Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

HR Sanoat Qurilish Bank

hr_sqb
HR SQB - Yutuqlar sari birgalikda 4000+ jamoa | Amaliyot | Vakansiya | Jamoa hayoti 📩 Rezyume: hr@sqb.uz 🌐 Asosiy kanal @sqbuz 📧 hr@sqb.uz
Подписчики
10 392
24 часа
-29
30 дней
860
Просмотры
3 110
ER
29,93%
Посты (30д)
30
Символов в посте
1 195
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Экономика и финансы
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 03, 17:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bank xodimlarini shokka tushirishning eng oson yo‘li topildi!
😅
Har kuni milliardlab to‘lovlarni, minglab o‘tkazmalarni ko‘zini yumib bajaradigan aqlli va tajribali hamkasblarimizni ozgina sinovdan o‘tkazdik.
Qoida oddiy: iqtisodiy atamalarning harflarini aralashtirib yozdik. Lekin natija... kutilganidan ham qiziq bo‘ldi!
🧠
Hisob-kitob, tig‘iz ish va stress orasida 5 daqiqalik mana shunaqa kulgili battl butun jamoaga bir haftalik kayfiyat va energiya berdi!
⚡️
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook

October 03, 00:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

SQB Xorazm — birgalikda katta natijalar sari!
💙
Har bir katta natija ortida ahil jamoa, o‘zaro ishonch va umumiy maqsad sari birgalikdagi harakat turadi.
SQB Xorazm jamoasi ham o‘z faoliyatida birdamlik, mas’uliyat va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi.
Bir maqsad, bir jamoa va birgalikdagi harakat — yangi natijalar uchun mustahkam poydevor.
Siz uchun kuchli jamoaning eng muhim jihati nima? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook

October 01, 11:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 01, 11:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 28, 11:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Katta natija ortida — kuchli jamoa va katta imkoniyatlar bor.
1999-yilda SQBda oddiy kassir sifatida ish boshlagan Farhod Hamidov bugun Amir Temur bank xizmatlari markazini boshqaradi. Bu yo‘l — bankdagi karyera birinchi vazifadan, birinchi mas’uliyatdan va doimiy o‘sishdan boshlanishining yorqin misoli.
SQBda tajriba orttirish, yangi vazifalarni o‘z zimmasiga olish, professional rivojlanish va karyera pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun imkoniyatlar mavjud.
Bu videoda bir jamoa ichidagi turli karyera yo‘llari, tajriba va yosh mutaxassislarning kelajak sari qadamlari bilan tanishasiz.
Karyerangizni kichik qadamdan boshlang. Katta natijalar esa harakat davomida keladi.
▶️
To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/MdBg9AKxRQE
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook

September 28, 06:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

SQB xodimlari Xalqaro tozalik kunida
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Xalqaro tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologiya va sport tadbirlarida faol ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar doirasida bank xodimlari “Yoshlar va ekologiya” xalqaro marafoni hamda “Green Games” respublika plogging musobaqasida qatnashdi.
Tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Tadbirlar davomida faol ishtirok etgan xodimlarga Bank tomonidan maxsus sovg‘alar topshirildi.
SQB ekologik mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etishda davom etadi.
__
Сотрудники SQB – участники Международного дня чистоты
Сотрудники АКБ «Узпромстройбанк» приняли участие в экологических и спортивных мероприятиях, приуроченных к Международному дню чистоты.
В рамках мероприятий, организованных Национальным комитетом Республики Узбекистан по экологии и изменению климата, сотрудники Банка стали участниками международного марафона «Молодёжь и экология», а также республиканских соревнований по плоггингу «Green Games» – формату экологического спорта, который объединяет физическую активность и сбор отходов.
Инициативы направлены на популяризацию здорового образа жизни, повышение уровня экологической культуры и формирование ответственного отношения к окружающей среде.
По итогам мероприятий наиболее активные сотрудники были отмечены специальными подарками от Банка.
SQB продолжит участвовать в инициативах, направленных на развитие экологической культуры, популяризацию здорового образа жизни и повышение социальной активности.
📲
Telegram
👥
Facebook
😎
Instagram
🎞
YouTube

September 25, 10:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SQB Marketing departamenti Mahsulotlar marketingi xizmati menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Bank mahsulotlarini rivojlantirish, bozor va mijozlar ehtiyojlarini tahlil qilish, marketing kampaniyalarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Bank mahsulotlarini marketing jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
• Bozor va mijoz segmentlarini tahlil qilish.
• Marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• Bank mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha materiallarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
• Mahsulotlarni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlari samaradorligini tahlil qilish.
• Analitik materiallar va hisobotlarni tayyorlash.
• Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan mahsulotlarni rivojlantirish va ilgari surish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish.
📌
Talablar:
• Iqtisodiyot, moliya, marketing yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Bank mahsulotlari bo‘yicha marketing tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmasi.
• Bozor, raqobatchilar va mijoz segmentlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish tajribasi.
• Marketing kampaniyalari va mahsulot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Analitik hisobotlar va prezentatsiyalar tayyorlash qobiliyati.
•
Excel/BI
vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Bank mahsulotlari va product marketing asoslarini bilish.
• O‘zbek tili —
C1
, ingliz tili —
B2
, rus tili —
C1
.
📍
Ish joyi:
SQB Bosh ofisi, Tashkent City.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga yuborishingiz mumkin.

September 25, 04:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SQB Moliyaviy menejment markazi Moliyaviy jarayonlarni robotlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish (AI) xizmati katta menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Machine Learning, generativ sun’iy intellekt va LLM yechimlarini ishlab chiqish, ularni bankning real biznes jarayonlariga joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Machine Learning (ML) servislarini ishlab chiqish va bankning sanoat muhitida ishga tushirish.
• ML modellar uchun inference API’larini ishlab chiqish.
• LLM va generativ AI asosidagi yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• ML modellar, algoritmlar va operatsion jarayonlar bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish.
• Modellarning barqarorligi va prognoz aniqligini baholash va testdan o‘tkazish.
• Model arxitekturasi, ma’lumotlar to‘plami va sifat metrikalari bo‘yicha texnik spetsifikatsiyalarni yuritish.
• Ma’lumotlar vitrinasi, hisobotlar va dashboardlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash.
• Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash talablarini hisobga olgan holda RAG tizimlarini sozlash.
• ML yechimlari samaradorligini baholash va A/B test mexanizmlarini ishlab chiqish.
📌
Talablar:
• Amaliy matematika, axborot texnologiyalari, Computer Science yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
• Machine Learning va AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba.
•
PyTorch, TorchAudio, scikit-learn, NumPy, pandas
bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Time-series forecasting, reinforcement learning, Model Predictive Control va deep learning bo‘yicha bilim.
• LLM va Generative AI uchun GPU inference serving, model serving API bilan ishlash tajribasi.
•
Docker, Terraform, Redis
, production logging, metrics va alerting bilan ishlash ko‘nikmalari.
•
Python, C++, Go, SQL, Haskell, JavaScript
dasturlash tillarini bilish.
•
ClickHouse, MongoDB, Redis, REST API, Node.js, aiohttp, Git
bilan ishlash ko‘nikmalari.
• Ingliz tilini bilish (
TOEFL 110 darajasi
), shuningdek rus va o‘zbek tillarini bilish.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga yuborishingiz mumkin.

September 25, 04:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SQB Bunyodkor bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes natijalarini oshirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va jamoani natijaga yo‘naltirish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• BXM faoliyatini boshqarish, Bank strategiyasi va belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash.
• BXMning moliyaviy natijalari, daromadliligi, samaradorligi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat standartlari va biznes jarayonlariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish.
• Xodimlar faoliyatini boshqarish, KPI va individual reja ko‘rsatkichlari ijrosini nazorat qilish hamda natijadorlikni oshirish.
• BXM xodimlariga biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar berish, amaliy yordam ko‘rsatish va rivojlantirish.
• BXM faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish hamda tegishli taklif va hisobotlarni taqdim etish.
• Mijozlarning murojaatlari, e’tiroz va takliflarini o‘rganish, ularning ehtiyojlarini qondirish va xizmat sifatini yaxshilash choralarini ko‘rish.
• BXMning kassa faoliyati va naqd pul muomalasini nazorat qilish, mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talabini o‘z vaqtida ta’minlash.
• Bank xizmatlari, ichki hujjatlar, mehnat va boshqa normativ-huquqiy talablar hamda ijro intizomiga rioya etilishini ta’minlash.
• AML/CFT va ichki nazorat talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
• Davlat organlari, tashkilotlar, mijozlar va Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda BXMning uzluksiz faoliyatini ta’minlash.
📌
Talablar:
• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boshqa yo‘nalishda).
• Bank tizimida kamida
5 yillik ish tajribasi
.
📍
Ish joyi:
Bunyodkor BXM.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga yuborishingiz mumkin.

September 22, 10:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔥
Agar barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan bo‘lsangiz, reaksiya qoldiring!
Oldinda yanada ko‘proq qiziqarli narsalar kutmoqda.