Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Hoshimov Iqtisodiyoti

hoshimoviqtisodiyoti
Канал мухлис томонидан юритилади Мурожаат учун: @econ_uzb Расмий канал: @iqtisodchi_kundaligi Gazeta.uz : https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/ YouTube: https://www.youtube.com/@hoshimoviqtisodiyoti https://youtube.com/@Uzbekonomics
Подписчики
1 226
24 часа
—
30 дней
11
Просмотры
251
ER
20,47%
Посты (30д)
27
Символов в посте
1 382
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
Краткое описание
October 28, 01:51

Fransiya haqida qiziq statistika: Fransiyada 60 yoshdan oshgan odamlar 25 foizni tashkil qiladi.
Ular butun moliyaviy va no-moliyaviy boyliklarni 60% ga egalik qiladilar. Lekin eng qizig'i shuki, davlat tomonidan xarajat qililadigan ijtimoiy xarajatlarni 67 foizi aynan o'sha 60 dan oshgan odamlarga to'g'ri kelar ekan. Ya'ni o'sha 25 foiz aholiga. Aytish joizki, davlatni ijtimoiy xarajatlari Yalpi Ichki Maxsulotni 57 foiziga yetgan - hech qaysi mamlakatda bunday katta "ijtimoiy xarajatlar" ulushi yo'q.
Qandaydir ma'noda yoshlar qarilarga pul o'tkazmoqda, vaholanki aynan qariyalar aksar boylikka egalar. Yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy xolatdan norozi ekanlari tushunarli, lekin menimcha bu narsa qayta ko'rib chiqilmaydi, axir aynan 60 dan oshganlar saylovda qatnashish ehtimollari o'ta baland. Yoshlar saylovda ovoz berishmagani uchun shunday xolga kelib qoldilar desak ham bo'lsa kerak.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 26, 13:19

O'zbekiston to'glarida dam olishga imkon bo'lishi albatta katta hashamat.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 26, 13:19

Mana bu o’ta qimmat va zararli narsa bo’ladi. Deyarli hamma tovarlarni narxi qimmatlashadi. Sezilmasligi mumkin albatta, lekin iqtisodiyotga katta shikast.
Shakar ko’p maxsulot uchun homashyo. Eng muhimi - eng kam daromadli odamlar ko’proq qiynalishadi.
https://t.me/davletovuz/26895
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 26, 13:19

Lokals marketing agentligi O‘zbekistondagi marketing bozorini tahlil qilish uchun uzun so‘rovnoma va tadqiqot qilishibdi. Men bunday narsani birinchi ko‘rishim ayniqsa O‘zbek tilida.
Asosiy fikr oddiy ko'rinsa-da, lekin menimcha to’g’ri: marketing qanday tashkil etilishi soha bilan emas, kompaniya o’lchami bilan belgilanadi. Aylanmasi bir xil bo’lsa, kafe ham, klinika ham, zavod ham bir xil narsadan shikoyat qiladi. Kichik kompaniyaga mijoz yetmaydi, o’rtachasiga tartib, kattasiga tezlik.
Fragmentlar:
Kompaniyalarning 72 foizi yiliga 100 ming dollargacha aylanmaga ega, lekin ular jami tushumning atigi 1,7 foizini beradi. Yiliga 100 mln dollardan ortiq aylanmali 71 ta kompaniya esa tushumning 18,9 foizini oladi. Bu dastlabki ikki bosqichdagi 146 ming kompaniyaning ulushidan ko‘p.
Muammoli joy ko‘pincha biznes egasining o‘zi. Kompaniyalarning 65 foizida marketingga egasi javob beradi, 70 foizida esa strategiya yo‘q. Ular reaksiya rejimida ishlaydi.
Soha o‘sish chegarasini belgilaydi. Aviatsiya va telekom allaqachon bo‘lingan bozorlar. Klinikalar, umumiy ovqatlanish va riteyl esa hali tarqoq, yaʼni u yerda yuqoriga yo‘l ochiq.
Mualliflar shu asosda “7 Qadam” narvonini taklif qiladi. Unda har bir bosqich uchun kim javob berishi, qaysi metrikalar, qaysi instrumentlar va qancha byudjet kerakligi ko‘rsatilgan.Agar biznes egasi bo‘lsangiz, yoki marketingga qiziqsangiz albatta ko‘rib chiqishni tavsiya qilaman.
Yuklab olish uchun link:
https://lokals.uz/uz/insights/7-qadam
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 25, 13:52

Nazarboyev Universiteti
Astanadagi Nazarboyev Universitetida seminar berish nasib qildi. Bu universitet haqida ko‘p eshitgan edim. Ko‘plab do‘stlarim u yerda ishlagan yoki doktorantura qilgan, bittasi esa qisqa muddat professor ham bo‘lgan. Lekin qanday dargoh ekanini o‘zim borib ko‘rgandagina chinakam tasavvur qildim.
Avvalo, universitet juda katta. Ko‘p kampuslarda bo‘lganman, ammo bunday bahaybat binolarni (aeroportdek) kam ko‘rganman. Binolarning deyarli barchasi bir-biriga ulangan. Kampus falsafasi menga Singapurdagi Nanyang texnologiya universitetini biroz eslatdi. Bu yerda tibbiyot klasteri (tibbiyot markazi, fakulteti va shifoxonasi - u ham alohida bir shaharcha ekan) haqida emas, asosiy kampus haqida gapiryapman. Maydoni 200 gektarga yaqin, talabalarning deyarli hammasi kampusda yashaydi. Kutubxonalardan tortib sport inshootlarigacha, sharoitlar, takror aytaman, dunyo darajasida.
Biroq meni hayratga solgan narsa binolar emas, odamlar bo‘ldi. Bu yerda o‘ta yuqori malakali professor va tadqiqotchilar ishlar ekan. Dunyoning deyarli barcha burchagidan kelgan yuzlab postdok va professorlar bor. Ijtimoiy fanlar fakultetiga domlalarni jalb qilishda Viskonsin universiteti, biznes maktabiga esa Dyuk universiteti yordam bergan. Ya’ni biznes maktabiga ishga olinayotgan professorlar suhbat uchun Shimoliy Karolinaga, Dyukka borishgan.
Universitet qurish o‘ta qiyin va qimmat ish, chunki universitet binolardan emas, odamlardan, ya’ni olimlardan tashkil topadi. Olimlarni olib kelish oson emas. Shu sababli yangi universitetni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish kamdan-kam mamlakatga nasib etadi. Nazarboyev Universiteti buni uddaladi desak bo‘ladi, chunki olimlarining sifati xalqaro miqyosda raqobatbardosh.
Talabalar sifati ham juda yuqori ekan. Domlalarning aytishicha, talabalarning aksariyati bepul grant asosida o‘qishga kirgan o‘ta tirishqoq, iste’dodli va mehnatkash yoshlar. Ko‘p joylarda domlalar o‘z talabalari haqida bunday gapirmaydi.
Seminarim biznes maktabida bo‘ldi. Ularda iqtisodiyot va biznes maktabi birlashtirilgan ekan, shuning uchun ko‘plab iqtisodchilar ham keldi. Ularning ko‘pchiligi Rossiyadan ekan. Bir paytlar Botir aka bilan podkastda Rossiyadan olimlarni O‘zbekiston universitetlariga jalb qilish kerak, deb gaplashgan edik. Nazarboyev Universiteti buni amalda qilibdi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, universitetning davlat byudjetidan oladigan yillik mablag‘i taxminan 100 million dollar. 12 yil oldin bu raqam 300 million dollar atrofida bo‘lgan. Katta ehtimol bilan kapital investitsiyalar yakunlanib, hozir asosan operatsion xarajatlar qolgan.
Albatta, muammolar hali ko‘p. To‘liq tenure tizimi hanuz joriy etilmagan, ya’ni professorlar muddatli kontraktlarda ishlaydi. Bu olimlar uchun noqulay, garchi universitet amalda kontraktlarni uzaytirib kelayotgan bo‘lsa-da. Turli korrupsiya mojarolari haqida ham gaplar ko‘p. Lekin umumlashtirib aytmoqchimanki, mintaqamizda bunday ulkan loyiha hali bo‘lmagan. Markaziy Osiyoda ilm-fan markazining barpo etilishi mutlaqo yangi hodisa.
Universitet rahbariyati bilan suhbatda bildimki, Yangi O‘zbekiston Universitetidan ular bilan bog‘lanishgan va bir necha uchrashuvlar ham bo‘lgan ekan. Balki kelajakda, aynan shu darajada bo‘lmasa ham, bizda ham shunday yaxshi universitet paydo bo‘lar. Mamlakatga kuchli universitet o‘ta zarur.
Rostini aytsam, “yuqsin, yuqsin” deb qaytdim. Markaziy Osiyoda bunday dargohning mavjudligi o‘zbekistonliklar uchun ham katta imkoniyat. Balki talabalarimiz u yerga ko‘proq borib o‘qir, domlalarimiz borib fikr almashar. O‘zbekistonning kelajagi uchun shunday universitetlar bo‘lishi va ular bilan yaqin aloqa o‘rnatish juda muhim.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 25, 11:20

Obama Tramp Oq Uyini Saddam Husseyn yaratgan "Cheesecake Factory"ga qiyos qilgani, albatta afsonaviy nutq.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 15, 11:45

Suhbatlarda, intervyularda va albatta o'zim yozganlarimda bir g'oyani ko'pdan beri gapirib kelaman: bizga xususiylashtirish kerak. O'zbekistonda davlatni o'rni hamma sohada haddan tashqari katta va bu bizni rivojlanishimizni sekinlashtiruvchi omillardan biri, samaradorlikni oshirish uchun albatta bu kerak narsa.
Lekin nimani to’liq xususiylashtirib bo’lmaydi, degan savol ham tez-tez yangraydi. Yaxshi javoblardan biri — penitensiar tizim, chunki mahbuslar xizmat ko’rsatuvchini tanlay olmaydi, “insoniy munosabat”ni shartnomaga yozib qo’yish mumkinku, lekin nazorat qilish juda qiyin, xususiy operator esa xarajatni aynan shu yerdan qisqartiradi.
Xuddi shu mantiq bilan politsiya, sud va armiya ham, chunki ular davlatning majburlov vakolatini amalga oshiradi va bu vakolatni sotib bo’lmaydi; soliq yig’ish va bojxona, chunki yig’ilgan summadan ulush oladigan xususiy yig’uvchi fuqaroni siqishga moyil bo’ladi; saylovlar, statistika va yer kadastri, chunki ularning qadri to’liq betaraflik va ishonchga bog’liq, ishonch yo’qolsa, ma’lumotning o’zi ham qadrsizlanadi. Markaziy bank, chunki pul-kredit siyosati foyda maqsadiga bo’ysunmasligi kerak. Suv, kanalizatsiya, elektr uzatish tarmoqlari va gaz quvurlari, chunki bular tabiiy monopoliyalar, bitta ko’chaga ikkinchi quvur yotqizish iqtisodiy jihatdan ma’nosiz, ularni sotsak, davlat monopoliyasi o’rniga xususiy monopoliya paydo bo’ladi. Universal pochta xizmati, chunki uzoq qishloqqa xat yetkazish ham hamyonbop narxda bo’lishi kerak, bu esa foydasiz yo’nalish, xususiy egasi daromadli shahar marshrutlarini olib qoladi, chekka hududlarni esa yo yopadi, yo narxni keskin ko’taradi, holbuki pochta orqali pensiya, rasmiy xatlar, sud va soliq bildirishnomalari ham yetib borishi mumkin. Endi to'g'ri Daniya pochtasi buni to'xtatdi, lekin hali hamma yer ham Daniya emas. Shu bilan birga, posilka va kuryerlik xizmati allaqachon raqobatli bozor, uni bemalol xususiy sektorga sotish mumkin. Temir yo’l izlari va magistral yo’llar ham shu sababdan; sanitariya-epidemiologiya xizmati, chunki uning foydasi pul to’lamaganlarga ham tegadi, demak bozor uni yetarlicha ta’minlamaydi. Favqulodda xizmatlar va havo harakatini boshqarish, chunki bu yerda xatoning narxi inson hayoti, iste’molchi esa “boshqa provayder”ni tanlashga ulgurmaydi va nihoyat o’rmonlar, milliy bog’lar, yer osti suvlari kabi umumiy resurslar, chunki xususiy egasi ularni kelajak avlod hisobiga tezroq ekspluatatsiya qilishga moyil bo’ladi.
Shubhasiz, bu sohalarda ham ko’p narsani raqobatli tenderga berish mumkin: elektr ishlab chiqarish, qamoqxona oshxonasi, yo’l qurilishi va hokazo. Davlatda faqat tarmoq va nazorat qolsa bo’ldi. Qolgan barcha sohalarda, ayniqsa raqobat mumkin bo’lgan joylarda, davlat chiqib ketishi kerak.
Asosiysi bu narsa qanday amalga oshirilishi kerak degan savol qoladi. Qisqa javob: ochiq, adolatli auksionda, eng ko'p mablag' taklif qilgan tashkilot sotib olishi kerak. Hech qanday "go'zallik tanlovlari", "kelajakda ko'proq investitisiya kiritadigan" tashkilotlar emas. Bugun, hozir eng ko'p pul sanaydigan. Agar hozir pul to'la olmasa - kelajaka sarmoya kiritishi o'ta shubhali va'da.
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 15, 02:54

Qiziq insho ekan. Nega Viktoriya davri elitasi shunchalik samarali bo’lgan?
SI tarjimasi - abstrakt:
Muvaffaqiyatli odamlar haqidagi kitoblar ko’pincha muvaffaqiyatni ancha jozibasiz qilib ko’rsatadi. Ularga ko’ra, ta’lim jadal va qat’iy bo’lishi, IQ ni oshirishga hamda fan, texnologiya, muhandislik va matematikadan iborat “STEM” to’rtligiga qaratilishi kerak. Voyaga yetgach esa hayot qattiq tartib bo’yicha kechadi: ertalab soat 5 da turish, sovuq vanna, har kuni sport zaliga borish, spirtli ichimlikni juda kam ichish yoki umuman ichmaslik, Huel’ga boy ratsion va staxanovchilarga xos ish soatlari. Ayniqsa oxirgi jihat alohida hayajon uyg’otadi: qudratli odamlar haqidagi hikoyalarda ular mehnatiga necha soat sarflashi zo’r qiziqish bilan batafsil yoritiladi.
Viktoriya davri Britaniyasining elitasi esa boshqacha yashagan. Ularning maktab va universitetlari unchalik akademik bo’lmagan, STEM fanlariga esa juda kam o’rin berilgan. Voyaga yetgach, ular kech turishgan, ko’p ichishgan va uyg’oq vaqtlarining hayratlanarli darajada katta qismini bazmu ziyofatlarda o’tkazishgan. Ular ziyofat, sport, dam olish, raqs va kiyinib-yasanishni yaxshi ko’rishgan. “Zerikarli, quruq odamlar” degan obro’larining aksincha, ular, ehtimol, juda quvnoq odamlar bo’lgan.
Shunga qaramay, XIX asr Britaniyasi elitasi o’z mezonlariga ko’ra nihoyatda muvaffaqiyatli edi. Asrning katta qismida Britaniya yer yuzidagi eng boy davlat bo’lgan. Uning kompaniyalari jahon savdosi, sanoati va moliyasida hukmronlik qilgan. Ulkan harbiy-dengiz floti dunyo okeanlarida hukmron edi, kichkina armiyasi esa ulkan imperiyani nazorat qilib turgan holda ketma-ket ko’plab urushlarda g’alaba qozongan. Britaniya kontinental Yevropani larzaga solgan inqiloblar va fuqarolar urushlarisiz asta-sekin demokratiya sari harakatlangan. Britaniya elitasining farovonligi ular bo’ysundirgan va ezgan yuz millionlab odamlar hisobiga erishilgan, degan azaldan mavjud qarash bor va bu, shubhasiz, hech bo’lmaganda qisman to’g’ri. Ammo o’z mezonlari bo’yicha olganda, Britaniya hukmron sinfi g’alabalarga to’la asrni boshdan kechirgan.
https://worksinprogress.co/issue/the-seven-vices-of-highly-effective-victorians/?v2
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 13, 18:26

Bir joyda o’qib qoldim, AQShliklar va yevropaliklar do’stlikni har xil tushunishadi. Yevropaliklar o’z do’stlari bilan muammolari va tashvishlarini bo’lishishadi, AQShliklar esa do’stlariga o’z tashvish va muammolarini aytishga tortinishadi. Begonalarga nisbatan esa yevropaliklar yopiqroq bo’lishadi, AQShliklar esa teskarisi: begonalarga juda ochiq bo’lishadi, eng chuqur alamlari, tashvishlari va muammolarini aytib bera olishadi. Shuning uchun ham AQShdan bo’lmaganlar AQShliklarni o’ta ochiq deb o’ylashlari mumkin, chunki ular endi ko’rib turgan odamiga juda chuqur dardlarini aytishlari mumkin. Yevropaliklarda esa teskarisi: begonalarga bu narsa aytilmaydi.
Dard aytish bu yordam so’rash, ya’ni qarzga botish degani. Amerikacha individualizmda “o’zimga o’zim yetaman” muhim qadriyat, do’stni yuklab qo’yish esa uni noqulay holatga solish. Begonaga aytganda qarz paydo bo’lmaydi. Yevropada esa aksincha: do’stlik aynan bir-biringizni yuklay olishingiz uchun mavjud, majburiyat do’stlikning ma’nosi.
Men o’ylab qoldim, Sharqda qanaqa ekan? Ya’ni biz, o’zbeklar, ko’proq yevropaliklardekmizmi? Yaqin Sharqda qanaqa?
@Hoshimoviqtisodiyoti

October 13, 15:10

вДудь o’zining Tour dasturida Qozog’iston haqidagi videolarini joylabdi. Men ham shu hafta oxirida Qozog’istonga ketyapman, bir necha shaharda bo’laman. Oxirgi marta borganimga ancha yil bo’lgan edi, shuning uchun juda o’z vaqtida chiqdi.
Qozog’istonda sizni hayratda qoldirgan yoki yoqqan joy bormi?
Agar Olmaota va Astanada ko’rish, borish, eshitish, tinglash, yurish, yeyish, o’qish yoki suzish uchun biron joy bilsangiz, marhamat kanal botiga yozib qoldiring. Men albatta qimiz barga bormoqchiman, Terrenkurdan yugurmoqchiman va tog’dagi qahvaxonada qahva ichmoqchiman.
Yana bir narsa: kimni uchratishim yoki suhbatini olishmni tavsiya berasizlar?
https://youtu.be/dcAQLCKj0Jo
@Hoshimoviqtisodiyoti