
G‘uzor tumani hokimligi
– Aholi salomatligi bilan bog‘liq sohada
aniq tartib, qat’iy nazorat bo‘lishi, bu faoliyat bilan faqat professionallar shug‘ullanishi
kerak
,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
tizimiga uzoq tayyorgarlik ko‘rildi, ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Tizim
kelasi yil 1-iyuldan
yo‘lga qo‘yiladi.
Dastlabki bosqichda davlat ro‘yxatidan o‘tish ixtiyoriy bo‘ladi. 2030-yildan esa bu tartib majburiy tus oladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan
shifokor va farmatsevtlarning ish haqiga 7 million so‘mdan, hamshiralarga 3,5 million so‘mdan ustama
to‘lanadi.
Mutasaddilarga sohada ta’lim sifati, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimining
uzluksiz ishlashini ta’minlash
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik,
malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,
– dedi Prezidentimiz.
Bugun
11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor
tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan
birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.
– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi shifokorning bunga haqqi yo‘q. Chunki
tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois,
kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi.
Kelasi yildan talabalar
haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.
Bakalavriatni bitirgan
hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama
to‘lanadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m
bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Kun sayin tibbiyotga
yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari
kirib kelmoqda.
– Tibbiyot xodimlari doim o‘z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois
, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi.
Tibbiyot xodimlari
qayerda malaka oshirishni o‘zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi bo‘g‘in va tumanlardagi xodimlarning
malaka oshirish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Mazkur xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan
130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard so‘m mablag‘i o‘zida qoladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million so‘m stipendiya
to‘lanadi.
Yo‘nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.
Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib,
“universitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, qurilish va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan
“Yangi O‘zbekiston tibbiyot standartlari”
joriy etilishini ma’lum qildi.
–
Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni ko‘rishi kerak
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois, birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlari bosqichma-bosqich
maxsus kiyim-bosh bilan bepul ta’minlanadi.
Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi
eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari
o‘tkazilmoqda. G‘oliblar
30 million so‘mdan
mukofotlanadi.
Kelasi yil
rag‘bat yanada kuchaytiriladi:
viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan
14 nafar shifokor
elektromobil
bilan taqdirlanadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan
eng yaxshi o‘nta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
oshqozon, yo‘g‘on ichak, prostata bezi va o‘pka saratonini erta aniqlash
ishlari Samarqanddan boshlanib,
2028-yildan barcha hududlarda joriy etilishini
ma’lum qildi. Bunga yiliga
700 milliard so‘m
ajratiladi.
Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi o‘smalar hamda bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlash dasturlari
ham davom ettiriladi.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand
va
Toshkent shahrida infarkt va insultni erta aniqlash hamda davolash dasturi
natijasida ushbu kasalliklardan
erta o‘lim besh oyda 15 foizga kamaydi.
Kasallik boshlanishidagi
“oltin soat”da 855 nafar inson erta o‘lim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi.
Kelasi yil dasturga
280 milliard so‘m ajratilib, barcha tuman va shaharlar qamrab olinadi.
Aholi uchun
kafolatlangan paket ham kengaytiriladi.
Kelasi yil
bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekshiruvlar turi 36 taga
yetkaziladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuvi
boshlandi. Davlatimiz rahbari ularni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, mehnati uchun minnatdorlik bildirdi.
– Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun
odamga, avvalo, sog‘liq kerak.
Shu bois,
inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
etib belgilaganmiz,
– dedi Prezidentimiz.
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda
10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar
ishga tushdi,
58 ming shifo o‘rni
yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar ko‘payib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli
tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.
Ilgari chet elda amalga oshirilgan
tug‘ma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.
Prezidentimiz bu natijalarda
tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvchi o‘rin tutayotganini
qayd etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X
– Doim aytaman,
birlamchi bo‘g‘in qancha yaxshi ishlasa, xalqimiz shuncha sog‘lom bo‘ladi
,
– dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda
28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim
sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tumanlarda
7 million aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktirildi,
ikki tomonning vazifa va majburiyatlari o‘zaro bitimda belgilandi.
Yangi laboratoriyalar
ishga tushirilib, shifokor va hamshiralar o‘qitildi,
“bemor marshruti”
ishlab chiqildi. Bu
poliklinikalarga aholi ishonchini oshirdi
. Kafolatlangan paket doirasida
ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.
Birlamchi bo‘g‘inda samara bergan
ushbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Tibbiyotni raqamlashtirish
bo‘yicha ishlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.
– Yaqinda bu tizimni
sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan
yanada boyitib,
shifokor va hamshiralarning haqiqiy ko‘makchisiga
aylantiramiz
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini ichki imkoniyatlar hisobidan qoplash
maqsad qilingan. Shu bois, so‘nggi yillarda
1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat
ishga tushirildi.
“Toshkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari
tashkil etildi. Ularda
1 milliard 200 million dollarlik loyihalar
amalga oshirilmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi o‘zgarishlarda
800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi
borligini ta’kidladi.
Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini
davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon
imzolandi. Ular orasida
tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar
ham bor.
Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi
davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun
alohida davlat mukofotini ta’sis etish
tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz
Ibn Sino
nomi bilan ataladi.
Facebook
|
Instagram
|
X