” finalida “Deklarant” jamoasi g‘olib bo‘ldi
🖥
Andijon shahrida
“National AI Hackathon”
tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov sun’iy intellekt asosida innovatsion yechimlar yaratish va istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
🏆
Mazkur tadbirning tadbirkorlik yo‘nalishida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Andijon viloyati hududiy filiali vakillari hamda tinlovchilaridan iborat
“Deklarant”
jamoasi
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
Jamoa tarkibidan loyiha rahbari
X. Ergashev
, full-stack dasturchi
М. Qodirov
, soha mutaxassisi
М. Ashiraliyev
hamda mahsulot sotuvini tashkil etish menejeri
S. Jononmirzayev
o‘rin oldi.
“DeklarantUZ”
startap loyihasi bojxona chegara postlaridagi tirbandliklarni kamaytirish, tadbirkorlar vaqtini tejash va bojxona jarayonlari shaffofligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechim sifatida hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
🥇
Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
🇷🇺
RU
🇬🇧
ENG
#GSBE
#GraduateSchool
#AIHackathon
#Startup
#Entrepreneurship
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
🌎
Bugun dunyo bo‘ylab
World Environment Day
keng nishonlanmoqda.
🗓
Bu sana insonlarni tabiatni asrash, ekologik muammolarga e’tibor qaratish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.
1972 yil atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro siyosatning muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Shu yili Stokgolm shahrida inson va atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan birinchi yirik xalqaro konferensiya
Stokgolm konferensiyasi
bo‘lib o‘tdi.
Shu jarayonning davomi sifatida, 1972 yil 15 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi
A/RES/2994 (XXVII)
rezolyutsiyasini qabul qildi va unga muvofiq
5 iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
etib belgilandi.
BMT davlatlar va xalqaro tashkilotlarni har yili shu kunda atrof-muhitni asrash va yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishga chaqirdi.
🌱
Atrof-muhitni muhofaza qilish barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.
💧
Toza havo, sof suv va yashil tabiat kelajak avlodlar uchun eng katta boylikdir.
↗️
Biznes va tadbirkorlik sohasida ham ekologik yondashuv tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Yashil iqtisodiyot
”
, resurslarni tejash va barqaror biznes modellari zamonaviy tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanmoqda.
♻️
Barchani tabiatni asrash, chiqindilarni kamaytirish va ekologik madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shishga chaqiramiz.
🌿
Birgalikda barqaror kelajak sari!
🇷🇺
RU
🇬🇧
ENG
#GSBE
#GraduateSchool
#WorldEnvironmentDay
#GreenEconomy
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🇺🇿
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Nyu-York Davlat Universiteti professori ma’ruza o‘tkazdi
🇺🇿
🇺🇸
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida
AQSh
ning Toshkentdagi Elchixonasi ko‘magida
Fulbright
dasturi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan
Nyu-York Davlat Universiteti professori Intekhab Alam
ning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy biznes maktabi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilari ishtirok etdilar.
Ma’ruza mavzusi -
“Business Education as a Catalyst for Innovation, Technology and Social Change” (“Biznes ta’limi innovatsiyalar, texnologiyalar va ijtimoiy o‘zgarishlarning katalizatori sifatida”)
.
Professor Intekhab Alam o‘z ma’ruzasi davomida biznes ta’limini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi hamda uning innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ijobiy ijtimoiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi. Shuningdek, tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan global bozor sharoitlariga moslasha oladigan va jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va faol akademik muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir yakunida savol-javob sessiyasi tashkil etilib, unda tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar biznes ta’limi, innovatsion rivojlanish va xalqaro hamkorlikning dolzarb tendensiyalari yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda Oliy biznes maktabida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
🇷🇺
RU
🇬🇧
ENG
#GSBE
#GraduateSchool
#USA250
#BusinessEducation
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🇺🇿
🇰🇷
Ikki diplom xalqaro ta’lim dasturi uchun qabul jarayonlari davom etmoqda
🇺🇿
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreaning AJOU universiteti
bilan hamkorlikdagi
"MBA IT Business"
dual degree
xalqaro ta’lim dasturi uchun qabul jarayonlari davom ettirmoqda.
Dars mashg‘ulotlari tajribali xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Hujjatlarni onlayn topshirish uchun:
👉
e-tinglovchi.gsbe.uz
Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 239 0315, 55 503 3360
Batafsil ma'lumot
🇷🇺
Подробнее
🇬🇧
More
#GSBE
#GraduateSchool
#SouthKorea
#AJOU
#MBA
#IT
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🇺🇿
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni ezgulik va mehr-oqibat ayyomi –
Qurbon hayiti
munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Ushbu muborak kunlar oilalaringizga baxt, baraka va quvonch olib kelsin. Yaxshiliklarimiz ziyoda, niyatlarimiz ijobat bo‘lsin.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
__________
🇺🇿
Уважаемые соотечественники!
Искренне поздравляем вас с благословенным праздником добра, милосердия и духовной щедрости –
Курбан-хайит!!
Пусть эти священные дни принесут в ваши семьи счастье, благополучие и радость. Пусть приумножатся наши добрые дела, а все благие намерения воплотятся в жизнь.
С праздником Курбан-хайит!
С уважением,
Высшая школа бизнеса и предпринимательства
__________
🇺🇿
Dear compatriots!
We sincerely congratulate you on the blessed holiday of kindness, compassion and spiritual generosity –
Eid al-Adha!
May these sacred days bring happiness, prosperity and joy to your families. May our good deeds be multiplied and may all our noble intentions be fulfilled.
Happy Eid al-Adha!
Sincerely,
Graduate School of Business and Entrepreneurship
#GSBE
#GraduateSchool
#Holiday
#EidalAdha
#Mubarak
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🇺🇿
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasining Erasmus+ "GreenCamUz" loyihasi doirasida Polshaga amaliy tashrifi
🇵🇱
🇺🇿
Joriy yilning
18–22-may kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasi
Yevropa Ittifoqining
Erasmus+ dasturi (KA2 yo‘nalishi)
tomonidan moliyalashtirilayotgan
“GreenCamUz – Yashil kampus tashabbusi: O‘zbekiston oliy ta’limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash”
loyihasi doirasida
Polsha Respublikasining Opole shahri
ga xizmat safarini amalga oshirdi.
👉
Batafsil
🇷🇺
Подробнее
🇬🇧
More
#GSBE
#GraduateSchool
#GreenCamUz
#ErasmusPlus
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🟠
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Sizlarni
“Ijtimoiy mas’uliyatli marketing“
mavzusida navbatdagi mahorat-darsi uchrashuviga taklif etamiz. Dasturimiz mehmon maruzachisi
ALYANS AUTO
kompaniyasining marketing, savdo va servis bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari -
Kadirov Sarvar Sabirovich
.
📝
Mahorat darsida ishtirokchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
✔️
Ijtimoiy mas'uliyatni kompaniya jamoasi darajasida joriy etish va marketing menejmentiga bog‘lash;
✔️
Ijtimoiy mas'uliyatli marketingning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari bo‘yicha to‘g‘ri strategiya tanlash;
✔️
Ijtimoiy loyihalar orqali brend imijini kuchaytirish va bozorda ustunlikka erishish;
✔️
Past daromadli iste'molchilar qatlami bilan ishlashning o‘ziga xos marketing usullari;
✔️
Ekologik va ijtimoiy barqarorlik muammolarini hisobga olgan holda uzoq muddatli kampaniyalar tuzish.
📆
Sana:
20-may, 2026-yil
⏰
Vaqti:
14:00
📱
Manzil:
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. (3-qavat, 7-auditoriya)
📞
Telefon:
+998 91 163-51-15
🇷🇺
RU
🇬🇧
ENG
#GSBE
#GraduateSchool
#Masterclass
#SociallyResponsibleMarketing
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
«Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
🇺🇿
2026 yil 18 may
kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida
«Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari»
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda
xorijiy yetakchi olimlar, vazirlik va idoralar vakillari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari
vakillari, shuningdek
Oliy biznes maktabi professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari
ishtirok etdilar. Konferensiyada
AQSH, Yaponiya va Rossiyaning
nufuzli oliy o‘quv yurtlari va yirik biznes tashkilotlari vakillari ham mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Konferensiya Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida, shuningdek Oliy biznes maktabi va Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida tadbirkorlik va kichik biznes sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bilan tantanali ravishda ochildi.
Batafsil
________
🇷🇺
Подробнее
🇬🇧
More
#GSBE
#GraduateSchool
#InnovativeEconomy
#SustainableGrowth
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🇺🇿
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI TASHKIL ETILGANIGA 25 YIL
Bugun
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o‘zining sharafli faoliyatiga 25 yil to‘ldi
. Chorak asrlik ushbu yo‘l bu shunchaki vaqt emas, balki mamlakatimizda zamonaviy biznes ta’limini rivojlantirish, professional menejerlar va tadbirkorlarni tayyorlash, xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga olib kirish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan mehnat va yutuqlar tarixidir.
O‘tgan 25 yil davomida oliy biznes maktabi nafaqat ta’lim muassasasi, balki biznes tafakkurini shakllantiruvchi, zamonaviy boshqaruv madaniyatini targ‘ib qiluvchi va iqtisodiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi muhim ilmiy-amaliy markaz sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etilgan ilk kunlardanoq zamon talablariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan va xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim tizimini shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Aynan shu yondashuv tufayli oliy maktab bugungi kunda yurtimizdagi biznes ta’limining yetakchi maskanlaridan biriga aylandi.
🏛
Oliy biznes maktabi faoliyati davomida:
✔️
davlat va xususiy sektor uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlandi;
✔️
tadbirkorlik va boshqaruv sohasida zamonaviy bilimlar ommalashtirildi;
✔️
xalqaro universitetlar va biznes maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;
✔️
xorijiy ekspertlar, professorlar va mutaxassislar ishtirokida o‘quv dasturlari tashkil etildi;
✔️
qisqa muddatli seminarlar, treninglar va malaka oshirish dasturlari orqali minglab tinglovchilarning professional salohiyati oshirildi.
Eng muhimi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistonda ilk bor
“MBA - Biznesni boshqarish”
mutaxassisligini joriy etgan ta’lim muassasasi sifatida alohida tarixiy o‘rin egallaydi.
Bu nafaqat yangi ta’lim dasturining ochilishi, balki mamlakatimiz biznes ta’limi rivojida mutlaqo yangi bosqichning boshlanishi edi.
MBA dasturining joriy etilishi orqali:
✔️
xalqaro biznes boshqaruvi tajribalari milliy ta’lim tizimiga olib kirildi;
✔️
strategik boshqaruv, liderlik, moliyaviy menejment va zamonaviy biznes tahlili kabi yo‘nalishlarda professional mutaxassislar tayyorlandi;
✔️
davlat va xususiy sektor rahbarlarining biznes boshqaruvida ko‘nikmalari rivojlantirildi;
✔️
zamonaviy iqtisodiyot talablariga javob bera oladigan yangi avlod menejerlari shakllandi.
Bugungi kunda oliy biznes maktabi bitiruvchilari davlat boshqaruvi, yirik kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va xususiy biznes subyektlarida samarali faoliyat yuritib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
25 yil davomida to‘plangan tajriba, shakllangan ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorliklar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining kelgusidagi rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
25 yil - bu tarix, tajriba, ishonch va taraqqiyot demakdir.
25 yiling muborak bo‘lsin Oliy biznes maktabim!
🇷🇺
RU
🇬🇧
ENG
#GSBE
#GraduateSchool
#25Years
#Anniversary
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube
🌍
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
⚡️
Hurmatli olimlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar, ekspertlar va mustaqil izlanuvchilar!
🇺🇿
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi sizlarni 2
026-yil 18-may kuni
bo‘lib o‘tadigan
“Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda barqaror o‘sishga erishish yo‘llari: tadbirkorlik, innovatsiyalar, kichik va o‘rta biznes istiqbollari”
mavusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.
👉
Batafsil
________
🌍
Международная научно-практическая конференция
⚡️
Уважаемые учёные, профессора, преподаватели, докторанты, эксперты и независимые исследователи!
🇺🇿
Высшая школа бизнеса и предпринимательства приглашает вас на Международную научно-практическую конференцию
«Пути достижения устойчивого роста в формировании и управлении инновационной экономикой: предпринимательство, инновации, перспективы малого и среднего бизнеса»
, которая состоится
18 мая 2026 года.
👉
Подробнее
________
🌍
International scientific-practical conference
⚡️
Dear scholars, faculty members, experts and researchers!
🇺🇿
The Graduate School of Business and Entrepreneurship invites you to the International Scientific-Practical Conference on
“Pathways to Shaping and Governing the Innovation-Driven Economy for Sustainable Growth: Entrepreneurship, Innovation and SMEs”
, to be held
on May 18, 2026
.
👉
More
#GSBE
#GraduateSchool
#International
#Scientificpractical
#Conference
🔝
Web-site
|
🔝
Facebook
|
🔝
Instagram
|
🔝
Youtube