Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

hetmuloqot
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Подписчики
89 062
24 часа
-9
30 дней
-1 526
Просмотры
6 561
ER
7,37%
Посты (30д)
140
Символов в посте
1 102
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
October 27, 05:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
ENERGETIKA TIZIMI: KECHA VA BUGUN
Mamlakatimiz energetika tizimida keng ko‘lamli islohotlar, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ishlari izchil davom etmoqda.
Elektr energiyasini ishlab chiqarishdan tortib, uni har bir iste’molchiga barqaror yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarda qanday o‘zgarishlar amalga
oshirilmoqda?
“Mahalla” telekanalida efirga uzatilgan lavhada energetika tizimidagi yangilanishlar va erishilayotgan natijalar haqida batafsil tanishing!
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 10:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#elektr_xavfsizligi_oyligi
ELEKTR XAVFSIZLIGI OYLIGI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan
“Elektr xavfsizligi oyligi”
doirasida hududlarda elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida
JTV telekanalining “Zamin” axborot dasturi
orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 07:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#elektr_xavfsizligi_oyligi
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitish va qulaylikni ta’minlash maqsadida elektr energiyasiga bо‘lgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tushadigan yuklama oshishiga olib keladi. Shu bois, har bir iste’molchi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejash — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qо‘shilgan hissadir!
Iste’molchilarga tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanishda ishlab chiqaruvchining yо‘riqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning о‘zida kо‘plab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Shikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgichlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qо‘l bilan ushlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagichlar va elektr jihozlarini о‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni ochiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga xabar bering.
Energiyani tejang!
Foydalanilmayotgan chiroq va elektr jihozlarini о‘chirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⚠️
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha iste’molchilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqiradi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 06:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan Shohidon mahallasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaat o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 06:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJGA MUROJAAT YO‘LLASH UCHUN RASMIY ALOQA KANALLARI
Hurmatli iste’molchilar!
Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq barcha turdagi
ariza, taklif, shikoyat va murojaatlaringizni
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:
📞
1154
– Call-markaz
☎️
(71) 202 23 76
– ishonch telefoni
📱
Telegram
bot –
@HET_admin
📱
het.uz
rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
📱
Shuningdek,
Facebook
va
Instagramdagi
rasmiy sahifalar orqali ham murojaatlar qoldirish mumkin.
Sizning murojaatlaringiz belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullar tomonidan zarur choralar ko‘riladi.
Murojaatlaringiz biz uchun muhim!
Elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan faqat rasmiy aloqa kanallaridan foydalanishingizni so‘raymiz.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 05:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#elektr_xavfsizligi_oyligi
ELEKTR XAVFSIZLIGI — HAR BIR XONADONDAN BOSHLANADI!
Xonadonda elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim.
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmang!
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 26, 04:44
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
ENERGETIKA VAZIRI SAMARQAND VILOYATIDA BARPO ETILAYOTGAN YIRIK QUVVATLI SHAMOL ELEKTR STANSIYASI QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI
Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Xitoyning “Universal Energy” kompaniyasi tomonidan
quvvati 500 MVt
bo‘lgan
shamol elektr stansiyasi
qurilmoqda. Mazkur loyiha yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Energetika vaziri Sherzod Xodjayev
Bulung‘ur tumanida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayoni, qurilish-montaj ishlari va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan obyekt qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlar hamda stansiyani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berildi.
Loyihaning umumiy qiymati
500 mln AQSh dollarini
tashkil etib,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
amalga oshirilmoqda. Stansiya to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga qariyb
1 mlrd 752 mln kVt·soat elektr energiyasi
ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu o‘rtacha
730 mingta xonadonning bir yillik
elektr energiyasi iste’moliga teng.
Shuningdek, yiliga qariyb
467 mln kub metr
tabiiy gaz tejalishi va atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar miqdori
1 mln tonnadan ortiqqa
kamayishi kutilmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichini joriy yil yakuniga qadar,
2027-yilda esa to‘liq quvvatda ishga tushirish
rejalashtirilgan.
Ushbu yirik energetika obyektining foydalanishga topshirilishi yurtimiz energetika tizimida “yashil” energiya ulushini oshirish, tabiiy gaz sarfini kamaytirish va elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 24, 04:44
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Energetika vaziri Samarqand viloyatidagi yirik energetika loyihasining qurilish jarayonlari bilan tanishdi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida aholi va sanoat tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, shuningdek, Toshkent shahri va vodiy viloyatlarining elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladigan yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda.
Energetika vaziri Sherzod Xodjayev
ushbu hududda bo‘lib, Saudiya Arabistonining “Acwa” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan
quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Loyiha doirasida umumiy quvvati
1000 MVt
bo‘lgan
quyosh fotoelektr stansiyasi, 1336 MVt·soat sig‘imga ega energiya saqlash tizimi
hamda yangi
500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari
barpo etilmoqda. Joriy yil sentyabr oyida stansiyaning birinchi bosqichi doirasida
100 MVt quvvatli qismi
ishga tushirildi.
Tashrif davomida
vazir ishga tushirilgan
100 MVt
quvvatli stansiyaning faoliyati, shuningdek, loyihaning
keyingi bosqichlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishd
i. Quyosh panellarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yechimlar, jumladan, ularning quyosh harakatiga qarab yo‘nalishini o‘zgartiruvchi tizimlar va robotlar yordamida tozalash texnologiyalari ham loyihaning muhim jihatlaridan hisoblanadi.
Energiya saqlash tizimlarini 2027-yilning birinchi yarmida,
stansiyani esa to‘liq quvvatda 2027-yil yakuniga qada
r ishga tushirish rejalashtirilgan.
Vazir qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat talablariga muvofiq amalga oshirish, uskunalarni o‘rnatishda texnik meyorlarga qat’iy rioya etish
hamda
loyihaning barcha bosqichlarini o‘zaro muvofiqlashtirib borish
yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mazkur loyihaning o‘z vaqtida ishga tushirilishi elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz
, loyiha doirasida
Markaziy Osiyoda ilk bor
amalga oshirilayotgan texnik yechimlar asosida
500
va
220 kV
kuchlanishli
ikki zanjirli elektr uzatish tarmoqlari
ham qurilmoqda. Ushbu
tarmoqlar yangi elektr quvvatlarini yagona energetika tizimiga integratsiya qilish
va
hududlar o‘rtasida elektr energiyasini uzatish imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 23, 12:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Eslatamiz
Elektrni behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi
Mansabdor shaxs yoki YATT tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash,
BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha
(4 mln 400 ming so‘mdan 8 mln 800 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi
.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 20 baravaridan 35 baravarigacha
(8 mln 800 ming so‘mdan 15 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz

October 23, 11:21
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YО‘LIDA MUHIM QADAM
Bugun, 23 oktabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ majlislar zalida Jamiyatning birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasi ta’sis konferensiyasi bо‘lib о‘tdi.
Unda О‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi о‘rinbosari S. Tо‘xtayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda Jamiyat tizimidagi korxonalarning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qо‘mitalari raislari ishtirok etdilar.
Konferensiyada birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasini tashkil etish, uning faoliyatini samarali yо‘lga qо‘yish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Tadbir davomida Jamiyatning birlashgan kasaba uyushmasi qо‘mitasi 19 nafar a’zodan iborat tarkibda shakllantirildi. Birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti raisi lavozimiga Jamiyat Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i K. Xusanovaning nomzodi taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Shuningdek, birlashgan kasaba uyushmasi tashkiloti rayosati va taftish komissiyasi a’zolari saylandi.
Konferensiya yakunida tizimdagi kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda jamoada ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram
|
📱
X
|
📱
het.uz