
Hubbuna
2020-yilda «Hubbuna» kanaliga asos solingan. Dastlab er-xotin orasidagi halol muhabbatni ziyoda qilish maqsad qilingan. Shuning uchun kanal «muhabbatimiz» ma'nosini bildiruvchi so‘z bilan nomlangan.
Keyinroq oilaviy muammolar, oila qurish, undan ham keyinroq farzand tarbiyasi mavzusi yozila boshlandi.
Bizni iliq kutib olishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Shu sahifadagi faoliyatimiz sababli bizga ishonch bildirib, akademiyada oilaviy munosabatlar bo‘yicha darslarga ustozlikka taklif qilishdi, alhamdulillah.
Keyinroq oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasiga doir bir necha kitoblar yozish nasib qildi. Shu bilan birga, yana boshqa bir necha sahifalarni ham yuritamiz.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda faollik bilan birga, ijod va nashriyot rahbari sifatida mas'uliyatlarim bor.
Shundan kelib chiqib, sahifalarni qisqartirish, sodiq kuzatuvchilarni bir joyda jamlashga qaror qildik. «Oila maslahatchisi» nomli Telegram yopiq kanalimizda oila qurish, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi va savollaringizga javoblar berib boriladi. Shu sababli, ushbu sahifa — Hubbuna faoliyatini to‘xtatdi. Barchangizni «Oila maslahatchisi» yopiq kanalida kutaman.
https://t.me/+lyebrOEBTgBkNWNh
G‘iyosiddin Yusuf
Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.
Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.
Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.
Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi
bot orqali
berib boraman, inshaalloh.
Karta raqam: 9860160605493933
Erkak kishini keng fe’llik va saxiylik bezaydi. Gul sovg‘a qilishda, mayda bo‘lsa-da, kishining ko‘nglini ko‘taradigan hadyalarda xasislik qilmaslik kerak. Shuningdek, o‘ziga qarashni ham chetga surib qo‘ymaslik lozim.
Haqiqiy erkak kishi ham qilayotgan ishlari, ham tashqi ko‘rinishi bilan darrov ko‘zga tashlanadi. Uning o‘zini tutishi va odob-axloqi ham ichki dunyosi qanchalik boy ekanidan dalolat beradi. Har bir ayol o‘z yonida shunchaki qimmat kiyim kiygan "soxta qiyofa"ni emas, aynan shunday haqiqiy erkakni ko‘rishni istashi ajablanarli emas.
#Erkaklar
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
Ayollar pashshadan fil yasashni, arzimas mayda-chuydadan katta janjal chiqarishni, ahmoq kimsadan esa suyukli yorini yasab olishni qoyillatishadi. Sehrgarlar-ey!
😅
#Tabassum
#tarjima
✍️
@Hubbuna
— oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat shamolga o‘xshaydi — uni ko‘ra olmaysiz, lekin his qilishingiz mumkin.
Nikolas Sparks
#Muhabbat
✍️
@Hubbuna
– oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingiz faqat ulfatlari bilan vaqt o'tkazsa, nima qilish kerak?
Avvalo, bu haqida u bilan samimiy, ochiq suhbatlashib oling. O'zingizni yolg'iz his qilayotganingizni, uning e'tibori sizga muhimligini ayting.
Ikkinchidan, ish, oila, do'stlar orasida vaqtni to'g'ri taqsimlashni maslahat qilinglar.
Unutmang, har bir kishining shaxsiy qiziqishlari, o'z erki bo'lishi muhim. Shu bilan birga, har bir kishi oilasiga sifatli vaqt ajratishi lozim.
#Erkaklar
#ayollar
✍️
@Hubbuna
– oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandingiz har bir harakatingiz tarbiya boʻladi
Oilaviy munosabatlarda er va xotin alohida har bir masalani gaplashib olishi kerak.
#tarbiya
Yanada ko‘proq videolar