Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Hazorasp pedagoglari|Rasmiy kanal

hazorasp_mmtb
Kanalimizga ta'limga oid foto hamda video lavhalaringizni joylashtiring va ommolashtiring Murojaat uchun: @Kamol07 Reklama va e'lonlarni kanal rivoji uchun pullik qilingan. Kanal admini bilan kelishilgan holda. Bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddamiz
Подписчики
2 474
24 часа
-1
30 дней
-74
Просмотры
717
ER
28,98%
Посты (30д)
22
Символов в посте
1 153
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 16, 03:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📚
HAZORASP TUMANIDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II BOSQICHI DAVOM ETMOQDA!
🏆
Bugun Asosiy fan olimpiadasining II — tuman bosqichi doirasida
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Tarix fani bo‘yicha
bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
📖
Yosh bilimdonlar tarix fanidan o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, yuqori natijalarga erishish uchun o‘zaro bellashmoqdalar.
📹
Jonli efirni quyidagi havola orqali kuzatib boring!
👇
🔴
JONLI EFIRNI TOMOSHA QILISH
⭐️
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
📚
Bilim — kelajak poydevori!
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalari
🚀
Telegram
|
📹
Youtube
|
🌐
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB

October 15, 06:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📚
HAZORASP TUMANIDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II TUMAN BOSQICHI BOSHLANDI!
Bugun Hazorasp tumanida Asosiy fan olimpiadasining II — tuman bosqichiga start berildi.
🏆
Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mas’ul xodimlar tomonidan ishtirokchilarga jarayonning borishi, belgilangan tartib-qoidalar hamda imtihonlarni o‘tkazish tartibi yuzasidan zarur tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.
Yoshlarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazuvchi mazkur olimpiada iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini namoyon etish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
⭐️
Barcha ishtirokchilarga omad, muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
📖
Bilim va intilish — yuksak marralar kaliti!
Olimpiada jarayonini jonli ko'rish uchun quyidagi havolani bosing:
📹
https://youtube.com/live/2EgtlgDMQLM?feature=share
11-sinflar uchun
📹
https://youtube.com/live/y_V6iu9XaWQ?feature=share
Hazorasp tuman MMTB Axborot xizmati
Hazorasp tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining rasmiy sahifalari
🚀
Telegram
|
📹
Youtube
|
🌐
Facebook
|
➡️
Hazorasp_MMTB

October 13, 15:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 13, 12:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 09, 16:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
Turdimov
Erkinjon Oqbutayevich
nomzodini Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqladi. Bu haqida O‘zA
xabar bermoqda
.
U bunga qadar Sirdaryo viloyati hokimi edi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil-3-oktyabrdagi PF-213-sonli Prezident
farmoni
bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona
Ta’lim va ilm-fan vazirligi
sifatida qayta tashkil etilgan edi.

October 09, 05:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Endi
🇺🇿
O‘zbekistonlik talabalar
“Google Gemini AI Plus”
obunasini
“
Aileaders.uz
”
platformasi orqali
BEPUL
foydalanishlari mumkin.
✅
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida
Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi
SheerID
🇺🇿
O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️‍🌈
Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib
,
60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus”
xizmatidan
mutlaqo bepul
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓
“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:
✅
Gemini ilovasi:
Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.
✅
400 GB bulutli xotira:
Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.
✅
Google Flow:
Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.
✅
Gmail’da Gemini:
Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.
✅
Gemini Notebook:
Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.
✅
Sun’iy intellektga asoslangan
musiqiy studiya
ga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.
🤖
Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun
aileaders.uz
platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing!
🧭
Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying,
SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang
startupbase.uz
❤
https://t.me/rkarimjonov

October 07, 03:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Maktabga kirayotganda barcha o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart, darsga kirishdan oldin esa telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi
Ta’lim jarayonida, xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi, degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.
❗️
Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida tartibga solinadi.
Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni «ovozsiz» rejimga o‘tkazishi) shart.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari»da ham o‘quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog‘liq talablar belgilangan.
❓
Xorijiy tajriba qanday?
➡️
Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishiga cheklovlar o‘rnatilgan.
➡️
Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.
➡️
Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.
➡️
London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.

October 05, 13:13
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Yangi o‘quv yilining muhim bosqichi: Tumanda KRK va KRS jarayonlariga start berildi!!!
Bugun,
5-oktabr kuni
, tumandagi
45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan
2026-2027-o‘quv yili
uchun
KRK hamda KRS
jarayonlari rasman boshlandi.
Ushbu muhim tadbirlar
ijtimoiy fanlar yo‘nalishi
bo‘yicha tashkil etildi. O‘quv-seminarida
tumandagi 54 ta maktabning ijtimoiy fanlar bo‘yicha eng yetakchi va faol ustozlari
ishtirok etdilar. Bu esa tajriba almashish va yangi metodikalarni ommalashtirish ko‘lamini yanada kengaytiradi.
Pedagoglarga mazkur jarayonda o‘zlarining ko‘p yillik tajribasiga ega, mahoratli mentor ustozlar —
Ro'zimova Maftuna
hamda
Saidova Gulnora
ustozlar yaqindan ko‘maklashib, yangi yondashuvlar bo‘yicha o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.
Ta’lim sifati va o‘qituvchi nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi ushbu keng ko‘lamli seminar-treninglar barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat keltirishini tilaymiz!

October 05, 12:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 05, 12:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram