Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali

het_aj_jizzakh
Murojaatlar uchun: https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy Jizzax viloyati hududida elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida ushbu kanal orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Call centre:1154
Подписчики
2 057
24 часа
1
30 дней
212
Просмотры
489
ER
23,77%
Посты (30д)
223
Символов в посте
917
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
August 27, 07:35
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
⚡️
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA PAXTAKOR MFY AHOLISIGA MUNOSIB TUHFA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori
ijrosi doirasida hududlarda aholi uchun qulay sharoit yaratish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan,
Paxtakor tumani Paxtakor MFY
da elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha amalga oshirilib, yangi elektr tarmog‘i foydalanishga topshirildi.
Mustaqilligimizning
35 yilligi
bayrami arafasida mahalla aholisi uchun munosib tuhfa bo‘lgan mazkur loyiha doirasida:

1,5 kilometr uzunlikdagi yangi havo elektr tarmog‘i
tortildi;

37 dona temir-beton tayanch
o‘rnatildi;

250 kVA quvvatli yangi transformator punkti
o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Avval hududdagi ayrim xonadonlarda elektr kuchlanishi
150–160 volt
atrofida bo‘lgan bo‘lsa, yangi tarmoq va transformator punkti ishga tushirilgach, xodimlar tomonidan tarmoqning
eng oxirgi ulangan nuqtasida
o‘lchov ishlari amalga oshirildi. Natijada
222–224 volt
kuchlanish qayd etildi.
Yangi elektr tarmog‘ining ishga tushirilishi natijasida mahalla aholisining elektr ta’minoti sifati va barqarorligi sezilarli darajada yaxshilanib, kundalik hayotida foydalaniladigan elektr jihozlarini me’yoriy kuchlanishda ishlatish imkoniyati yaratildi.
🎉
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilgan ushbu ezgu ish Paxtakor MFY aholisi uchun munosib bayram tuhfasiga aylandi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram

August 27, 04:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
O‘zbekistonda generatsiya quvvatlari 32,2 GVtga yetdi
—————
🇺🇿
🇺🇿
Генерирующие мощности Узбекистана достигли 32,2 ГВт
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

August 26, 16:50
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik
#E
’tirof
🇺🇿
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, fidokorona mehnat esa uning taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz rivoji va xalq farovonligi yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh yurtdoshlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, mazkur yuksak e’tirof
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali direktori Ahmedov Jamol Malikovich
ga ham nasib etdi.
Jamol Malikovichning energetika sohasidagi ko‘p yillik mehnati, elektr ta’minoti tizimini rivojlantirish, iste’molchilarga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatish, soha infratuzilmasini takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlari munosib e’tirof etildi.
🏅
Ushbu mukofot — ko‘p yillik mehnat, fidoyilik va sohaga bo‘lgan mas’uliyatning yorqin ifodasidir.
Ahmedov Jamol Malikovichni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
💐
Mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida yangi yutuqlar tilaymiz!
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram

August 26, 16:09
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJDA FIDOYI XODIMLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
Bugun, 26-avgust kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, elektr energetikasi sohasini rivojlantirishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Marosimni Boshqaruv raisi Sardor Isakulov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizning o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘li, bu davrda erishilgan ulkan natijalar va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Batafsil
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

August 26, 08:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz bugun
Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini
ta’kidladi.

Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar
ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan
amalga oshmoqda
,
– dedi davlatimiz rahbari.
Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin,
o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani
ta’kidlandi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan
islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz har bir mukofotlanganning
mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini
ta’kidladi.
Mukofotlanganlar orasida
butun umrini bunyodkorlikka bag‘ishlagan xorazmlik otaxon Rustam Sultonov
ham bor. U kishi
tabarruk yoshda bo‘lsalar-da, viloyat nuroniylariga boshchilik qilib, mahalla va qishloqlarni obod qilishda yoshlarga chinakam ibrat bo‘lib kelmoqda.
Facebook
|
Instagram
|
X

August 26, 08:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida
iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani
qayd etildi.
O‘tgan davrda mamlakatimizga
160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya
kirdi.
Iqtisodiyotimiz 2,5 barobardan ziyod ko‘paydi.
Joriy yil
yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida
5 million 700 ming doimiy ish o‘rni
yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida
1 million 200 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha
va
62 ming o‘rinli shifoxonalar
ishga tushirildi.
Odamlarning uzog‘ini yaqin qilish uchun
83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar
qurildi va ta’mirlandi. Hududlarda
8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi kirib bordi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.
O‘tgan o‘n yilda
650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga
ega bo‘ldi. Xalqimizda
“Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish”
degan naql bor. Shu ma’noda,
kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi!
Facebook
|
Instagram
|
X

August 26, 07:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida
mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi
bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin
ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi,
desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi
,
– dedi Prezident.
Ushbu
o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani
ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati
qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida
namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek,
ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning
hissasiga alohida to‘xtaldi.
Facebook
|
Instagram
|
X

August 26, 05:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (29-avgust 1-sentabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida
foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda
banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib
o‘tadi.
Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⭕️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Youtube
|
📱
instagram

August 25, 18:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni
ishga tushirdi
.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

August 25, 14:24
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish
marosimi
boʻlib oʻtdi.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась
церемония
ввода в эксплуатацию 163 новых объектов на общую сумму 50 триллионов сумов в регионах страны по случаю 35-летия независимости.
#Mirziyoyev
#marosim
#mustaqillik35
#obyektlar
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X