Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"HUDUDGAZ XORAZM" gaz ta'minoti filiali

hududgazxorazm
“Нududgaz Хоrazm” gaz ta'minoti filialining telegramdagi rasmiy kanali
Подписчики
3 292
24 часа
11
30 дней
38
Просмотры
930
ER
28,25%
Посты (30д)
99
Символов в посте
842
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
September 18, 17:02
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

❗️
"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 18, 10:55
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Urganchda gaz infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda: 3 mingga yaqin  xonadon barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlanadi
Aholini energiya resurslari, xususan, tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, tizimdagi texnik yo‘qotishlarning oldini olish bugungi kunda soha mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan maxsus tasdiqlangan manzilli dasturga asosan keng qamrovli rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, ayni paytda Urganch tumanining “Shermatlar” mahallasi hududidan o‘tuvchi yuqori bosimli gaz quvurlarida modernizatsiya ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Rejaga muvofiq, diametri 273 mm bo‘lgan jami 945 metr uzunlikdagi gaz tarmog‘i mukammal ta’mirlanib, rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirgi kunga kelib, mazkur hududdagi amaliy ishlar yakuniy bosqichga yetgan.
Tarmoqning yangilanishi bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim masalalarni hal etadi:
- Tizim ishonchliligi: Eskirgan quvurlar almashtirilib, magistral bosimning xavfsiz va uzluksiz o‘tkazuvchanligi oshiriladi.
- Isrofgarchilikka chek: Trassadagi gaz sizib chiqish holatlari bartaraf etilib, ortiqcha gaz yo‘qotishlarining oldi to‘liq olinadi.
- Iste’molchilar qamrovi: Loyihaning yakunlanishi natijasida Urganch shahridagi 2 800 dan ortiq aholi xonadonlariga tabiiy gaz bir maromda, yetarli bosim ostida yetkazib beriladi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi modernizatsiya loyihalari, ayniqsa, kuz-qish mavsumida gaz tarmog‘iga tushadigan yuklamani oson yengish hamda aholini barqaror issiqlik va qulay turmush sharoiti bilan ta’minlashda mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

September 17, 12:20
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Shovot tumanining To‘qmang‘it mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida mukammal ta'mirlash ishlar olib borilmoqda. Tizimdagi eng muhim loyihalardan biri — mahalla hududidan o‘tgan 114 mm diametrli, bundan 44 yil muqaddam yotqizilgan gaz quvurlarini to‘liq yangisiga almashtirish ishlaridir.
Sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda
Yillar davomida xizmat qilgan eski quvurlar nafaqat bosimning pasayishiga, balki ortiqcha gaz yo‘qotishlariga ham sabab bo‘layotgan edi. Yangi va zamonaviy quvurlarning o‘rnatilishi ushbu xavf-xatarlarga barham beradi.
Loyihaning asosiy natijalari:
- 389 ta xonadon uchun tabiiy gaz bosimi barqarorlashadi va taʼminot darajasi sezilarli darajada yaxshilanadi;
- Tizimdagi ortiqcha gaz yo‘qotishlarining oldi olinadi, bu esa resurslardan unumli va tejamkor foydalanishni taʼminlaydi;
- Mahalla ahli uchun kuz-qish mavsumida issiq va xavfsiz sharoit yaratiladi.
Amalga oshirilayotgan bu xayrli ishlar To‘qmang‘it mahallasi turg‘unlarining turmush farovonligini oshirish, ularning xonadonlariga uzluksiz va sifatli hayotiy ne'matlarni yetkazib berishga xizmat qiladi.

September 17, 07:49
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#startupfest
#HGT_AI
“Hududgaztaʼminot” AJda
StartupFest
tanlovi o’tkazildi
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 16, 13:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi Prezident Farmoni (PF–175-son, 27.08.2026-y.) qabul
qilindi.
Farmonga ko‘ra,
2026-yil 1-noyabrdan
boshlab:
Elektr energiyasi
ni hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan tizimiga
(EHNAT) hamda
Tabiiy gaz
nazorati va hisobining
avtomatlashtirilgan tizimi
ga (TGNHAT) ulangan, masofadan o‘chirish (yoqish)
imkoniyatiga ega hisoblagichi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari
tomonidan:
☑️
elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uchun oldindan to‘lanadigan haq miqdori
15 foiz etib belgilandi
(oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno)
;
☑️
elektr energiyasi va gaz sarfi to‘g‘risidagi
yozma hisobotlarni
hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalariga
topshirish majburiyati bekor qilindi
.
Iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
shartnomalarini elektron tuzish orqali ularni pochta orqali yuborish amaliyoti bekor qilindi.
Shuningdek,
kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy e’lon qilindi
, bundan jinoyat ishi doirasida, inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tekshirishlar mustasno.
Moratoriy amal qilish davrida:
☑️
kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini
tekshirish noqonuniy hisoblanadi
va ushbu huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar belgilangan tartibda
javobgarlikka tortiladi
;
☑️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) tomonidan
“Samarali nazorat”
tadbiri o‘tkaziladi. Bunda:
♻️
nazorat organlarining o
xirgi 3 yillik tekshiruv materiallari
joyiga chiqqan holda to‘liq o‘rganib chiqiladi;
♻️
o‘rganish yakunlari bo‘yicha nazorat organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli
choralar ko‘riladi
;
♻️
tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda
faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash
choralari ko‘riladi.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 16, 11:44
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlash borasida
Gurlan tumanida
keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
📊
Asosiy ko‘rsatkichlar:
25 ta
mahalla tabiiy gazdan foydalanadi.
Jami iste'molchilar:
14 987 tа
(13 705 ta hovli xonadon va 1 282 ta ko‘p qavatli uy).
🛠
Amalga oshirilgan ishlar:
Yil boshidan EGHU dagi muammoli holatlar
503 tani
tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bu ko‘rsatkich bugunga kelib 25
8 taga
kamaytirildi.
Bu kabi sa’y-harakatlar tabiiy gaz taqsimotida yo‘qotishlarning oldini olishga va iste’molchilarga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

September 16, 10:17
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🔥
Gurlan xonadonlariga olovli mehr: har bir kilogramm nazoratda!
Tongdan yo‘lga chiqqan 4 ta maxsus “ISUZU” karvoni shunchaki gaz ballonlarini emas, balki qishloq xonadonlarining kundalik fayzini yetkazib bermoqda.
Gurlan tumanidagi suyultirilgan gaz ta’minoti raqamlarda:
📍
26 ta mahalla qamrab olingan;
🏡
15 079 ta oila va 22 ta ijtimoiy obyekt barqaror gaz bilan ta’minlanmoqda;
⚖️
Gaz ballonlari xonadonma-xonadon, nazorat tarozilari orqali ochiq va shaffof topshiriladi.
«Navbir-yop» mahallasida nima gap?
Hududdagi 643 ta xonadonga joriy yil boshidan buyon qariyb 69 tonna (68 840 kg) suyultirilgan gaz yetkazildi. Tizim aylanma usulda, kechikishlarsiz ishlamoqda.
Xonadoningizdan fayz va iliqlik arimasin!
✍️
«Hududgaz Xorazm» gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

September 16, 09:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hazorasp tumanining To‘rtta, Beshta va Yangi Hayot mahallalarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holati bartaraf etilishi sababli ushbu hududlarga soat 14:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.
Aholi iste’molchilari soni: 1050 ta
Ulgurji iste’molchilari soni: 5 ta
Taʼmirlash tiklash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

September 15, 13:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.
“Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi
Aloqa kanallari
orqali bog‘lanishingiz mumkin:
☎️
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
📧
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

September 15, 07:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Saida Mirziyoyeva, Prezident Administratsiyasi rahbari:
Prezident uchun eng muhimi – xalq, inson qadri. Har bir insonning
muammosi bo‘lmasligi.
..
https://t.me/Rasmiy_axborot_official